Sifat koeffitsiyenti

05.09.2014 04:11 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Fizika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Sifat koeffitsiyenti

Sifat koeffitsiyenti bu - radiobiolgiyadagi nisbiy biologik effektivlikning (NBE) o‘rta qiymatdagi koeffitsiyenti bo‘lib, u muayyan turdagi nurlanishning (?-nurlanishga nisbatan) xavflilik darajasini ifodalaydi. Koeffitsiyent qanchalik katta bo‘lsa, nurlanish ham shunchalik xavfli bo‘ladi. Ya'ni, ushbu atamani, "zararlanish darajasi (sifati) koeffitsiyenti" sifatida tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi.

Muayyan nurlanish turining nisbiy biologik effektivligi bu - bir xil ekvivalent dozadagi nurlanishning, yutilgan rentgen nurlanishi (yoki gamma nurlanishi) dozasiga nisbatining ifodalaydi.

Ionlanuvchi nurlanishlarning sifat koeffitsiyentlarining qiymatlari, insonning ionlanuvchi nurlanishlarning kichik dozalari ta'sirida surunkali nurlanishi olishi natijasida, yutilgan energiya miqdorining salbiy biologik ta'sirlarini mikroo‘lchamlarda taqsimlanishini inobatga olgan holda hosil qilingan.

Turli manbalardagi sifat koeffitsiyentining qiymatlari o‘zaro farqlarga egadir. Shu sababli quyidagi jadvalda, ularning turli ko‘rsatkichlari keltirildi.

 

Nurlanish turi

Sifat koeffitsiyenti

Manba

Xalqaro Nurlanishdan

Himoya Hay'ati 1990

Xalqaro Nurlanishdan

Himoya Hay'ati 2007

Fotonlar (γ-nurlanishlar va rentgen nurlari)

1

1

β-zarralar

1

1

Myuonlar

1

1

α-zarralar

20

20

Neytronlar (rezonansli, issiqlik, sust v.h.k.) 10 keV gacha

5

2.5+18,2·e-[ln(E)]2/6

Neytronlar 10 keV dan 100 keV gacha

10

2,5+18,2·e-[ln(E)]2/6

Neytronlar 100 keV dan 2 MeV gacha

20

2,5+18,2·e-[ln(E)]2/6 (1 MeV gacha)

5,0+17,0·e-[ln(2·E)]2/6 (1 MeV dan yuqori)

Neytronlar 2 MeV dan 20 MeV gacha

10

5,0+17,0·e-[ln(2·E)]2/6

Neytronlar 20 MeV dan yuqori

5

5,0+17,0·e-[ln(2·E)]2/6 (50 MeV gacha)

2,5+3,25·e-[ln(0.04·E)]2/6 (50 MeV dan yuqori)

Protonlar 2...5 MeV

5

2

Protonlar 5...10 MeV

5

2

Og‘ir yadrolar

20

20

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.11.2018 13:29