Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Mikroto‘lqinli pech

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Mikroto‘lqinli pech

Hozirgi kund mikroto‘lqinli pech uy bekalarimizning oshxonadagi yaqin dastyorlaridan birig aylangan. Lekin bunday pechlar ota-bobolarimiz avvaldan ishlatib kelgan an'anaviy pechlardan ko‘r boshqacharoq ishlaydi. An'anaviy pechlar masalliqni, yoki, taomni tashqaridan qizdiradi. Mikroto‘lqinli pech es taomni o‘z nomig ko‘ra, taomg mikroto‘lqinlar vositasid ishlov beradi.

Har qanday modd singari, ovqat v uning masalliqlari ham molekulalardan tashkil topgan bo‘ladi. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarning molekulalari asosan suv v yog‘ molekulalaridan iborat bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pechg joylashtirilgan taomni tashkil qiluvchi molekulalar mikroto‘lqinlar ta'sirid jud tezkor titrash v tebranish jarayonig duchor bo‘ladi. Texnikad bu jarayonni vibratsiy ham deyiladi. Aynan shu vibratsiy natijasid ovqatni tashkil qiluvchi molekulalar bir-birig ishqalanadi. Ishqalanish es qizishg olib keladi. Siz ham sovuqd qo‘llaringizni beixtiyor bir-birig ishqab isitganingiz esingizdami? Mikroto‘lqinli pechg joylangan taom molekulalari ham xuddi shuning singari bir-birig ishqalanib qiziydi. Natijad ovqat isiydi. Eng qizig‘i shundaki, mikroto‘lqinli pechg qo‘yilgan taom isib, qizigani bilan, lekin pech v uning detallari o‘zi umuman isimaydi. Bunday pechning an'anaviy oddiy pechdan farqi ham shunda. Oddiy pechg o‘tin, yoki, ko‘mir yoqsangiz, pechning o‘zi bilan birga. Uning yaqin atrofidagi hamm nars qiziydi. Mikroto‘lqinli pechd es faqat taom qiziydi xolos!

Yangilаndi: 21.11.2018 17:54
 

Titsius-Bode qonuniyati

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Titsius-Bode qonuniyati

Titsius-Bode qonuniyati (shuningdek Bode qonuni nomi bilan ham ma'lum) - sayyoralarning Quyoshdan uzoqlashish tartibi, ya'ni Quyoshgacha bo‘lgan masofalarining (orbitalarning o‘rtacha radiusini) ifodalovchi empirik formula.

Qonuniyat I.D. Titsius tomonidan 1766-yilda taklif etilgan va I.E. Bodening ilmiy ishlari tufayli mashhur bo‘lib ketgan. U quyidagicha keltiriladi: Di=0,3,6,12... ketma-ketlikdagi har bir elementga 4 qo‘shiladi va natijani 10 ga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan qiymat i-sayyora orbitasining o‘rtacha radiusiga teng bo‘ladi. Ya'ni:

Di - ketma-ketlikda, birinchi sondan tashqari, keyingi sonlar geometrik progressiyani tashkil qiladi. Ya'ni,

Yangilаndi: 23.11.2018 13:19
 

Kimyoviy struktura nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy struktura nazariyasi

XIX-asr boshlarida g‘arblik kimyogarlar orasida Devi-Berselius elektrokimyoviy nazariyasi yetakchilik qilardi. Xususan, Berseliusning nazariyasiga ko‘ra, har qanday kimyoviy birikma ikki qismdan iborat bo‘ladi va bu qismlardan biri albatta zaryadlangan, elektrmusbat bo‘lsa, ikkinchisi – elektrmanfiy bo‘ladi deb ishonilgan. Shunga muvofiq, Berselius o‘ziga ma’lum barcha elementlarni qatorlarga taqsimlab chiqqan va unga ko‘ra, kislorod elektrmanfiyligi eng yuqori, kaliy esa elektrmusbatligi eng baland element deb hisoblangan. Olim o‘zining fikricha eng yuqori elektrmanfiylikka ega elementlarni metalloidlar deb atagan va nisbatan elektrmusbatligi baland bo‘lgan elementlarni esa metallar deb atagan.

Biroq, XIX-asrning 30-yillariga kelib, farang kimyogari Jan-Batist Dyuma ushbu, Devi-Berselius nazariyasiga kuchli zarba berdi. U organik birikmalar uchun «turlar nazariyasi» deb nomlangan mutlaqo boshqa bir tasniflashni taklif qilgan edi. Unga muvofiq, murakkab jismning kimyoviy tuzilishini uni tashkil qiluvchi elementlarning tabiati belgilaydi degan g‘oya unchalik to‘g‘ri emas deb ta’kidlanadi va birikmaning kimyoviy xossalarini undagi atomlarning joylashish tartibi hamda, nechog‘lik bir xilligi belgilaydi degan fikr ilgari suriladi.  Lekin Dyumaning bu qarashlari ham tez orada bir qator ziddiyatlarga borib qoldi.

Yangilаndi: 18.02.2019 11:17
 

Rind papirusi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Rind papirusi

Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma'lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus - yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish» amalini ushbu papirusda bir juft oyoq ko‘rinishida belgilangan. Oyoqlar qo‘shilayotgan qiymatga qarab turgan tarzda chizilgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:16
 

Antoni van Levenguk

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Antoni van Levenguk
(1632—1723)

Antoni van Levenguk 1623-yilning 24-oktyabrida Gollandiyaning Delft shahrida, Antonizon van Levenguk hamda, Margaret Bel van den Berch oilasida tug‘ilgan. Uning bolalik yillari qiyinchilikda kechgan. U 6 yoshidayoq otasidan ayrilgan. Shu sababli, ishlab, oilasiga moddiy yordam berish uchun, bolalik paytidanoq u mahalliy hunarmandlarga xizmat qila boshlagan. Ko‘p o‘tmay, uni movut to‘qiydigan ustaga shogirdlikka berishgan. O‘smir yoshiga yetgan Levenguk allaqachon o‘zi movut va kigiz tayyorlash qo‘lidan keladigan va o‘z mahsulotlari bilan o‘zi savdo qiladigan ustaga aylangan edi. U avvaliga o‘zi kigiz tayyorlab sotib yurib, keyin esa, savdo va hisob-kitob (buxgalteriya) ishlariga uquvi borligini namoyish qildi. Uning o‘zi mustaqil shug‘ullanish orqali egallagan matematik bilimlari, maktabda maxsus o‘qiganlardan qolishmas darajada edi. Uning savdo va hisobchilik qoidalarini puxta bilishi tufayli, Amsterdamlik bir puldor savdogar o‘ziga qarashli savdo markazida moliyaviy ishlarni yuritishni unga ishonib topshiradi. U avvaliga shunchaki, g‘aznachi, keyinroq esa, hisobchi bo‘lib ham ishlagan. Amsterdamda bir muddat ishlagach, Levenguk yana Delftga qaytadi va shahar sudida qo‘riqchi bo‘lib ishga kiradi. Uning vazifasi sud bo‘layotgan paytda tinchlikni ta’minlash bo‘lsa, boshqa payt, sud binosi va mulkini qo‘riqlashdan iborat bo‘lgan.

Yangilаndi: 27.02.2019 16:21
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 108 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10939553

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov