Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Vostok-1

E-mail Chop etish PDF

Vostok-1

"Vostok-1" - Vostok seriyasidagi, fazogir-uchuvchili fazo kemasi. Insoniyat tarixida birinchi marotaba, bortida inson - fazogirni Yer tevarak-atrofi orbitasiga olib chiqqan tarixiy kosmik kema. 1961-yilning 12-aprel kuni soat 09:07 da Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Vostok 8K72K raketa-eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi 4725 kg. Korpus diametri 2.2 m, uzunligi 4.4 m. Chaqiruv-taxallusi "Qaldirg‘och". Ekipaj 1 kishidan iborat: kosmik kema uchuvchisi - Yuriy Alekseevich Gagarin, chaqiruv-taxallusi "Kedr". Startdan keyin, belgilangan barcha mexanizmlar to‘g‘ri va o‘zaro muvofiq ishlab, 2-soniydan so‘ng, ikkinchi bosqich dvigateli ajralib chiqdi va "Vostok-1" muvaffaqiyatli ravishda orbitaga chiqarildi. Biroq, "Vostok-1" uchun hisoblangan apogey nuqtasi, nazariy hisoblashlardan jiddiy farqqa ega bo‘lib, u hisob-kitoblardagidan 100 km balandroqda, ya'ni, 302 km bo‘lib chiqdi, perigey esa, 175 km ni tashkil etgan. Orbitaga chiqib olgach, fazo kemasini ma'lum nuqtada to‘xtatish va Yer atrofi orbitasi bo‘ylab aylanishga yo‘naltirish zarur edi. Buni amalga oshirish uchun, avvaldan rejalashtirilgan ravishda, uchinchi bosqich dvigatelini o‘chirishga berilgan radiosignalli buyruq bajarilmay qoldi.

Yangilаndi: 12.04.2019 12:15
 

Katta adron kollayderi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Katta adron kollayderi

Ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Bill Brayson shunday yozadi: "Elementar zarralar fizikasida Koinot sir-asrorlarini o‘rganish juda oson: olimlar zarrachalarni bir-biri bilan to‘qnashishga majbur qilishadi va oqibatda nima yuz berishini kuzatishadi. Soddaroq quyidagicha o‘xshatish keltirish mumkin: ikkita odam bir-birga Shveysariyaning o‘ta aniq yuradigan mexanik soatlarini otib yuboradi. Soatlar albatta yerga tushib, yoki devorga urilib chil-chil bo‘ladi. Keyin ular soat parchalarini yig‘ib olib, aslida bu soatlar qanday ishlagan ekan? - deb qiziqib o‘tirishadi".

Jeneva yaqinidagi Yevropa Yadro Tadqiqotlari Instituti (CERN) tomonidan qurib ishga tushirilgan Katta adron kollayderi (Large Hadron Collider - LHC) mohiyatiga ko‘ra zarrachalarni eng yuksak energiya ko‘rsatkichlarigacha tezlatish imkonini beradigan, jahondagi eng katta tezlatkichdir. U o‘zaro qarama-qarshi kelib to‘qnashadigan protonlar oqimiga yuksak energiyali tezlanish beradigan qilib loyihalangan. Adron kollayderi deyilishiga sabab, ushbu tezlatkichda elementar zarralarning adronlar sinfiga mansub bo‘lgan va kuchli yadroviy o‘zaro ta'sirlarda ishtirok etadigan zarrachalar ustida tajribalar o‘tkaziladi. Ulkan quvvatli elektromagnit kuchlarning ta'siri ostida protonlar kollayder halqasi bo‘ylab, ichki vakuum kanalida shiddat bilan aylanadi. Aylanishlarning har birida protonlarning energiyasi borgan sari yana va yana ortib boradi. Katta adron kollayderi magnitlarida o‘ta o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Ularni ishlatish jarayonida esa katta termodinamik amaliyot bajarish kerak bo‘ladi. Ya'ni o‘ta o‘tkazgich xossalaridan foydalanilganda favqulodda qizib ketishi tufayli magnitlarni suyuq geliy bilan to‘xtovsiz sovitib turiladi. o‘ta o‘tkazgich holatidagi materiallarda elektr qarshilik deyarli nolga tenglashadi.

Yangilаndi: 26.11.2018 17:39
 

Protaktiniy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Protaktiniy

Protaktiniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr III guruh elementi bo‘lib, aktinoidlar turkumiga mansub radioaktiv metalldir. Atom raqami 91. Pa (lotincha Protactinium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shakildagi protaktiniy o‘ta radioaktiv metall bo‘lib, kumush-oq rangda, yorqin tovlanadi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

1869-yildayoq D.I.Mendeleyev o‘z nomi bilan atalavuchi davriy qonunga ko‘ra, Uran va Toriy elementlari orasida yana bir hozircha noma'lum element mavjudligini bashorat qilgan. Bu vaqtda aktinoidlar guruhi elementlari hali fanga ma'lum emas edi. Protaktiniy dastavval 1913-yilda kimyogarlar Kazimir Fayans (1887-1975) hamda Osvald Gelmut Gyoring (1889-1915) tomonidan kashf qilingan. Ular Uranning parchalanishidan keyingi qoladigan mahsulotlari orasidan, yarim yemirilish davri taxminan 1 daqiqa atrofida bo‘lgan uran izotopi - UX2(234Pa) mavjudligini aniqlashdi. Uning yarim yemirilish davri shunday qisqaligi uchun ushbu izotopga "breviy" (lotincha - "brevis", "qisqa" yoki "kalta" ma'nolarida) deb nom berishgan.

Yangilаndi: 17.12.2018 08:32
 

Buyuk Attraktor

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Buyuk Attraktor

Yer Quyosh atrofida aylanmoqda. Quyosh esa Galaktika markazi atrofida aylanadi. o‘z navbatida Galaktika ham harakatda bo‘lib, Mahalliy Guruhning boshqa a'zolari bilan borgan sari yaqinlashib boradi. Ushbu to‘da esa, taxminlarga qaraganda, favqulodda ulkan massaga ega bo‘lgan, ulkan obyekt tarafiga tortilmoqda.

 

Koinotning kengayayotganligini bayon qiluvchi Xabbl qonuniga ko‘ra, bizdan olisdagi obyektlar qizilga siljish effektini namoyish qilmoqda va bu degani ular bizdan to‘xtovsiz uzoqlashmoqda deb qaraladi. Bunda nisbatan uzoqda joylashgan obyekt nisbatan tezroq olislashadi. Bu esa ular orasidagi fazoning ham cho‘zilishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida o‘sha obyektlardan yetib kelayotgan elektromagnit nurlanishlar ham, fazoda cho‘zilishga duchor bo‘ladi. Buning natijasida aynan o‘sha effekt - qizilga siljish yuzaga keladi. Olis masofalarda joylashgan obyektlar o‘zaro bir-biriga nisbatan ham qizilga siljishni namoyish qiladi. Ular ham bir-biridan olislashmoqda. Lo‘nda qilib aytganda, koinot to‘xtovsiz kengaymoqda. Kengayish har soniyada yanada va yanada tezlashadi.

Yangilаndi: 17.12.2018 08:33
 

Rux

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Rux

Rux - Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalining IV-davr, ikkinchi guruhchasida joylashgan kimyoviy element. Atom raqami 30. Zn (lotincha Zincum) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda sifatidagi rux, me'yoriy sharoitlarda ko‘kish-oq rangdagi mo‘rt metall bo‘lib, havo ta'sirida xiralashadi (chunki uning sirti yupqa rux oksid qatlami bilan qoplanadi).

Tarixi va atama etimologiyasi.

Ruxning mis bilan qotishmasi qadimgi Yunoniston, qadimgi Misr, qadimgi Hindiston (VII asr), hamda Xitoyda (XI asr) ma'lum bo‘lgan. Biroq uzoq asrlar davomida ruxni sof holatda ajratib olishni hech kim bilmagan. Faqatgina 1738-yilga kelibgina Angliyalik Uilyam Chempion ismli mutaxassis ruxni distillyatsiya usulida ajratib olish yo‘lini topdi. Ruxni sanoat miqyosida ishlab chiqarish ham o‘sha yillarda yo‘lga qo‘yilgan. Uilyam Chempionning o‘zi 1743-yilda Bristol shahrida birinchi rux zavodini ishga tushirgan. 1746-yilda Germaniyada ham Andreas Marggraf tomonidan Chempionnikiga o‘xshash usulda rux olish yo‘li kashf qilindi. Chempiondan farqli ravishda Marggraf o‘zi ixtiro qilgan rux olish usulini barcha tafsilotlari bilan bayon qilib nashr ettirgan. Shu sababli ham ruxni aynan Marggraf kashf qilgan degan yanglish tushuncha shakllanib qolgan.

Yangilаndi: 17.12.2018 08:37
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 823
O'qilgan sahifalar soni : 4809835

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)