Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Suyuq kristalli displey

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Suyuq kristalli displey

1960-yillarda paydo bo‘lgan Suyuq Kristalli Displeylar (SKD yoki, LCD –liquid-crystal display) haqiqiy texnik inqilobni amalga oshirdi. Aynan ular tufayli hozirda, maishiy xizmatimizda tasvirning o‘ta sifatli va tiniq ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan tekis ekranli televizorlar,  kompyuter monitorlari, va boshqa ko‘plab texnikalarga ega bo‘ldik. Bunday ekranlar keng miqiyosli va energiya tejamkorligi bilan ham benazirdir.

.

1888-yilda Avstriyalik olim Fridrix Reynitser (1857-1927) murakkab efirlardan biri – xolesterilbenzonatning erish haroratini aniqlash uchun laboratoriya tajribalari olib borar edi. Uning hayratlanishiga sabab bo‘lib, bu murakkab modda ikki xil erish harorati nuqtasini namoyon etdi. Xolesterilbenzonat 145.5 °C da loyqa va xira suyuqlikka aylanar edi, 178.5 °C da esa u yana qaytadan shaffof va tiniq xususiyat kasb etardi.

O‘z tajribalarining natijalaridan jiddiy hayratlangan olim, muammo haqida nemis fizigi Otto Lemanni (1855-1922) voqif qiladi. O‘sha vaqtlarda fanga moddaning faqat uch xil faza holati ma’lum bo‘lib, u qattiq, suyuq va gaz bo‘lishi mumkin xolos degan tushuncha humkron edi. Lemann mazkur qiziqarli jumboqni tadqiq qilib, Xolesterilbenzonatning loyqalangan ko‘rinishdagi xira suyuqlik holati to‘rtinchi faza bo‘lishi kerak degan xulosaga keldi. Bu fazani olim «Suyuq kristall holati» deb atadi.Hozirgi davrda fanga minglab shunday fazaga ega moddalar ma’lum.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:37
 

Kimyoviy qurollar haqida...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy qurollar haqida...

Sevimli adibimiz G‘ofur G‘ulomning «Shum bola» asari asosida suratga olingan shu nomli filmni barchamiz ko‘rganmiz. Undagi qahramonlar tilidan aytilgan ko‘plab dialoglar jamiyatda qanotli iboralar tarzida keng tarqalgan. Masalan, «Birinchi zarbda tizzalarigacha...» deydigan Hojibobo, yoki, «Innankeyinchi?» deb xit qilib yuboradigan Boy ota. Bularni eslab, odamni yuziga tabassum yuguradi. Lekin men, o‘sha kinofilmdagi boshqa bir epizodga e'tiboringizni qaratmoqchiman.

Choyxonada bir guruh odamlar ichida, bir ziyoli kishi ovoz chiqarib gazeta o‘qiydi:

«G‘arbiy Ovro‘po muhoraba maydonidagi jangu jadal, Olmoniya uchun tahlikali tusga kirmoqda. Verdon yaqinidagi jangu jadal...»

Gap nima haqida ketayotganligini darhol angalagandirsiz?

Yangilаndi: 12.12.2017 16:54
 

Linza va ko‘zoynak

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Linza va ko‘zoynak

Ko‘zoynakning ixtiro qilinish tarixini bayon etishdan avval, linzaning nima ekanligini va uning nima uchun ko‘zdagi ko‘rish bilan bog‘liq nuqsonlarni bartaraf etish uchun qo‘llanishi haqida suhbatlashsak.

Linza deb odatda, sferik yuzali shaffof optik asboblarni atashadi. Linzalarning aksariyatida har ikki taraf sferik bo‘lib, lekin, bir taraflama sferik, ikkinchisi esa tekis bo‘lgan linzalar ham uchraydi. Linzaning bizga ma'lum eng yaxshi xususiyatlaridan biri, uning tushayotgan nurlarni ma'lum yo‘nalishda o‘zgartirishi hisoblanadi. Nima sababdan bunday bo‘ladi?

Odamlar qadim zamonlardayoq yorug‘likning bir muhitdan boshqasiga o‘tishida, (masalan, havodan suvga yoki, shishaga) o‘z yo‘nalishini o‘zgartirayotganligini, boshqacha aytganda esa, sinayotganligini sezishgan. Masalan, qalamni stakandagi suvga botirsak, uning yon tomondan qaraganda xuddi sinib qolgandek ko‘rinishini hammamiz maktab fizika kursidan yaxshi bilamiz. Bunda yorug‘likning stakandagi suv va havo chegaralaridagi sinishi tufayli, ko‘zimizga shunday illyuziya namoyon bo‘ladi.

Yangilаndi: 27.04.2019 15:07
 

Mikrometr

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Mikrometr

Mikrometr yordamida eng kichik miqdorlardagi olchamlari ham yuqori aniqlikda qayd etish mumkin.

Mikrometr turli buyumlar, konstruktsion detallar va muhandislik olchovlari uchun qollaniladigan, ota katta aniqlikka ega uzunlik olchash asbobi. Uning asosiy qismlari: qozgalmas oqqa ornatilgan vint olchanayotgan buyumni qisib olish va ushlab turish uchun; nonius boyicha shkalalar chizilgan dastak. Buymni imkon qadar qamrab olish uchun xrapli mexanizm kozda tutilgan. Bazan astronomlar ham oz teleskoplarini shunday mikrometrlardan biriga nisbatan sozlab olishadi va undan yulduzlararo masofani olchashda foydalanishadi.

Yangilаndi: 21.08.2013 07:46
 


Maqolaning 25 sahifasi, jami 28 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 823
O'qilgan sahifalar soni : 4817373

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!