Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

HAFTANING QAYSI KUNI?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

HAFTANING QAYSI KUNI?

Ishonchim komilki, xuddi men kabi Siz ham, ancha avval bo‘lib o‘tgan biror voqeaning haftaning qaysi kunida bo‘lgani eslashingizga, yoki, kutilayotgan kunning haftaning qaysi kuniga to'g'ri kelishi haqida hisob-kitob qilishingizga ko‘p marta to'g'ri kelgan. Masalan, tug‘ilgan kuningiz haftaning qaysi kunida bo‘lganini, yoki, kelasi yilgi Navro‘z bayrami haftaning qaysi kunida bo‘lishi bilan qiziqqan bo‘lsangiz kerak. Aksariyat hollarda, biror bir bayram kunining haftaning qaysi kunida bo‘lishini bilish, dam olish kunlarining taqsimotini tasarruf qilish uchun qiziqish uyg‘otadi. Bunday hollarda, odatda, uyali telefon apparati ilovasidagi, yoki, devorga ilingan yil taqvimigatezkorlik bilan ko‘z yugurtiriladi. Bu albatta oson usul.

Lekin siz qidirgan sana bir necha yil avvalgi bo‘lsachi? (masalan, o‘zingiz dunyoga kelgan kun). O‘sha yilga taalluqli taqvimni topishingiz mushkul. Keyingi yillarning taqvimi ham qo‘l ostingizda bo‘lmasa, kelajak sanalarning hafta kunini ham aniqlashingiz mushkul bo‘lib qoladi. Bunday hollarda bizga - matematika yordamga keladi!

Biz foydalanayotgan joriy taqvimning o‘ziga xosliklarini bilgan holda, istalgan yilning istalgan sanasi uchun haftaning qaysi kuni bo‘lishini oddiy arifmetika orqali hisoblab topish mumkin.

Dastavval shuni ta'kidlaymizki, dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham rasman foydalaniladigan taqvim - Grigorian taqvimidagi oddiy yil - 365 kundan iborat. Biroq, bir kecha kunduz (sutka) aslida biz qabul qilganimizdek to‘liq 24 soat emas. Ya'ni, taqvim sutkasi, haqiqiy tabiiy sutka - Yerning o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqtdan 3 daqiqa va 56.5 soniya qisqa. Mazkur ≈4 daqiqa kundalik «ortiqcha» vaqt yig‘ilib borib, uch yilda 1440 daqiqaga yetib qoladi. Bu esa to‘liq bir kunni tashkil etadi. Shu tufayli, har 4 yilda bir marta kabisa yili keladi va o‘sha yig‘ilib qolgan ortiqcha daqiqalardan iborat bir kun, fevral oyining oxirgi - 29 sanasi qilib belgilanadi. Bu orqali, amaliy taqvimni tabiiy taqvim bilan muofiqlashtiriladi.

Yangilаndi: 17.03.2018 14:33
 

Oy

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Oy

Oy odamlarni qadimdanoq o‘ziga jalb qilib kelgan va munajjimlarning doimiy kuzatuvida bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asrda yunon olimi Gipparx Oy orbitasining ekliptikaga nisbatan og‘ishini aniqlagan. Gipparx kuzatuvlari asosida Klavdiy Ptolomey «Almagest»da qayta ko‘rib chiqilgan va rivojlantirilgan. Teleskop kashf etilganidan keyin, 1651-yilda Jovanni Richiolli tarixda birinchi marta Oy xaritasini tuzdi. Aynan Richiolli Oydagi yirik qoramtir joylarni birinchi bo‘lib «Dengizlar» deb atagan shundan buyon oydagi botiqliklar va yirik kraterlar Oy dengizlari deb ataladi. Richiolli bunday fikrga kelishiga sabab, u Oyning qoramtir rangda ko‘ringan chuqurliklarini suv bilan to‘la dengizlar, yorqin qismlarini esa, quruqliklar deb o‘ylagan. Lekin Xorvatiyalik astronom Rujer Boshkovich Oy atmosferasi mavjud emasligini isbotlab berdi. Bunday holatda esa oyda suv mavjud bo‘lishi nazariy jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Lekin baribir, Richiollining an'anasi yashovchan bo‘lib chiqdi. Richiollining o‘zi Oydagi «dengiz»larga buyuk olimlarning nomini berish an'anasini ham boshlab bergan.

Yangilаndi: 18.08.2018 12:08
 

Interferensiya hodisasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Interferensiya

 

Qadimgilar yorug‘likning tabiatini kuzata turib, o‘zaro tutashayotgan ikkita yorug‘lik nuri, kesishgach, yana o‘z yo‘lida hech narsa bo‘lmagandek davom etib ketaveradi degan fikrda bo‘lishgan. Bunday qarashlar asosida yorug‘likning nomoddiyligi va jism xossalariga ega emasligi haqidagi fikr mustahkamlangan. Aslida-chi, qanday edi?

Nyuton eng birinchi bo‘lib yorug‘lik nurlarining o‘zaro ta’siri, yoki optika tilida aytganda yorug‘lik interferensiyasi bo‘yicha tajribalar o‘tkazgan edi. U tirqishdan o‘tayotgan yorug‘lik spektridagi turli rangdagi (ya’ni turli to‘lqin uzunligidagi nurlarni) linza orqali yoyilganda va qayta yig‘ilganda, ularning o‘zaro ta’sirlashayotganligini aniq ravshan ko‘rgan. Tirqishdan oq nur o‘tkazilganda, undan keyin rangdor va kamalakli halqalar paydo bo‘lgan. Agar tirqish orqali ranglarda biri o‘tkazilsa, undan keyingi holatda, qora va rangli halqalar o‘rin almashinish tartibida paydo bo‘lar edi. Ammo Nyuton nima sababdandir, o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda, bu tadqiqotni oxirigacha yetkazmadi.  Fikrimizcha, bu hodisani Nyuton o‘zi tushuna olmagan qandaydir noma’lum fizik hodisalar bilan bog‘lab, ularni tadqiq etish uchun qo‘shimcha tadqiqotlarni olib borish zarur deb bilgan.

Nyuton qo‘yib ketgan mumtoz optika tamal toshi asosida, mazkur fizik hodisaning to‘liq modelini qurgan haqiqiy buyuk tadqiqotchilar XIX asrda paydo bo‘ldi. Ulardan birinchisi Tomas Yung (1773-1829) edi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:56
 

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

 

Ehtimolki, kitob bosish g‘oyasi muhrlar orqali vujudga kelgandir. VII-VIII asrlardayoq, yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan. Ko‘p marta takrorlanadigan shakllarni bosish uchun, maxsus muhrlardan foydalanishgan. O‘rta asrlarda xattotlar, nusxa ko‘chiruvchi va kotiblar o‘z ism shariflari yoki, muallif ism sharifini yozish uchun ham muhrdan foydalanishgan. Shuningdek, o‘rta asrlarga doir qo‘lyozmalarning ko‘pchiligida matn satri boshidagi birinchi asosiy harf jimjimador ko‘rinishda, maxsus muhrlangan tarzda namoyon bo‘ladi. Buning sababi oddiy - agar matnni nisbatan tez yozish imkonli bo‘lgan bo‘lsa ham, ramzlar va turli shakldagi ifodalardan iborat bo‘lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga ko‘p vaqt ketgan. Shuning uchun, bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan muhrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa xattot va nusxa ko‘chiruvchilarga qulay bo‘lgan. Katta hajmli qo‘lyozmalarni ko‘chirishda eng ko‘p uchraydigan so‘zlar, va tasvirlarni qayta qayta yozish o‘rniga, muhr yordamida osongina bosib ketish, ham vaqtni tejardi, ham, sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa, o‘yin qartalari va arzon-garov tasviriy ishlanmalar (masalan, ommabop va savdosi chaqqon bo‘lgan, ikonalar), shuningdek, xaritalarni tayyorlashda ko‘proq qo‘llanilgan. Bunday gravyurlar avvaliga faqat tasvirdan iborat bo‘lgan. Keyinroq esa, bir necha satr matn ham qo‘shib bosila boshlangan. Gravyura bosishdan kitob bosishga o‘tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo‘lgan: avvaliga taxta yoki metall doskalarga tasvirni o‘yib tushirib, u orqali qog‘oz yoki matoga tasvirni bosib chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo‘lda yozib chiqlgan. Keyinroq, doskaning o‘zida matnni teskari tartibda o‘yib yozib, uni ham tasvir bilan birvarakayiga bosishga o‘tishgan. Shu tahlit ish, doskada matnning o‘zini, bezak va tasvirlarsiz teskari tartibda o‘yib ishlash va uni qog‘ozga yoki, matoga bosishga yetib kelgan.

Yangilаndi: 17.04.2018 08:21
 


Maqolaning 24 sahifasi, jami 28 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 830
O'qilgan sahifalar soni : 4997429

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov