Orbita . U Z

Imkon qadar uyda qoling!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Titsius-Bode qonuniyati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Titsius-Bode qonuniyati

Titsius-Bode qonuniyati (shuningdek Bode qonuni nomi bilan ham ma'lum) - sayyoralarning Quyoshdan uzoqlashish tartibi, ya'ni Quyoshgacha bo‘lgan masofalarining (orbitalarning o‘rtacha radiusini) ifodalovchi empirik formula.

Qonuniyat I.D. Titsius tomonidan 1766-yilda taklif etilgan va I.E. Bodening ilmiy ishlari tufayli mashhur bo‘lib ketgan. U quyidagicha keltiriladi: Di=0,3,6,12... ketma-ketlikdagi har bir elementga 4 qo‘shiladi va natijani 10 ga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan qiymat i-sayyora orbitasining o‘rtacha radiusiga teng bo‘ladi. Ya'ni:

Di - ketma-ketlikda, birinchi sondan tashqari, keyingi sonlar geometrik progressiyani tashkil qiladi. Ya'ni,

Yangilаndi: 23.11.2018 13:19
 

Kox qorparchasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Kox qorparchasi

Kox qorparchasi - matematika yo‘nalishida ta'lim olayotgan talabalar duch keladigan eng birinchi fraktal obyektlardan biri bo‘ladi. Shuningdek, Kox qorparchasi matematika tarixida ham, eng birinchi bo‘lib o‘rtaga tashlangan fraktallardan biri sanaladi. Ushbu ajoyib va chiroyli, shu bilan birga, murakkab geometrik shakl tasviri ilmiy manbalarda 1904-yilda e'lon qilingan, "Oddiy geometrik yasashlar vositasida olingan urinmalarsiz uzluksiz egri chiziq haqida" deb nomlangan maqola orqali paydo bo‘lgan edi. Muallif - shved matematigi Nils Fabian Xelge fon Kox (1870-1924). Shunisi qiziqki, Kox qorparchasining yasash jarayoni uchburchak chizishdan emas, balki, to‘g‘ri chiziqdan, aniqrog‘i, kesmadan boshlanadi.

Yangilаndi: 23.11.2018 11:59
 

Xlor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Xlor


Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda
Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo‘lgan edi. Devi o‘zi mazkur elementga "xlorin" deb nom qo‘yishni taklif qilgan. Bir yil o‘tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib "xlor" tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o‘z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o‘ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.Xlor - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros - "yashil" so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:07
 

Kopernikiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Kopernikiy

Kopernikiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII-davr IIB-guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi "bir yuz o‘n ikkinchi" - degani).

Kopernikiy - sun'iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.

Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.

Yangilаndi: 09.02.2019 10:17
 

Alyuminiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Alyuminiy

Alyuminiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bo‘lib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi bo‘yicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-o‘rinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).

Oddiy modda shaklidagi alyuminiy - kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bo‘lib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘ladi.

Yangilаndi: 23.11.2018 13:26
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 838
O'qilgan sahifalar soni : 5653553

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)