Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

Bernxard Rimanning ishlari, XIX asr aniq va tabiiy fanlar sohasidagi eng buyuk ilmiy yutuqlar sirasiga kiradi. Uning ilmiy ishlari bayonini, kichik bir kitobchaga joylashtirish mumkin, biroq, ularning mazmun mohiyati, o‘z vaqtida ham, hozirda ham haqiqiy ilmiy hayratlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Riman XIX asr ilm fani samosining eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan...

Georg Fridrix Bernxard Riman, 1826-yilning 17-sentyabrida, Germaniyaning Gannover shahri yaqinidagi kichikroq bir qishloqda tavallud topgan. U oilada 4 qiz va 6 farzandning ikkinchisi bo‘lib, otasi Napoleon yurishlari qatnashchisi, Lyuteran cherkovi pastori, onasi esa ishlari unchalik yurishmagan advokatning qizi bo‘lgan ekan. Ularning oilasi kamtarona hayot kechirgan. Farzandlarni maktabda o‘qitish uchun ro‘zg‘ordan pul orttira olmagan ota-ona, ularga uyda, o‘z qaramog‘ida ta'lim berishga majbur bo‘lishgan. Rimanning arifmetikaga bo‘lgan qiziqishi va iste'dodi 6 yoshidayoq yuzaga chiqib, unga bu borada dars berishga otasining bilimlari cheklanib qoladi. Shunda Rimanning otasi, taxminlarga ko‘ra, Lyuteran cherkovidagi hamkasblaridan, yoki, doimiy ibodatga keluvchi xudojo‘ylardan biri bo‘lgan Shults ismli kishi bilan, o‘g‘lining matematika borasida o‘qishi yuzasidan kelishuvga erishadi. Biroq tezkorlik bilan Shultsning ham Rimanga o‘rgatadigan narsalari qolmaydi. Shults, iste'dodli o‘quvchisining otasiga, o‘g‘lining qobiliyati o‘zinikidan yuksakroq ekani, hamda, uni kuchliroq ustoz qaramog‘iga berish lozimligi haqida tan olib qaytarib kelgan ekan. Riman qolgan bilimlarni mustaqil ravishda egallashga majbur bo‘lgan. 14 yoshida u o‘zi iste'dodi va tirishqoqligi bilan o‘rta maktab rahbariyatini qoyilqoldiradi va uni maktabga qabul qilishadi.

Anchayin xudojo‘y va Lyuteran e'tiqodiga sodiq bo‘lgan otasi, Rimanni ham cherkov xizmatiga kirishni va ilohiyot bilan shug‘ullanishini istagan. Biroq, yetishib chiqayotgan yosh iste'dod egasining qo‘rs va yopiq xarakteri, bunday rejalarni yuzaga chiqishiga to‘sqinlik qilgan. U doimo, ko‘pchilik oldida gapirishga va kishilar bilan chiqishib ketishga qiynalgan. Ko‘pincha o‘z dunyosiga sho‘ng‘ib ketib, xayolida matematik gipotezalar ustida tinmay fikrlar ekan.

Yangilаndi: 13.12.2018 09:08
 

Mendeleyev haqida 11 fakt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyev haqida 11 fakt

Mendeleyev - jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olimlardan biri. Ko‘pchiligimiz uni odatda, maktab kimyo xonasidagi sersoqol portreti hamda, uning nomi bilan ataluvchi, kimyoviy elementlar davriy jadvali orqali bilamiz. Ushbu maqolamizda esa, mashhur kimyogarning hayotiga oid biz bilmagan yana boshqa qirralari haqida fikr almashamiz...

Oilada 17-chi farzand.

Dmitriy Mendeleyev, Tobol shahri gimnaziyasining direktori lavozimida ishlagan Ivan Pavlovich Mendeleyev oilasidagi 17-farzand bo‘lgan. o‘sha vaqtlarda, bunchalik ko‘p bolali oilaga ega bo‘lish, rus ziyolilari orasida nihoyatda kam urf bo‘lgan hodisa sifatida qaralgan. 17 ta farzand deganda, ajablanib yoki, hayratlanib qarashdan oldi, Ivan Pavlovichning Dmitriydan oldingi nechta farzandi yashab ketganiga ham e'tibor qaratish zarur: 17-chi farzanddan avvalgilaridan faqat ikki o‘g‘il va 5 qiz hayotda yashab ketgan. Dmitriydan avvalgi 8 ta aka-opalari chaqaloqligidayoq o‘lib ketgan, ulardan uchtasi esa, o‘lik tug‘ilgan ekan...

Yangilаndi: 27.12.2018 13:49
 

Rene Dekart

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 25
Juda yomon!A'lo! 

Rene Dekart

(1596-1650)

Men fikrlayapman, demak, men - mavjudman!

Dekart.

Rene Dekart 1596-yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambag‘allashib, obro‘si pasayib qolgan zodagonlar urug‘idan bo‘lishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bo‘lib ishlagani uchun, ko‘p vaqtini o‘sha yerda o‘tkazgan va Laega juda kam kelgan. Tug‘ruqning og‘ir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tug‘ruq asoratlari tufayli olamdan o‘tgan. Rene uchun ham tabiblar sog‘lomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tug‘ilganida juda nimjon bo‘lgan ekan. U haqiqatan ham balog‘atga yetgunicha quruq yo‘tal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramog‘ida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog‘-rog‘lari bilan mashhur bo‘lgan Turenda o‘tdi. Dekart o‘sha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi.

Yangilаndi: 27.12.2018 14:13
 

Uilyam Garvey. Qon aylanish doirasining kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Garvey

Katta va kichik qon aylanish doirasi

(1578-1657)

Hozirgi kunda oddiy maktab o‘quvchisidan tortib, deyarli barcha savodli kishilar uchun kundek ravshan bo'lgan, juda sodda tushuntiriladigan shunday ilmiy haqiqatlar borki, ularni qachonlardir odamlar umuman bilishmagani, odamlardan ba'zilari, ya'ni olimlar bu haqiqatni ochib, hattoki isbotlab berishganida ham u haqida ko‘pchilik doimiy shubhada bo‘lganini tasavvur qilish mushkul. Shunday yaqqol ilmiy haqiqatlardan biri - tirik organizmlardagi katta qon aylanish tizimi haqidagi haqiqat ayniqsa qiyinchilik paydo bo'lgan va odamlar tomonidan qabul qilinishi ham g‘oyat mushkul kechgan.

Deyarli bir yarim ming yil davomida Galen shaxsi va uning ta'limoti butun tibbiyotda katta hukmronlik qildi. Unga ko‘ra, odamlar arterial va venoz qonlari - mohiyatan umuman boshqa-boshqa suyuqliklar bo‘lib, ulardan birinchisi tanaga harakat va issiqlik, ikkinchisi esa, ozuqa moddalar yetkazib berish uchun xizmat qiladi degan yanglish tushunchada edilar. Boshqacha fikrlar bo‘lishi mumkin emas edi. Chunki bu fikrga qarshi fikrni ilgari surgan yoki, unga nisbatan shubhali va yangicha g‘oyalarni o‘rtaga tashlagan har qanday kishi, xoh u olim, xoh oddiy tabib bo‘lsin - o‘ta jiddiy jazolanar edi. Galen ta'limoti ortida butun boshli nasroniy cherkovi turardi va o‘rta asrlar sharoitida bu ko‘pchilik ilg‘or fikrli kishilar uchun hayot-mamot masalasiga aylanardi. Masalan, 1533-yilda Ispaniyalik tabib Migel Servet cherkov ruhoniylari tomonidan dahriy deb e'lon qilindi. Sababi u o‘zi yozgan tibbiyotga oid risolasida, o‘zi kashf etgan kichik qon aylanish tizimi haqida bir necha sahifalik tafsilotlarni bayon qilgan edi. Oqibatda cherkov uni omma ko‘z o‘ngida "xudo yuz o‘girgan" dahriy sifatida, o‘zining "bid'atchi" kitobi bilan birgalikda gulxanda yondirildi. Faqat tasodif tufayligina Servet yozgan risolaning uch nusxasi Jenevada saqlanib qolgan edi. Umuman olganda, qon aylanish tizimini tadqiq qilgan ilk olimlar xuddi Migel Servet singari, tom ma'noda cherkovning xurofot va johiliyat alangasida qovurilib chiqishga majbur bo‘lishgan. Ular ko‘p emas - Migel Servetdan tashqari, Bolonyalik Karlo Ruini, Pizalik Andrea Chezalpino hamda Angliyalik Vilyam Garveylar tirik organizmlarda qon aylanishi tizimlarini ilmiy tekshirgan ilk olimlar hisoblanishadi. Aynan Uilyam Garvey - bu masalada oxirgi nuqtani qo‘ygan bo‘lib, uning xizmatlari, tibbiyotning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yangilаndi: 04.01.2019 12:16
 

Iogann Kepler

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Iogann Kepler

(1571-1630)

Nikolay Kopernik asos solgan astronomik kuzatuvlar uslubi va astronomik jadvallarning Ptolomey zamonidan beri, ya'ni deyarli ikki ming yil davomida qo‘llanilgan jadvallardan sifat va aniqlik bobida ancha ustun bo‘lgani haqida yuqorida ta'kidlagan edik. Kopernikning vafotidan keyin, butun Yevropa bo‘ylab uning jadvallari keng tarqaldi va barcha astronom olimlar Kopernik usuli va jadvallari asosida ish yurita boshladilar. Biroq, tez orada Kopernik jadvallarining ham, osmon jismlari ayniqsa, sayyoralarning amaliy kuzatuv natijalaridan farq qilayotganligini sezib qolishdi.

Ilg‘or fikrli olimlar uchun Kopernik ta'limotining mutlaqo to'g'ri ekanligi kundek ravshan edi. Biroq sayyorlar harakati qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish va tadqiq qilish zarur bo‘lib, bu borada Kopernik ta'limotida mavhum qolib ketgan savollar anchagina bo'lgan.

Sayyoralar harakati qonuniyatlarini jiddiy o‘rganishga kirishgan va ularni o‘rta asrlar uchun o‘ta aniqlikda hisoblay olgan birinchi olim - Olmoniyalik Iogann Kepler bo‘ldi.

Yangilаndi: 27.12.2018 14:18
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 830
O'qilgan sahifalar soni : 5099119

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!