Yelkan va kema
Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, dengizga chiqishga jur'at etgan zamonlardayoq paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog‘ochlarga mahkamlab bog‘langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo‘lda tutib turishga va shamol yo‘nalishiga muvofiq burib - sozlab borishga to‘g‘ri kelgan. Odamlar yelkanlarni mahkamlash uchun machta va to‘sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma'lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog‘ochdan ishlangan kema machtasi va to‘sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag‘anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko‘tarib, tushirishga mo‘ljallangan moslamalarni ko‘rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo‘lishini ham juda qadim zamonlarga bog‘lash o‘rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.