Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kutubxona
Orbita.UZ kutubxonasi

Saytimizda aniq va tabiiy fanlar, texnika, va ilmiy ommabop janrdagi kitoblarning on-layn elektron kutubxona bazasini tashkillashni maqsad qildik. Bu joyda biz asosan, kamyob kitoblar, fanlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘lgan ilmiy-badiiy adabiyotlar va asarlarning elektron variantlarini e'tiboringizga havola qilamiz. Kutubxonamiz saytimiz foydalanuvchilarining bilimlarining ortishiga hissa qo‘sha olsa saytimiz oldiga qo‘ygan maqsadlar yo‘lida demakki to‘g‘ri yo‘ldan borayapmiz...


Agar kitoblarni yuklashda biror muammo kelib chiqsa, bu haqida ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim. ga maktub yo‘llang. Biz Sizga zarur kitobni elektron E-mail manzilingizga albatta yuboramiz...



Koinotning qurilish ashyosi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Koinotning qurilish ashyosi

Kitobda kimyoviy elementlarning tasniflanish tizimi va ularning xossalari haqida qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Muallif muayyan kimyoviy element haqida so‘z yuritarkan, uning turmushda va texnikada ishlatilishi, fizik va kimyoviy xossalari va hatto sanoatda va san'atda qo‘llanishi borasida mukammal ifodali so‘z yuritadi. Matn davomida, davriy jadvaldagi har bir elementga alohida-alohida to‘xtalib, shu bilan birga, elementlarni inson hayoti, texnika va ilm-fan uchun ahamiyatiga qarab, guruhlarga taqsimlagan holda ko‘rib chiqiladi. Bu orqali, nafaqat bizning galaktikamiz, balki, butun Koinotning qurilish materiali hisoblanadigan kimyoviy elementlar haqida kitobxonga sodda, tushunarli va ommabop tilda ma'lumot yetkazishga harakat qilingan.

Kitob uzoq 1974-yilda nashrdan chiqqani va o‘tgan 40 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda, xususan, kimyoda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo‘lganini e'tiborga olib, mavzular zamonaviy kimyo ilmi yutuqlari asosida tarjimon tomonidan baholi qudrat to‘ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:11
 

Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

Kitob muallifning 1959-1965 yillarda nufuzli ilmiy jurnallar uchun yozgan maqolalari asosida chop etilgan bo‘lib, unda insoniyat tarixida dastlabki taqvimlarning paydo bo‘lishi va ularning hozirgi ko‘rinishda qanday yetib kelganligi; o‘lchov birliklari sistemalari, fizika va kimyoga oid ajoyib paradokslar, hamda, matematika va astronomiyaga oid qiziqarli hikoyalar keltirilgan. Quruq faktlarning ajoyib fantaziyalar bilan bog‘lab tushuntirilishi, tabiatdan va kundalik turmushdan qoyilmaqom misollar keltirilishi sizni muallifning nechog‘lik bilimdon va ajoyib yozuvchi bo‘lganiga lol qoldiradi. Hikoyalar kishini maftun qilar darajada sodda va shu bilan birga, mukammal yozilgan. o‘qigan vaqtingizga achinmaysiz.

Kitobning asl talqini 17 ta katta maqolalarni o‘z ichiga olgan. Lekin, ulardan ikkitasi o‘ziga xos sabablarga ko‘ra, o‘zbek tiliga o‘girilmadi va ushbu kitobdan o‘rin olmadi. Shuningdek, kitob uzoq 1965-yilda yozilgani va o‘tgan 50 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo‘lganini e'tiborga olib, tarjimon tomonidan muallifning ayrim hikoyalari zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida to‘ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:28
 

Fizika kursi (M.Ismoilov)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 27
Juda yomon!A'lo! 

Fizika kursi

Muallif: M.Ismoilov, P. Habibullayev, M Xaliulin

Tematik yo'nalishi: Fizika, Nazariy fizika

Tarixi: Toshkent, "O'zbekiston" nashriyoti, 2000-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, skanerlangan.

Grafikasi: O'zbek tili kirill alifbosida.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:54
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz kutubxonasidan:

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 798
O'qilgan sahifalar soni : 4101895

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis