Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo‘yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko‘rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko‘rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o‘sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo‘sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o‘rtaga tashlanadi.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:23
 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi. Sirkada ritmlarining molekulyar mexanizmlarini kashf qilgan olimlar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.

Yerdagi hayot sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida ayanishi jarayoniga qat'iy moslashgan. Ilm-fanda ko‘p yillardan beri ma'lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar, shu jumladan odam ham, kundalik muntazam ritmga moslashgan ichki biologik soatlarga egadir. Ushbu biologik soat, tirik organizmning kun va tun almashinishi natijasida yuz beradigan tashqi omillarga tayyorlanishi va moslashishini nazorat qiladi. Biologik soat ilm-fanda ancha yillardan buyon ma'lum mexanizm bo‘lsa-da, lekin olimlar uning qanday ishlashini aniqlashganiga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ushbu, 2017-yilgi Fiziologiya va Tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olimlar uchligi - Jeffri Xoll, Maykl Rosbash hamda, Maykl Yung aynan ushbu biologik soatlarning ishlash mexanizmini kashf qilishganliklari uchun oliy ilmiy mukofotga loyiq ko‘rildilar. Ularning ilmiy ishlari silsilasi - o‘simliklar, hayvonlar, hamda odam organizmning biologik ritmlari qay tarzda Yerdagi kun va tun almashinishi jarayonlari bilan sinxronlanishini mohiyatini ochib beradi.

Yangilаndi: 30.11.2018 17:41
 

Kompton effekti

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Kompton effekti

Tasavvur qiling, siz aks-sado qaytadigan joyda qattiq qichqirdingiz. Albatta, sizning tovushingiz o‘zingizga bir necha martadan qayta-qayta eshitiladi va u siz qanday qichqirgan bo‘lsangiz, o‘sha tovush chastotasida qaytadi. Tovushingiz hech qachon bir oktava past bo‘lib qaytmaydi. Ammo lekin, rentgen to‘lqinlari borasida bunday deyishning iloji yo‘q. 1923-yilda fizik olim Artur Kompton (1892-1962) rentgen nurlarining elektronlarga tushishi natijasidagi tarqoq nurlanishlarning chastotasi va energiyasi pastroq bo‘lishini ko‘rsatib bergan. Bu ko‘pchilik olimlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Chunki, elektromagnit nurlanishlarning klassik to‘lqin nazariyasida bunday effekt ko‘zda tutilmagan edi.

Yangilаndi: 30.11.2018 17:57
 

Gugol

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Gugol

Siz internetda biror narsani qidirish asnosida, albatta Google qidiruv tizimiga duch kelgansiz. "Google", ya'ni, gugl atamasi aslida "gugol" so‘zining buzib aytilishidan kelib chiqqan. Gugol so‘zining o‘zi esa 1 dan keyin ketma-ket yuzta nol bilan yoziladigan sonning nomidir. Tasavvur qilish uchun, 1 dan keyin atiga bitta nol kelsa, ya'ni, raqam "10" shaklida yozilsa, bu so‘n "o‘n" deyiladi. Birdan keyingi uchta nol - mingni, oltita nol - millionni, to‘qqiztasi esa, milliardni anglatadi. Endi, tasavvur qiling, birdan keyin yuzta nol kelsa! Bu sonni, ya'ni, gugolni raqamlar bilan yozib ifodalash ham qiyin. Axir nollar sonida adashib ketish ham hech gap emas Смешно.

Yangilаndi: 30.11.2018 17:58
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 29 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 837
O'qilgan sahifalar soni : 5501475

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)