Orbita . U Z

Imkon qadar uyda qoling!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Tekin tushlik

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Tekin tushlik

10 nafar o‘smirlar, o‘rta maktabni bitirganliklari munosabati bilan, restoranda do‘stona bayram tushligini uyushtirishdi. Barcha yig‘ilib, birinchi taom dasturxonga tortilganida, yigitchalar bayram stoliga qanday tartibda o‘tirish haqida bahslashib qolishdi. Ulardan biri bo‘yma-bo‘y o‘tirishni taklif qilsa, ikkinchisi familiya bo‘yicha, alifbo tartibida, yana biri esa tug‘ilgan kuni raqamiga qarabo‘tiraylik der edi. Bunday davralarda qiziqqonroq o‘smir yigitchalar mushtlashib ketishi ham cho‘rt emas. Bahs cho‘zilgandan cho‘zilib, dasturxonga tortilgan sho‘rva sovib ulguribdi, lekin hech kim hali hamon stolga o‘tirmas emish. Kuzatib turgan ziyrak ofitsiant vaziyatga aralashishga majbur bo‘libdi.

- Hurmatli yosh xo‘randalar, - deb ularga ehtirom bilan murojaat qilibdi ofitsiant, - buguncha bayram dasturxoniga tasodifiy tartibda o‘tiraveringlar va meni so‘zlarimni tinglanglar...

o‘smirlar tasodifiy tartibda stullarga o‘tirishibdi va ofitsiantga quloq tutishibdi.

Yangilаndi: 27.12.2018 14:02
 

Eko-Muvozanat va qiziqarli matematika

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Eko-Muvozanat va qiziqarli matematika

Erta bahorda unib chiqqan momaqaymoq o‘simligi va gulini barchamiz ko‘rganmiz. Uning parashyutchalarini puflab uchirib ko‘rmagan inson ham kam bo‘lsa kerak. Hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz: anao‘sha siz puflab uchirib yuborgan momaqaymoq parashyutchalariningsoni nechta bo‘lar ekan? Ulardan har biri, uchib borib tushgan yeridan unib chiqib, keyingi yili yana bir momaqaymoq o‘simligiga aylansa, siz puflagan bitta momaqaymoqdan unib chiqqan keyingi avlodning soni qancha bo‘lar edi? Bitta momaqaymoq boshchasidagi parashyutchalar sonini sanash - zerikarli ishdir balki. Lekin natija shunchalik qiziqki, sabr bilan ularni sanab chiqsa arziydi.

Keling shu masalani matematika yordamida yechishga urinib ko‘ramiz.

Bitta momaqaymoq boshchasida kamida 100 ta urug‘ bo‘lar ekan. Ba'zilarida bu son 200 dan ham ortishi mumkin. Biz masalamiz uchun, standart taqribiy qiymat 100 ni olaqolamiz.

Yangilаndi: 27.12.2018 14:04
 

Domna pechi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 45
Juda yomon!A'lo! 

Domna pechi

Ko‘p asrlar davomida odamlar temirga ishlov berishda qadimiy va sodda uskuna - loydan yasalgan pechlardan foydalanib kelishgan. Yer sirtida hali-beri oson eriydigan temir rudalari mavjud ekan, bu usul temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlarini to‘la qanoatlantirar edi. Biroq, o‘rta asrlarga kelib, odamzot yer sirtidagi oson eriydigan temir konlarini o‘zlashtirib, deyarli tamomlab bo‘ldi. qolaversa, metallarga, ayniqsa temirga bo‘lgan talab borgan sari ortib bordi. Metallurgiyada asosan qiyin o‘zlashtiriladigan va eriydigan temir rudalaridan foydalanishga to‘g‘ri kela boshladi. Bunday rudalardan temir ajratib olish uchun oddiy temirchilik pechlarida hosil qilinishi mumkin bo‘lgan haroratdan ancha balandroq harorat talab qilingan. Ya'ni, bunday rudalar uchun erish harorat ancha yuqori bo‘lishi zarur edi. o‘sha vaqtlarda haroratni oshirishni faqat ikki xil usulini bilishar edi: 1) Pech balandligini orttirish orqali; 2) havo haydashni ko‘paytirish orqali. Temirchi ustalar asta sekinlik bilan mazkur ikki usulni birlashtirib, ancha yuqori haroratlarga erishish va bu orqali, temirni yangicha qayta ishlash imkonini beruvchi pechlarni ixtiro qildilar. Bunday pechlar metallurgiya tarixida "shtukofen" pechi nomi bilan ancha mashhur bo‘lgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 18:02
 

Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 29
Juda yomon!A'lo! 

Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni

Hozirgi zamon fizikasida termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni, ikkinchi tur abadiy dvigatelning, ya'ni issiqlikni butunlay ishga aylantirib, davriy ishlaydigan dvigatelning yasash imkonsizligini uqtiradi. Keling, ushbu qonunning ochilishi tarixi va u tufayli insoniyat erishgan boshqa ilmiy-texnik yutuqlar haqida gaplashamiz.

Ingliz Gemfri Devid (1788-1829) 23 yoshidayoq ko‘plab ilmiy va ijtimoiy mukofotlar, hamda, professor darajasiga ega bo‘ldi. Undan tashqari uni qirollikning eng oliy e'tiroflaridan bir - "ser" unvoni bilan sharaflashdi va London qirollik ilmiy jamiyatining prezidenti etib saylandi. o‘zining qisqa umri davomida ko‘plab muvaffaqiyatli tadqiqot va tajribalar o‘tkazdi. XIX asr boshlarida Devi noldan past haroratda muzni eritishga muvaffaq bo‘ladi. Keyinroq uning tajribalarini rus olimi Petrov takrorladi. Harbiy amaliyotchi Benjamin Tompson (1753-1814) AQSH mustaqilligi uchun bo‘lgan urushdan qaytib, Bavariyada graf Rumford unvoni bilan taqdirlandi. U 1798-yili zambarak quvurlarini tayyorlash bo‘yicha o‘zining‘ tajribalari bayon qilingan risolani chop ettirdi. Uning tajribalarida, slindr shaklida quyilgan metallni o‘rtasini burg‘ulab, zambarak quvuri tayyorlash usullari keltirilgan edi. Uning tajribalaridan birida, zambarak quvuri tayyorlash jarayonida, metallni burg‘ulayotganida, burg‘uning aylanishlari soni daqiqasiga 960 martaga yetganida, slindr harorati 37°C ga yetgani yozilgan. Mazkur qayd bilan tanishgan Gemfri Devi, fanda hukm surib kelayotgan teplorod haqidagi tushuncha Rumfordning ham, o‘zining ham tajribalariga mos kelmasligini fahmladi. Devi, issiqlik paydo bo‘lishi hodisasini tushuntirish, uchun o‘z nazariyasini taklif etdi. Unga ko‘ra, issiqlik bu - jismni tashkil qiluvchi moddalarning tebranma harakati natijasida paydo bo‘lib, Devining fikriga ko‘ra, gazlar va suyuqliklar uchun zarrachalarning harakati nafaqat tebranma, balki aylanma yo‘nalishda ham bo‘lishi kerak edi. Devining bu nazariyasi kinetik issiqlik nazariyasi nomini oldi. Shunga o‘xshash nazariyani Gustav Yung ham ilgari surgan.

Yangilаndi: 27.12.2018 14:14
 


Maqolaning 23 sahifasi, jami 29 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 852
O'qilgan sahifalar soni : 5962622

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)