Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Mukammal sonlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Mukammal sonlar

Mukammal son deb, o‘zining bo‘luvchilari yig‘indisiga teng bo‘lgan natural songa aytiladi. Masalan, eng kichik mukammal son bu - 6 sonidir. Chunki u, o‘zining bo‘luvchilari yig‘indisiga teng: 6=3+2+1. Ikkinchi mukammal son bu - 28 bo‘ladi. Chunki, u ham o‘z bo‘luvchilarining yig‘indisiga teng: 28=14+7+4+2+1.

Natural sonlar son o‘qida kattalashib borishi yo‘nalishida, mukammal sonlar borgan sari kamayib boradi. Mukammal sonlarning cheksiz ekanligi hali isbotlanmagan. Mukammal sonlar o‘ziga xos ketma-ketlik yuzaga keltiradi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:42
 

Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari

Yuza orqali o‘tayotgan magnit oqimining o‘zgarishi, ushbu yuzani chegaralab turgan kontur bo‘ylab elektr maydoni hosil bo‘lishiga olib keladi.

Elektr maydoni intensivligi magnit oqimining o‘zgarish tezligiga bog‘liq.

XIX-asr boshlarida elektr toki magnit maydonini yuzaga keltirishi aniqlangach, olimlar aynan shu hodisa teskarisiga ham bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ya'ni, magnit maydoni ham qandaydir tarzda, elektr toki yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi kerak edi. Bunday taxminni ilgari surgan va uni tekshirishga jiddiy kirishgan olimlardan biri - Mayk Faradey bo‘lgan. Olimning yon daftarchasidagi 1822-yilga taalluqli yozuvda u o‘zi uchun "magnetizmni elektr tokiga aylantirish" vazifasini qo‘yganligi qayd etilgan. U o‘zi uchun belgilab olgan mazkur vazifani uddalashiga deyarli o‘n yil sarfladi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:44
 

Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

XIX-asrning ikkinchi yarmida astronomlar sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlarining aniq sonini bilib bo‘ldik degan fikrga kelib bo‘lgan edilar. Ya'ni, Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi - Oy bo‘lib, Merkuriy, Venera va Marsning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q deb hisoblanardi. Yupiterda to‘rtta, Saturnda esa sakkizta tabiiy yo‘ldosh mavjud degan ishonch hattoki fizika darsliklarida ta'kid bilan keltirilardi. E'tibor bering: Yerda 1 ta, Yupiterda 4 ta, Saturnda esa 8 ta. Agar, Yer va Yupiter orasidagi sayyora - Marsda ham 2 ta yo‘ldosh bo‘lganida, sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlari soni, ularning Quyoshdan uzoqlashish tartibi bo‘yicha geometrik progressiyani hosil qilgan bo‘lardi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:45
 

Oltingugurt - sariq element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Oltingugurt - sariq element

16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur"ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. o‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "oltin" va forscha "gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "yonish", "olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:49
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 28 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 817
O'qilgan sahifalar soni : 4681137

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)