Voyajer-2 ham Quyosh sistemasini tark etdi
NASA tomonidan olis 1977-yilda Koinotga uchirilgan Voyajer-2 avtomat kosmik stansiyasi ham Quyosh sistemasini tark etdi. Bu haqida Amerika geofizika ittifoqining Vashingtonda boʻlib oʻtgan yigʻilishida rasman eʼlon qilingani haqida BBC-Science xabar tarqatgan. Shuningdek, mazkur maʼlumotni, NASA tomonidan Voyajer-2 missisyasining masʼul ilmiy xodimi, professor Edvard Stoun ham tasdiqlagan.
Shunday qilib, Voyajer-2 geliosferani tark etgan ikkinchi sunʼiy obyektga aylandi. Bundan avval, 2013-yilda uning egizagi – Voyajer-1 ham Quyosh tizimini tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketgan edi.