Orbita . U Z

Imkon qadar uyda qoling!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Astroida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Astroida

Astroidaning yasalishiAstroida bu - R radiusli katta aylananing ichi bo‘ylab harakatlanadigan r (bunda r=R/4) radiusli kichik aylanadagi nuqtaning trayektoriyasi hosil qiladigan egri chiziq bo‘lib, kichik aylaning katta aylana ichida bir marta to‘liq aylanib chiqishidan yulduzsimon qavariq ko‘pburchak shakli paydo bo‘ladi. Boshqacha aytganda, astroida bu k=4 modulga ega bo‘lgan giposikloidadir. Ya'ni, katta aylananing diametri kichik aylananing diametrida 4 marta katta. Astroida atamasi yunon tilida "astros" ya'ni, yulduzsimon degan ma'nini anglatadi. Sababi astroidaning shakliy ko‘rinishi yulduzga o‘xshab ketishidir.

Astroida shakliga bo‘lgan qiziqish, tarixda turli zamonlarda turli avlod matematiklarini doimo o‘ziga jalb etib kelgan. Matematika tarixidagi eng kuchli olimlar ham ushbu ajoyib egri chiziqning qiziqarli xossalarini tadqiq etishga uncha-muncha mehnat mashaqqat sarf etishgan. Qayd etilgan manbalarda ushbu egri chiziqni birinchi bo‘lib Daniyalik astronom Olaf Remer batafsil tekshirgan deyiladi. Uning 1674-yilga taalluqli bo‘lgan va asosiy mazmuni tishli uzatmalarning eng samarador variantlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarida astroida haqida batafsil matematik tahlillarni uchratamiz. Olaf Remerdan keyingi davrlarda astroidaning xossalarini shuningdek Shveytsariyalik buyuk matematik Iogann Bernullining 1691-yilga oid asarlarida; olmon matematigi Gotfrid Leybnitsning 1715-yilga taalluqli ishlarida va farang olimi Jan D'Alamberning 1748-yilga mansub izlanishlarida uchratish mumkin.

Yangilаndi: 18.12.2018 09:09
 

Eyler-Maskeroni doimiysi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Eyler-Maskeroni doimiysi

Yunon alifbosidagi γ harfi bilan belgilanadigan Eyler-Maskeroni doimiysining son qiymati 0.5772157... ga taqriban teng. Ushbu doimiy ko‘rsatkichli funksiyalar va logarifmlarni, sonlar nazariyasi bilan bog‘lab turadi. U n cheksizga intilganida,

ifodaning chegarasi sifatida aniqlanadi.

γ sonining qo‘llash sohasi juda keng. Ushbu son - cheksiz qatorlarni, ko‘paytmalarni, ehtimollar nazariyasi va muayyan turdagi integrallarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 1 dan n gacha bo‘lgan barcha sonlarning bo‘luvchilarining o‘rtacha soni ga juda yaqin bo‘ladi.

Yangilаndi: 18.12.2018 09:14
 

Stirling formulasi

E-mail Chop etish PDF

Stirling formulasi

Hozirgi kunda faktoriallar matematikada har qadamda uchraydi. n musbat va butun son uchun "n faktorial" ifodasi (n! tarzida yoziladi) -n sonning o‘zi va ungacha bo‘lgan barcha butun sonlarning o‘zaro ko‘paytmasini anglatadi. Masalan 4!=1×2×3×4=24.

Faktorialning n! ko‘rinishida ifodalanishi qoidasini 1808-yilda farang matematigi Kristian Kramp joriy qilgan. Faktoriallar kombinatorikada juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan ko‘p sonli obyektlarning o‘zaro bir-biriga nisbatan joylashish variantlarini hisoblash zarur bo‘lgan o‘rinlarda faktoriallar juda asqotadi. Shuningdek faktoriallardan sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi hamda, matematik analiz sohalarida keng foydalaniladi.

Yangilаndi: 18.12.2018 09:21
 

Grem effuziya qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Grem effuziya qonuni

1805-1869 yillarda yashab o‘tgan shotland olimi Tomas Grem (Grexem, o‘ng tarafdagi rasmda) sharafiga nomlangan va aynan u tarafidan 1829-yilda kashf qilingan ushbu qonun quyidagicha uqtirish beradi:

Kichik mikroskopik tirqishchadan o‘tayotgan gazning chiqish tezligi, gaz zarralari massasining kvadrat ildizidan chiqarilgan qiymatga teskari proprsional.

Ushbu tasdiqni quyidagicha formula bilan ifodalash mumkin:

Bunda R1 va R2 - birinchi va ikkinchi gazlarning chiqish tezliklari, M1 va M2 esa, mos ravishda ularning molyar massalari. Grem qonuni bir vaqtning o‘zida ham diffuziya va hamda effuziya hodisalari uchun o‘rinlidir. Effuziya - gaz molekulalarining mikroskopik tirqishdan o‘zaro to‘qnashmasdan birma-bir, bittama-bitta o‘tishi jarayonidir. Gazning chiqish tezligi, uning molekulalari massasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vodorod singari yengil gazlarning molekulalari tirqishdan nisbatan tezroq chiqib ketadi. Chunki massasi yengil molekulalar boshqa, og‘irroq zarrachalarga nisbatan kattaroq tezlik bilan harakatlanadi.

Yangilаndi: 18.12.2018 09:23
 

Xabbl qonunining mazmuni qanday?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Xabbl qonuning mazmuni qanday?

Edvin Xabbl Andromeda galaktikasi fotosurati bilan. ©AP Archive.

Xabbl qonuni bizdan olisdagi galaktikalarning uzoqlashish tezligi hamda ulargacha bo'lgan masofa orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydi. Unga muvofiq, bizdan ikki barobar olis masofada joylashgan galaktika, bizdan ikki xissa kattaroq tezlik bilan uzoqlashayotgan bo'ladi.

Ushbu qonuni XX-asrning 20-yillarida, o‘sha paytda unchalik ham aniq bo‘lmagan va miqdoran kam sonli o‘lchashlar asosida, AQSHlik astronom Edvin Xabbl tomonidan shakllantirilgan edi. Galaktikalargacha bo'lgan masofani undagi nisbatan yorqin yulduzlarning yarqiroqligiga ko‘ra baholash va baholash natijalarini avvaldan ma'lum bo'lgan boshqa galaktikalarning tezliklari bilan qiyoslash orqali, Xabbl ushbu tezliklar orasidagi chiziqli munosabatni aniqladi. Lekin bunda tezlik va masofa orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi proporsionallik koeffitsiyenti, masofani chamalashdagi tizimli ravishda yo‘ qo‘yilgan xatolik tufayli, anchayin past ko‘rsatkich bilan aniqlangan edi. Xabbl nisbatidagi proporsionallik koeffitsiyentini Xabbl doimiysi deb atash urfga kirgan. Xabbl doimiysiga aniqlik kiritish hozirda ham davom etmoqda. Bugungi davrdagi ushbu doimiynining nisbatan katta aniqlik bilan belgilangan qiymati har bir megaparsekka (Mpk) 70 km/soniyani tashkil qiladi. (1 Mpk taxminan 3 million yorug'lik yiliga teng). Masalan biror galaktika bizdan aytaylik 100 Mpk masofada joylashgan bo‘lsa, demak u bizdan taxminan 70×100=7000 km/soniya tezlik bilan uzoqlashmoqda ekan deb xulosa qilinadi.

Yangilаndi: 05.11.2019 10:03
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 856
O'qilgan sahifalar soni : 6147087

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov