Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Benua Pol Emil Klayperon

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Benua Pol Emil Klayperon

Benua Pol Emil Klayperon (fransuzcha Benot Paul mile Clapeyron) farang muhandisi va fizik olimi. Temir yol tarmoqlari, koprik qurilishi va yolsozlik masalalari boyicha koplab ilmiy-amaliy ishlar muallifi. Ideal gaz holati tenglamasini keltirib chiqargan olim.

Pol Klayperon 1799 yilning 26-fevral sanasida Parijda tugilgan. Avvaliga 1816-1818 yillar davomida Parij Politexnika maktabida tahsil olgan. 1820 yilda Sankt-Peterburgdagi Aloqa yollari muhandisligi institutda professor bolib ishlayotgan dosti Gabriel Lamening oldiga jonaydi va u yerda 10 yil davomida ishlab, yolsozlik va kopriklar qurilishi boyicha loyihalarda muhandis sifatida ishtirok etadi. 1930 yilda Parijga qaytgach, Fransiya boylab qurilayotgan yangi temir yol tarmoqlari va kopriklar va yollar qurilishida muhandis, loyihachi va nazoratchi sifatida ishtirok etadi. Xususan ilk fransuz temir yol tarmoqlari bolmish Parij-Versal va Parij-Sen Jermen yonalishlari aynan Klayperon nazorati bilan qurilgan edi.

Pol Klayperonning fizik olim sifatidagi ishlari asosan issiqlik, plastiklik va qattiq jismlarning muvozanat holatlari masalalariga bagishlangan bolib, uning termodinamika borasidagi izlanishlari ayniqsa mashhur bolgan. Sadi Karnoning Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza birinchi bolib jiddiy ilmiy ahamiyat qaratgan va uning goyalariga matematik asos bergan ilk olim aynan Pol Klayperon bolib, ushbu goyalardan kelib chiqib u, termodinamika uchun dastlabki grafik uslublarni indikator diagrammalarni, xususan, p-V koordinatalar sistemasini kiritgan edi.

 

Jeyms Preskott Joul

E-mail Chop etish PDF

Jeyms Preskott Joul

Jeyms Preskott Joul (inglizcha James Prescott Joule) - ingliz fizigi. Termodinamika taraqqiyotiga yuksak hissa qo‘shgan olimlardan biri. 1818 yilning 24 dekabr kuni, Angliyaning Lankashir grafligi, Solford yerida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta ta'limni, mashhur olim Jon Daltondan olgan. 15 yoshidan boshlab, bir vaqtning o‘zida, oilasiga tegishli, ichimlik ishlab chiqaruvchi zavodda ishlab, ham ta'lim ola boshlagan. Zavoddagi ishlayotgan bug‘ mashinalarining o‘rniga, o‘sha davr uchun yangilik bo‘lgan elektrodvigatellardan foydalanish g‘oyasi asnosida, o‘zining ilk ilmiy ishini elektromagnit dvigatelning tuzilishi va ishlash tamoyili tadqiq qilishdan boshlaydi. U 1841 yilda, elektr tokining issiqlik ajratish qonuniyatlarini tadqiq qilib, o‘zbek tilidagi adabiyotlarda, Joul-Lents (chunki, ushbu qonunni 1842 yilda rus olim Lents ham ochgan edi) qonuni nomi bilan ataladigan, o‘tkazgichdagi tok kuchi va ushbu tok tufayli ajralib chiqqan issiqlik miqdorining kvadratik bog‘liqligi qonunini kashf qildi. Biroq, uning ishlarini London Qirollik Jamiyati a'zolari tomonidan munosib baholanmadi. Shu tufayli ham, Joulning mazkur ishi, Manchester shahrining davriy jurnallaridan birida e'lon qilishga muvaffaq bo‘ldi xolos. Shuningdek, u, bug‘ mashinalari hamda, elektrodvigatellarning iqtisodiy samaradorliklarini taqqoslash yuzasidan ilmiy tahlillar olib boradi. Joul, tajribalarini davom ettirib, issiqlik miqdori va mexanik kuchning o‘zaro ekvivalentlik (issiqlikning mexanik ekvivalenti) qonuniyatlarini, amaliy tajribalarda aniqlaydi. Bu orqali, olim, fanda mavjud bo‘lgan eski va noto‘g‘ri tushuncha - issiqlikning modda (teplorod) ekanligi haqidagi fikrlarni inkor etib, issiqlik, va ish bu fizik kattaliklar ekanligini isbotlab beradi. Qolaversa Joul, mazkur tajribalari orqali, tabiatdagi eng fundamental qonunlardan biri - energiyaning saqlanish qonunini amalda ochib qo‘ygan edi. Aynan shu vaqtlarda, Joul magnitostriksiya, hodisasini ham kashf qiladi va bu haqida ilmiy jamoatchilikka ma'lumot beradi. Biroq, Jeyms Joulning ishlarini ko‘pchilik olimlar ishonqiramay, aksariyat hollarda esa, qarshilik bilan kutib olishardi.

Yangilаndi: 24.12.2018 09:32
 

Yulius Robert fon Mayer

E-mail Chop etish PDF

Yulius Robert fon Mayer

Yulius Robert fon Mayer (nemischa Julius Robert von Mayer) - olmon vrachi va fizigi. U 1814-yilning 25-noyabrida, Germaniyaning Haylbronn shahrida tug‘ilgan. o‘rta maktabni tugatgach, Tyubingen universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan. U avvaliga fizika va matematika kurslariga qatnashmagan, biroq, kimyoni ancha mukammal o‘zlashtirgan. Mayer Tyubingen universitetida ta'limni to‘liq yakunlay olmagan. Uni ta'qiqlangan yig‘inlarda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan va 6 kunlik hibsda saqlanganidan so‘ng ozod qilingan. Shundan so‘ng, Mayer Tybingenda qolmaslikka qaror qilib, avval Myunxen, keyin Vena va Parijga ketadi va o‘qishini ushbu shaharlarda davom ettiradi. 1838-yilda u Tyubingenga qaytib, imtihonlarni topshiradi va o‘z dissertatsiyasini himoya qiladi.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:17
 

Nikolya Leonard Sadi Karno

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Nikolya Leonard Sadi Karno

Sadi Nikolya Karno (fransuzcha - Nicolas Leonard Sadi Carnot) - mashhur fransuz harbiy muhandisi, fizik va matematik. U 1796-yilning 1-iyunida, Parijda, mashhur siyosatchi va matematik Lazarra Karno oilasida dunyoga kelgan.

Karno malakali boshlang‘ich ta'limni o‘z uyida olgan. 1812-yilda Buyuk Karl nomidagi maxsus litseyni tamomlab, o‘sha vaqtlardagi Yevropaning eng nufuzli bilim yurtlaridan bo‘lgan Parij Politexnika maktabiga o‘qishga kirgan. 1814-yilda, Politexnika maktabi reytingida, a'lochilar safida 6-o‘rin bilan, Mets shahriga, oliy harbiy Muhandislik maktabiga yo‘llanma bilan yuboriladi. 1816-yilda, maxsus harbiy muhandislik polkiga jo‘natilgan. U bir necha yil harbiy xizmat o‘tab, 1819-yilda, Bosh shtabning Parij korpusi leytenanti unvonini egallaydi (maxsus tanlovda g‘olib chiqib) va Parijga qaytadi. Karno Parijda o‘qishni qaytadan boshlaydi va ilmiy izlanishlarga kirishadi. Sorbonna, Kolej de Frans, San'at va Hunar konservatoriyasi kabi nufuzli bilim yurtlarida ma'ruzalar tinglaydi.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:18
 

Urban Leverye

E-mail Chop etish PDF

Urban Leverye

Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811-yilning 11- mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan. Fransuz matematik va astronomi. Neptun sayyorasini kashf etgan olim.

Boshlang‘ich ta'limni o‘z shahrida olganidan so‘ng, Kayenna Politexnika maktabiga o‘qishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o‘qishni tashlab, keyinchalik boshqa o‘quv yurti - Parijdagi Buyuk Lyudovik kolledjiga joylashgan. o‘qishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837-yilda Parij Politexnika maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko‘ra esa, 1839-yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning astronomiyaga oid dastlabki asari - "Sayyoralarning yo‘llaridagi asriy o‘zgarishlarning tadqiqi" nomli risolasi nashrdan chiqqan.

Yangilаndi: 26.12.2018 07:59
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 823
O'qilgan sahifalar soni : 4798016

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis