Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Nikolay KopernikNikolay Kopernik

(1473-1543)

Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo‘lib, bu shaharga Germaniyadan ko‘chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. o‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to‘qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo‘lajak olim roppa rosa o‘n yoshga to‘lgan vaqtda to‘satdan qayg‘uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o‘lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o‘zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o‘qishi va tarbiyasi muammolari tog‘asi

Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zining ilmiy faoliyatiga asos bo‘ladigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o‘zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to‘lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o‘rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi.

Yangilаndi: 15.01.2019 10:45
 

Arximed

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Arximed

(eramizdan avvalgi 287 - 212 yillar)

..bu Sitsiliyalik odam, tabiatan imkonsiz bo‘lgan aqliy qobiliyat egasi!«

Sitseron.

Arximed eramizdan avvalgi 287-yilda Yunonistondagi Sirakuza shahrida tug‘ilgan va butun hayotini mazkur shaharda yashab o‘tgan. . Uning otasi Fidiy ismli munajjim bo‘lib, shahar hokimi Gieron huzuridagi ko‘zga ko‘ringan arboblardan biri bo‘lgan. Arhimed ham ko‘plab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilg‘or ilm-fan, yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar maskani - Iskandariyada ta'lim oldi.

Iskandariyadagi ta'lim yakunlanganidan so‘ng, Arximed Sirakuzaga qaytdi va o‘z otasining xizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Yangilаndi: 29.06.2018 15:23
 

Yevklid. Geometriyaning "otasi"

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Yevklid

(taxminan, eramizdan avvalgi 365-300 yillar)

Bu olim hayoti haqida deyarli aniq ma’lumotlar mavjud emas.  Bizga u haqidagi ayrim uzuq-yuluq afsona tarzidagi xabarlar yetib kelgan xolos. Uning eng mashhur asari «Boshlang‘ichlar» ga birinchi bo‘lib sharh yozga Prokl (V asr), Yevklidning qachon va qayerda tug‘ilganligini yoki vafot etganligini aniq aytib bera olmagan. Proklning qayd etishicha «bu arbob alloma» Ptolomey I zamonasida yashagan ekan. Ba’zi biografik ma’lumotlar XII-asrga oid arab qo‘lyozmasida saqlanib qolgan: «Yevklid, Naukratning o‘g‘li «Geometr» nomi bilan mashhur, qadimgi zamon allomasi, kelib chiqishiga ko‘ra yunon, yashagan joyi Suriya, Tir o‘lkasida tavallud topgan».

Yangilаndi: 20.04.2019 14:34
 

Gippokrat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Gippokrat

(taxminan, eramizdan avvalgi. 460 - 370 yillar)

Gippokrat

O‘z professional kasb yo‘lini boshlashdan avval har bir hakim avvalo Gippokratni albatta yodga olib o‘tadi. U diplom olish chog‘ida uning nomi bilan ataluvchi qasamyodni qabul qiladi. Gippokratdan bir necha yillar keyinroq yashagan boshqa bir yunon hakimi - Galendan tashqari hech kim qadimgi Yevropa tibbiyotining oyoqqa turishiga bunchalik katta ta'sir ko‘rsatgan emas.

Gippokrat milodgacha bo‘lgan 460-yilda Yunonistonning Ioniyalik Doriylari tomonidan tashkil qilingan koloniyasi - Kos orolida tavallud topdi. Afsonaga ko‘ra Gippokrat, tibbiyot ma'budi Asklepiyning avlodidan bo‘lgan emish. Asklepiy avlodlarida tib ilmi avloddan avlodga, ustozdan shogirdga muntazam o‘rgatilib borilgan va o‘ziga xos "Asklepiychilar uyushmasi" shakllangan. Ko‘plab o‘z zamonasining yetuk tibbiyotchi va dorishunoslari mazkur uyushma atrofida birlashganlar. Shu tarzda Gippokratning o‘g‘illari hamda ko‘p sondagi shogirdlari ham yetuk hakimlar bo‘lib yetishishgan va Gippokratning tibbiy amaliy va ilmiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kashfiyot va ishlarida doimiy yordamchi bo‘lib xizmat qilishgan.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:16
 

Blez Paskal

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Blez Paskal

Paskal qalbida tubsiz uyurma olib yurar edi.

Sh. Bodler

Blez Paskalga Uyg‘onish davri uchun xarakterli bo‘lgan, ammo XVII-asrda deyarli tugab ketgan, ajoyib har tomonlilik mansub edi. Hali tabiiy fanlar (aytaylik fizika va matematika) ning to‘la ajralish vaqti yetmagan, ammo odatda gumanitar va ilmiy-tabiiy mashg‘ulotlar qo‘shib olib borilmas edi.

Tabiatshunoslik tarixiga Paskal buyuk fizik va matematik sifatida matematik analiz, loyihaviy -chizma geometriyasi, ehtimollik nazariyasi, hisoblash texnikasi, gidrostatikaning yaratuvchilaridan biri sifatida kirdi. Fransiya Paskalni ajoyib yozuvchilardan biri deb tan oldi: "Buyuk aqllar Paskaldan buyuk farang tili asridagi
eng yetuk yozuvchi sifatida hayratlanishadi... uning qalami yaratgan har bir satr qimmatbaho tosh kabi ulug‘lanadi" (Jozef Bertran).

Yangilаndi: 17.01.2019 09:43
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 806
O'qilgan sahifalar soni : 4327479

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov