Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.
Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.
|
Lui Paster
(1822-1895)
Zamonaviy mikrobiologiya asoschilaridan biri, odamzotni uzoq asrlar mobaynida dahshatga solib kelgan infeksion kasalliklar ustidan g‘alaba qozonishida mislsiz ulkan xizmatlar ko‘rsatgan olim Lui Paster 1822-yilning 27-dekabrida Fransiyaning Yura departamenti, Dol shahrida tug‘ilgan. U tug‘ilgan paytda, otasi allaqachon iste’foga chiqqan harbiy bo‘lib, kichikroq teri oshlash korxonasini boshqargan. Paster oilasi katta va ahil oila bo‘lgan. Oila boshlig‘i – iste’fodagi harbiy Jan-Jozef Paster o‘zi savodsiz odam bo‘lgan uchun, bolalarini yaxshi ta’lim olishini istagan va ularga imkon qadar barcha sharoitni hozirlab bergan.
Yangilаndi: 20.04.2020 15:25
|
Edvin Xabbl
(1889−1953)
Edvin Xabbl XX-asr ilm-fani uchun tom ma’noda yorqin iz qoldirgan shaxsdir. Olim o‘zidan keyin, uning nomi bilan ataladigan qonuniyat asosida evolyutsion rivojlanuvchi galaktikalar olami va Koinotning muttasil va shiddatli kengayishi bilan bog‘liq favqulodda ulkan ilmiy meros qoldirdi. Uning astronomiya sohasida amalga oshirgan kashfiyotlari ko‘lami shu qadar ulkanki, bejizga Xabbl Kopernik zamonasidan buyon dunyoga kelgan eng buyuk astronom deb e’tirof etilmagan.
Edvin Xabbl 1889-yilning 20-noyabr sanasida AQSHning Missuri shtatidagi Mensfild nomli kichik shaharchada dunyoga kelgan. Uning ajdodlari Amerikaga Angliyadan ko‘chib kelishgan bo‘lib, Xabblar shajarasi bu shaharda XVI-asrdan buyon yashab kelgan. Edvin Xabblning otasi Jon Paul Xabbl sug‘urta agenti, onasi Virginiya Jeyms esa uy bekasi bo‘lgan. Xabbl doim o‘z oilasi, ayniqsa ota-onasi haqida eslaganda entikib, samimiy jilmayish bilan yodga olar edi. U doim o‘z do‘stlariga, ota-onasining naqadar mehribon va o‘zaro ahil oila bo‘lishgani haqida gapirib bergan. Haqiqatan ham, Xabbllar oilasi o‘z yaqinlari ichida katta hurmat qozongan, mustahkam va ahil oila bo‘lgan. Xabbllar oilasida Edvindan tashqari yana 7 ta farzand bo‘lgan. Edvin Xabblning ona tomondan bobosining uyida eng oddiy, havaskor teleskop mavjud edi. Bo‘lajak astronom olim, falakkiyot ilmiga qiziqishni aynan shu teleskop orqali, bobosi yordamida shakllantirib borgan.
Yangilаndi: 19.11.2019 17:57
Ervin Shryodinger
(1887-1961)
XX-asrning eng buyuk fizik olimlaridan biri, Ervin Shryodinger 1887-yilning 12-avgustida Venada tug‘ilgan. Uning otasi Rudolf Shryodinger kleyonka ishlab chiqaradigan fabrikaning xo‘jayini bo‘lgan. Badavlat oila boshlig‘i bo‘lgan Rudolf Shryodinger, shuningdek, mohir rassom, hamda, botanika fanining o‘z mamlakatida ko‘zga ko‘ringan bilimdoni hisoblangan. Ervin Shryodinger esa oilada yagona farzand bo‘lgan. Boshlang‘ich ta’limni ham Ervinga otasi Rudolfning o‘zi bergan. O‘qishni, yozishni va arifmetikani otasidan o‘rgangan Ervin, u haqida doim «charchoqni bilmaydigan ustoz va do‘st» deb ta’rif berar edi. Haqiqatan ham, otasi yosh bolakay og‘li Ervinning har qanday savollariga erinmay, batafsil va tushunarli qilib javob berishi, uning yanada va yana savolga ko‘mib tashlashiga nisbatan sabr-toqat bilan o‘rgatishda davom etishi tufayli, Shryodinger yoshligidayoq mukammal ensiklopedik bilimga ega shaxsga aylanishida katta xizmat qilgan.
Yangilаndi: 12.08.2019 14:39
Mariya Gaetana Anyezi
Mariya Gaetana Anyezining tarjimai-holi haqida gap ketganda, hashamat va nasl-nasab bilan bog‘liq jumlalarda birmuncha holi, oddiy shahar ayoli timsoli namoyon bo‘ladi. U Milanda tug‘ilib o‘sdi va butun umr o‘sha shaharning o‘zida yashab o‘tdi. Mariya Gaetana o‘ziga tinch, lekin juda kamtarona hayot kechirgan. Uning qalamiga mansub ajoyib ilmiy asarlar haqida bilmagan odam uchun, Mariya Gaetana Anyezi ham boshqa oddiy Milanlik uy bekalaridan biri sifatida nomi yodda ham qolmagan bo‘lardi balki. Lekin bu ayolning o‘tkir zehni va ajoyib matematik qobiliyati tufayli dunyoga kelgan asarlari, olima haqida asrlar osha bizgacha hikoya qilib kelmoqda.
Yangilаndi: 23.05.2019 12:12
Antoni van Levenguk (1632—1723)
Antoni van Levenguk 1623-yilning 24-oktyabrida Gollandiyaning Delft shahrida, Antonizon van Levenguk hamda, Margaret Bel van den Berch oilasida tug‘ilgan. Uning bolalik yillari qiyinchilikda kechgan. U 6 yoshidayoq otasidan ayrilgan. Shu sababli, ishlab, oilasiga moddiy yordam berish uchun, bolalik paytidanoq u mahalliy hunarmandlarga xizmat qila boshlagan. Ko‘p o‘tmay, uni movut to‘qiydigan ustaga shogirdlikka berishgan. O‘smir yoshiga yetgan Levenguk allaqachon o‘zi movut va kigiz tayyorlash qo‘lidan keladigan va o‘z mahsulotlari bilan o‘zi savdo qiladigan ustaga aylangan edi. U avvaliga o‘zi kigiz tayyorlab sotib yurib, keyin esa, savdo va hisob-kitob (buxgalteriya) ishlariga uquvi borligini namoyish qildi. Uning o‘zi mustaqil shug‘ullanish orqali egallagan matematik bilimlari, maktabda maxsus o‘qiganlardan qolishmas darajada edi. Uning savdo va hisobchilik qoidalarini puxta bilishi tufayli, Amsterdamlik bir puldor savdogar o‘ziga qarashli savdo markazida moliyaviy ishlarni yuritishni unga ishonib topshiradi. U avvaliga shunchaki, g‘aznachi, keyinroq esa, hisobchi bo‘lib ham ishlagan. Amsterdamda bir muddat ishlagach, Levenguk yana Delftga qaytadi va shahar sudida qo‘riqchi bo‘lib ishga kiradi. Uning vazifasi sud bo‘layotgan paytda tinchlikni ta’minlash bo‘lsa, boshqa payt, sud binosi va mulkini qo‘riqlashdan iborat bo‘lgan.
Yangilаndi: 27.02.2019 16:21
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 1 sahifasi, jami 8 sаhifа |