Kilomol (kmol)
Saytimizdagi Modda miqdori maqolasida- mol birligi va molyar kattaliklar haqida batafsil gapirib oʻtdik. Boshqa sohalardagi kabi, kimyo va molekulyar fizikada ham molning karrali va ulushli birliklari va yana anchagina hosilaviy birliklari ham bor. Ular bevosita oʻlchashlar natijasida topilmay, balki hisoblash natijasida aniqlanadi. Molning karrali (kilomol—kmol) va ulushli (millimol — mmol, mikromol — mkmol) birliklarini Xalqaro tizim birliklari bilan bir qatorda ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, kmol, mmol, mkmol molning hosilaviy birliklari emas! Balki yuqorida aytilganidek, uning karrali va ulushli birliklaridir.
Shunday qilib, kmol (103 mol)—12 kg 12C tarkibida qancha uglerod atomi boʻlsa, shuncha molekula (atom, ion yoki boshqa elementar zarrachalar) boʻlgan modda miqdoridir. mol kilogramm asosida hosil qilingan birliklar bilan birga hosilaviy mol birliklarining hosil qilinishida ham ishtirok etadi. Bunda yuqorida aytilgan, kilogramm bilan ifodalangan massa oʻrnida mol ishlatilgan hollarda— kilomol, gramm bilan ifodalangan massa oʻrnida esa — mol ishlatish mumkin degan fikr oʻz-oʻzidan isbotlanadi.