Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Geks o‘yini

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Geks o‘yini

Geks - ikki kishi o‘ynaydigan, stol usti taxtali mantiqiy o‘yin bo‘lib, geksagonal (oltiburchakli) shakldagi 11×11 kataklardan iborat romb shaklidagi o‘yin taxtasi ustida o‘ynaladi. Ushbu o‘yinni birinchi bo‘lib Daniyalik matematik Pit Xeyn (1905-1996) tomonidan 1942-yilda o‘ylab topilgan bo‘lib, aytishlaricha, Pit Xeyndan mutlaqo bexabar va mustaqil ravishda, 1947-yilda AQSHlik matematik Jon Nesh ham ushbu o‘yinni ixtiro qilgan EMISH. Jon Neshni biz Zulfiya Nazar qalamiga mansub asar asosida suratga olingan "Tafakkur o‘yinlari" (A Beautiful Mind) kinofilmi orqali yaxshi taniymiz. Nobel mukofoti laureati bo‘lmish Jon Nesh filmda yuksak matematik iste'dod egasi va shu bilan birga og‘ir ruhiy xastalik - shizofreniyaga chalingan bemor sifatida gavdalanadi. "Tafakkur o‘yinlari" asarida keltirilishicha, Jon Nesh geks o‘yinini 14×14 kataklisini o‘ylab topgan emish. Nima bo‘lganda ham, bu borada Pit Xeyn birinchi bo‘lgani aniq.

Yangilаndi: 21.11.2018 18:12
 

"Shotland kitobi"

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

"Shotland kitobi"

"Shotland kitobi" - matematiklar uchun mutaxassislikka oid kitoblar ichida o‘ziga xos "muqaddas" kitoblardan biri sanaladi (ko‘chma ma'noda albatta). "Shotland kitobi" - turli qiyinlik darajasidagi matematik masalalardan iborat to‘plam bo‘lib, ulardan aksariyati o‘z yechimini topgan, aksariyati esa, hamon yechimini kutayotgan masalalardir. Qiziqarli va sirli tarixi tufayli ushbu kitob hozirda ham butun jahon bo‘ylab professional va havaskor matematiklarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Eng qizig‘i esa, kitob nomi "Shotland kitobi" bo‘lishiga qaramasdan, uning Shotlandiyaga ham, shotland millatiga ham umuman aloqasi yo‘q...

Yangilаndi: 05.12.2018 16:51
 

Astronomik arqon tortish koeffitsienti...

E-mail Chop etish

Astronomik arqon tortish koeffitsienti...

Astronomiyaga oid kitoblarda Quyosh tizimidagi sayyoralar haqida imkon qadar batafsil ma'lumot keltirishga qaratilgan turli jadvallar albatta mavjud bo‘ladi. Bunday jadvallardagi asosiy ma'lumotlar - sayyoraning o‘lchamlari, massasi, uning Quyoshdan uzoqligi, tabiiy yo‘ldoshlari soni, Quyosh atrofini aylanib chiqish davri, o‘z o‘qi atrofini aylanib chiqish davri, albedo, zichlik va ho kazo shu kabi tafsilotlardan iborat bo‘ladi.

To‘g‘risi, menga bunday jadvallar va ayniqsa ularda keltirilgan raqamlar juda yoqadi. Har safar yangi bir astronomiya kitobini qo‘limga olganimda, biror yangi qiziq ma'lumot chiqib qolar degan umid bilan, zudlik bilan shunday jadvallarni izlay boshlayman. Ba'zan haqiqatan ham avvalgi jadvallardan uchramagan, mutlaqo yangi ma'lumotlarga duch kelaman. Masalan, yaqindagina sayyoralar sirtidagi harorat, atmosfera bosimi, orbital tezliklari singari yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan ajoyib jadval qo‘limga tushib qoldi. Biroq, nimagadir menda baribir yana va yana yangi ma'lumotlar olishga ishtiyoq uyg‘onaveradi va avval bilgan ma'lumotlarimga yana duch kelsam, tezda zerikib qolaman...

Yangilаndi: 05.12.2018 16:58
 

Stetoskop

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Stetoskop

Odam tanasidagi turli tovushlarni - o‘pkada nafas kirib-chiqishi, yoki, yurak qorinchalarida qon harakatlanishi tovushini eshitish orqali tashxis qo‘yish tibbiyotda ancha qadimgi usullardan biridir. Lekin avvallari vrachlar tanadagi tovushlarga ko‘ra tashxis qo‘yish uchun bemor tanasiga quloqlarini bosib eshitishlari kerak bo‘lardi. Bu birinchida gigienik nuqtai nazardan yoqimsiz bo‘lsa, qolaversa, ma'naviy-axloqiy qoidalarga ham biroz raxna solardi. Axir doktorlar odatda erkak kishilar bo‘lishgan va bu ayol bemorlar tanasini eshitib ko‘rishda yumshoq qilib aytganda "noqulayliklar"ga sabab bo‘lgan. Qolaversa, bevosita quloqning o‘zi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitib qo‘yilgan tashxislar har doim ham aniq bo‘lmagan. Chunki bunda tashqi shovqinlardan, xalaqitlardan himoyalanish deyarli imkonsiz bo‘lgan. Vaziyat XIX-asrning 10-yillarigacha shunday davom etdi. Vrachlar bemor tanasini eshitish uchun qandaydir mukammalroq va gigienik xavfsiz vositaga muhtoj edilar.

Yangilаndi: 05.12.2018 17:01
 


Maqolaning 10 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 811
O'qilgan sahifalar soni : 4545731

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!