Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Rind papirusi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Rind papirusi

Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma'lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus - yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish» amalini ushbu papirusda bir juft oyoq ko‘rinishida belgilangan. Oyoqlar qo‘shilayotgan qiymatga qarab turgan tarzda chizilgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:16
 

Xoll effekti

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Xoll effekti

1879-yilda amerikalik fizik Edvin Xoll qiziq bir fizik tajriba o‘tkazdi. U yupqa to‘rtburchak oltin plastinani kuchli magnit maydoniga, ushbu magnit maydoni tekisligiga perpendikulyar tarzda joylashtirdi. Keling, x va x’ o‘sha tilla to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomonini ifodalasin; y va y‘ esa qolgan yana ikkita qarama-qarshi tomoni bo‘lsin. Olim tilla to‘rtburchakning x va x’ tomonlariga batareykaning qutblarini uladi va tok x yo‘nalishda oqishni boshladi. Shunda Xoll hayrat bilan shuni kuzatdiki, y va y’ tomonlar orasida ham muayyan elektr kuchlanishi yuzaga keldi. Ushbu kuchlanish esa, tokning zichligi va magnit maydoni qiymati Bz ning ko‘paytmasiga proporsional ekan. Ko‘p yillar mobaynida, Xoll effektidan amaliy foydalanish sohasini topish qiyin bo‘ldi. Chunki, bunda hosil bo‘layotgan kuchlanish qiymati juda past edi. Lekin, ushbu effekt, XX-asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘ylab son-sanoqsiz sondagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlanmalarida anchayin foydali manba sifatida qo‘llanildi. Aytish joizki, Xoll tomonidan bunday past kuchlanishni kashf qilishi, elektron kashf qilinishidan naq 18-yil avvalroq sodir bo‘lgan edi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:20
 

Moddaning agregat holatlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Moddaning agregat holatlari

Modda oddiy sharoitda qattiq, suyuq, yoki, gaz holatida bo‘lishi mumkin, shuningdek, moddaning plazma holati ham mavjud.

Har qanday narsa molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, uning fizik xossalari, o‘sha molekulalarning o‘zaro qanday ta'sirlashayotgani, hamda, qanday tartibda joylashgani bilan bog‘liq. Kundalik turmushda, ya'ni, oddiy sharoitlarda biz moddalarning uch xil agregat holatini, ya'ni, qattiq, suyuq, va gaz holatlarini kuzatamiz.

Gaz o‘zi egallagan hajmni to‘liq to‘ldirmaguncha kengayaveradi. Agar biz gaz moddaga molekulyar miqyosda nazar solsak, unda har yoqqa betartib harakatlanib, ora-sirada o‘zaro to‘qnashib ham turgan ko‘p sonli molekulalarni ko‘ramiz. Lekin bu molekulalar bir-biri bilan deyarli ta'sirlashmaydi. Agar hajmni kichraytirilsa, yoki, kattalashtirilsa, molekulalar yangi hajm ichida ham bir me'yorda, ravon tarqaladi. Gazlarning harorati va bosimi singari makroskopik xususiyatlari bilan uning molekulyar xossalari o‘rtasidagi aloqadorlikni molekulyar-kinetik nazariya o‘rganadi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:22
 

Seni qutlayman, notanish!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Seni qutlayman, notanish!

Hamma joyda bo‘lgani singari, ilm-fanda ham moda ketidan quvish degan narsa mavjud. Agar siz biror ilmiy yangilikka qo‘l urib, ko‘pchilik uchun kutilmagan, noodatiy va eng muhimi - muvaffaqiyatli tajribani uddalasangiz, siz hali fikringizni jamlab olishingizdan avval sizga taqlid qilib, muvaffaqiyatingizni o‘z nomi ostida takrorlashni istovchi bir gala odamlar paydo bo‘ladi.

Ilm-fandagi bunday misollar talaygina. Xususan, 1898-yilda Uilyam Ramzay va Moris Uilyam Travers tomonidan kashf qilingan ksenon elementini olish mumkin. U tegishli bo‘lgan kimyoviy element guruhidagi boshqa elementlar singari, ksenon ham suyuq havodan ajratib olingan. Qizig‘i shundaki, havoda ushbu elementning mavjudligini, havo tarkibi qizg‘in tadqiq etilgan o‘sha asr mobaynida hatto taxmin ham qilinmagan edi. Tadqiqotchilar havo tarkibida g‘alati va notanish elementni ko‘rib ozmuncha hayratga tushishmagan o‘shanda. Shuning uchun ham, ksenon nomining o‘zi o‘sha paytdagi kimyogarlarning hayrat va ajablanishi ifodasi o‘laroq dunyoga kelgan. Uning ma'nosi yunon tilidagi notanish, begona va g‘alati ma'nolarini beruvchi xenon so‘zidan kelib chiqqan edi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:52
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 811
O'qilgan sahifalar soni : 4545711

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)