Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Sun'iy radioaktiv izotoplarning olinish usullari va qo‘llanish sohalari

E-mail Chop etish PDF

Sun'iy radioaktiv izotoplarning olinish usullari va qo‘llanish sohalari

Jadvalda sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, hamda, fan-texnikaning turli sohalarida keng miqiyosda qo‘llaniladigan radioaktiv izotoplarning ishlab chiqarish usullari, olinish reaksiyasi va uning asosiy qo‘llanish sohalari haqida ma'lumot keltirilgan.

Uchinchi ustundagi qavs ichidagi birinchi belgi (harf) - bombardimon qilinadigan zarrachani ifodalaydi: p - proton, d - deytron, n - neytron, α - alfa-zarra.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:20
 

Boyl - Mariott qonuni

E-mail Chop etish PDF

Boyl - Mariott qonuni

Buyuk ingliz olimi Robert Boylning tadqiqotlari Kimyo fanining yangi bosqichga ko‘tarilishi va mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos bo‘lib hizmat qildi. U kimyoni alohida fan sifatida ajratib, uning muammolarini, mustaqil maqsad vazifalarini va ularni yechishning alohida, tibbiyotdagidan farq qiluvchi xususiy yo‘nalishlari zarur ekanligini ko‘rsatib berdi. Ko‘p sondagi rang reaksiyalari hamda cho‘kish reaksiyalarini tizimli ravishda tadqiq qilib borib, Boyl analitik kimyoga asos soldi. U endigina yuzaga kelib, tartiblanib borayotgan fizik-kimyo faning dastlabki qonunlaridan birini ochdi va u orqali fan tarixiga o‘z nomini abadiy muhrlab qo‘ydi. Robert Boyl (1627-1691) qirolich Yelizavetta zamonida yashagan omadli va o‘tkir xarakterli amaldor - Korkning birinchi gertsogi Richard Boylning 14 ta farzandi orasidagi o‘n uchinchisi bo‘lgan. Uning otasi ko‘plab yurishlarda ishtirok etib, katta miqdorda yer-mulklar va boyliklar orttirgan edi. Robert Boyl ham otasining yerlaridan biri - Irlandiyadagi Lismor Kasle hududida tug‘ilgan va butun bolaligini o‘sha yerda o‘tkazgan. U o‘z uyida, malakali murabbiylardan nihoyatda yaxshi darajada ta'lim olgan va 8 yoshida Iton universiteti talabasiga aylangan. U yerda to‘rt yil ta'lim olgach, oatsining yangi yer muklaridan yana biri - Stolbridjga yo‘l oladi.

Yangilаndi: 01.12.2018 01:28
 

Yelkan va kema

E-mail Chop etish PDF

Yelkan va kema

Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, dengizga chiqishga jur'at etgan zamonlardayoq paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog‘ochlarga mahkamlab bog‘langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo‘lda tutib turishga va shamol yo‘nalishiga muvofiq burib - sozlab borishga to‘g‘ri kelgan. Odamlar yelkanlarni mahkamlash uchun machta va to‘sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma'lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog‘ochdan ishlangan kema machtasi va to‘sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag‘anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko‘tarib, tushirishga mo‘ljallangan moslamalarni ko‘rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo‘lishini ham juda qadim zamonlarga bog‘lash o‘rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:21
 

Litosfera

E-mail Chop etish PDF

Litosfera

Yerning ichki tuzilishi

Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo‘lib o‘rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro.

Yer qobig‘i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog‘li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o‘zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig‘ini o‘rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog‘ jinslari harorati o‘rtacha har 33 metrda 1 °C ga ko‘tariladi.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:23
 

21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

E-mail Chop etish PDF

21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

Bugun 21-iyul - Insoniyatning tarixda ilk bora yerdan tashqaridagi osmon jismi - Oyga qadam bosgan kuni. 1969- yilning aynan shu kuni, 20:17:39 (UTC) da AQSHning Apollon-11 fazoviy kemasida astronavtlar Nil Armstrong hamda Edvin Oldrindan iborat ekipaj, oy modulini, tabiiy yo‘ldoshning g‘arbiy qismidagi "Sokinlik dengizi" hududida qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi. Astronavtlar oy sirtida 21 soat 36 daqiqa df 21 soniya vaqt davomida bo‘lib, u joyga ilmiy tadqiqot asbob uskunalari hamda AQSH bayrog‘ini o‘rnatish ishlarini amalga oshirdilar. Oyga dastlabki qadamni qo‘ygan inson bu - Nil Armstrong edi. Ushbu tarixiy hodisa 21-iyul 02:56:15 UTCda amalga oshdi. 15 daqiqadan so‘ng oy yuzasiga ikkinchi astronavt Edvin Oldin ham qadam bosdi. Ular 21,55 kg oy tuprog‘idan namuna olib fazoviy stantsiyaga qaytish uchun tayyorlana boshladilar. Bu vaqtda fazoviy kemaning uchuvchisi Maykl Kollins ularni oy orbitasida kutib turdi. Mazkur tarixiy voqea insoniyatning ilm fan va texnika borasidagi eng buyuk muvvafaqiyatlaridan biri sifatida tarixning oltin sahifalaridan joy oldi. ta'kidlash joizki, mazkur fazoviy dastur alsilda ilmiy mohiyatdan ko‘ra siyosiy mafkuraviy maqsadlarni ko‘proq ko‘zlagan edi. Chunki, koinotga ilk parvozni amalga oshirga inson - Yuriy Gagarinning va sobiq ittifoqning muvaffaqiyatlari, kosmik tadqiqotlar borasida AQShni o‘ziga xos "poyga"da ortda qoldirayotgan edi. Shu tufayli mazkur dastur, Apollon-11 va oyga qadam g‘oyasi, prezident Kennedi tomonidan "milliy maqsad" sifatida e'tirof etilgan. Astronavtlar yerga qaytgach, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgan. Quyida ular oy sirtidan olib kelgan fotosuratlardan naminalarni havola etamiz.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:24
 

Fraungofer chiziqlari

E-mail Chop etish PDF

Fraungofer chiziqlari

Yozef Fraungofer 1814-yilda quyosh spektrida yuzlab noma'lim chiziqlarni (yutilish chiziqlari) aniqladi va difraksion panjara yordamida ulardan aksariyatining to‘lqin uzunliklarini o‘lchadi. Nisbatan intensiv chiziqlarni Fraungofer lotin harflari bilan belgiladi. Jadvalda ularning qiymatlari keltriladi.

Yangilаndi: 13.12.2018 17:08
 

Blez Paskal

E-mail Chop etish PDF

Blez Paskal

Paskal qalbida tubsiz uyurma olib yurar edi.

Sh. Bodler

Blez Paskalga Uyg‘onish davri uchun xarakterli bo‘lgan, ammo XVII-asrda deyarli tugab ketgan, ajoyib har tomonlilik mansub edi. Hali tabiiy fanlar (aytaylik fizika va matematika) ning to‘la ajralish vaqti yetmagan, ammo odatda gumanitar va ilmiy-tabiiy mashg‘ulotlar qo‘shib olib borilmas edi.

Tabiatshunoslik tarixiga Paskal buyuk fizik va matematik sifatida matematik analiz, loyihaviy -chizma geometriyasi, ehtimollik nazariyasi, hisoblash texnikasi, gidrostatikaning yaratuvchilaridan biri sifatida kirdi. Fransiya Paskalni ajoyib yozuvchilardan biri deb tan oldi: "Buyuk aqllar Paskaldan buyuk farang tili asridagi
eng yetuk yozuvchi sifatida hayratlanishadi... uning qalami yaratgan har bir satr qimmatbaho tosh kabi ulug‘lanadi" (Jozef Bertran).

Yangilаndi: 17.01.2019 09:43
 

Bronza

E-mail Chop etish PDF

Bronza

Milodgacha bo‘lgan uchinchi ming yillikdayoq insonlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarida metalllardan keng miqyosda foydalana boshladilar. Toshdan yasalgan mehnat qurollaridan metall asboblarga o‘tish jarayoni insoniyat tarixida juda ulkan va mislsiz ahamiyatga ega bo‘lgan. Aytish mumkinki, insoniyatning ijtimoiy taraqqiyotiga boshqa hech bir ixtiro bu darajadagi ta'sir ko‘rsatmagan.

Keng miqyosda qo‘llanila boshlagan birinchi metall - mis bo‘lgan. Mis ajratib olish uchun zarur tosh ma'danlarni doimiy izlash jarayonida qadimgi odamlar misning qizg‘ish-yashil yoki, yashil-kulrang ranglardagi tabiiy yaxlit namunasiga e'tibor qaratishgan. Qoyatoshli sohillar bo‘ylab ular mis kolchedan va qizil misli ruda (kuprit)lar duch kelishgan. Avvaliga odamlar ularni oddiy toshlarga ishlov bergandek qayta ishlab foydalanishgan. Tez orada ular mis bo‘lagining toshbolg‘a zarbalari bilan urib ishlov berilganidan so‘ng, uning qattiqlik xususiyati sezilarli darajada ortgani va yanada qulayroq asboblar yasash uchun yaroqli holatga kelganini payqashdi.

Yangilаndi: 17.01.2019 13:48
 

Ionizatsiya potentsiali

E-mail Chop etish PDF

Ionizatsiya potentsiali

Ionizatsiya potentsiali (yoki, ionizatsion potentsial) deb, elektronning atom yoki molekuladan chiqib (uzoqlashib) ketishi uchun zarur bo‘lgan V potentsialga aytiladi. Ionizatsiya potentsialining voltlarda ifodalanuvchi son miqdoriy qiymati ionizatsiya energiyasiga (ya'ni elektronning atom yoki iondan chiqib ketishi uchun zarur energiyaga) teng va u elektrinvolt birligida ifodalanadi. Ionizatsiyaning birinchi potentsiali V0 ning son miqdoriy qiymati, elektronning neytral atomdan chiqib ketishi uchun zarur energiya miqdoriga teng. Keyingi, ikkinchi elektron endilikda neytral bo‘lmay qolgan atomdan chiqib ketadi, ya'ni undan avval chiqib ketgan birinchi elektronga ko‘ra atom, bir zaryadli musbat ionga aylanib qolgan bo‘ladi. Shu tufayli ionizatsiyaning ikkinchi potentsiali V2 birinchisidan katta bo‘ladi – (V2>V0). Uchinchi, to‘rtinchi va ho kazo elektronning mos ravishdagi ikki zaryadli, uch zaryadli va ho kazo iondan chiqib ketishi uchun muqobil miqdordagi yanada katta ionizatsiya potentsiali zarur bo‘ladi.

Quyidagi jadvalda 20 ta kimyoviy element uchun dastlabki to‘rt ionizatsiya potentsiallari keltiriladi:

Yangilаndi: 17.01.2019 13:50
 

Matematikadan masalalar to‘plami (Skanavi)

E-mail Chop etish PDF

Matematikadan masalalar to‘plami (Skanavi)

Mazkur kitob o‘tgan asrning 70-90 yillarida oily o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun matematikadan yozma va og‘zaki misol va masalalar to‘plamidan iborat qo‘llanma sifatida chop etilgan. Katta avlod vakillari bu kitobning ahamiyati va qadrini juda yaxshi bilishadi. Nisbatan nashr eskirgan bo‘lsa-da, ammo uning ahamiyati va dolzarbligi hech qachon yo‘qolmagan. Aksincha fanda o‘ziga xos mavqe'ga ega bo‘lgan mumtoz qo‘llanma darajasida bugungi kunda ham o‘z qadriga ega hisoblanadi. Kitobda Matematikaning barcha yo‘nalishlari - arifmetika, algebra, trigonometriya, progressiyalar, birlashmalar nazariyasi, Nyuton binomi, algebraik tenglama va tengsizliklar, logarifmlar, matematik analiz, planimetriya, streometriya, bo‘limlari bo‘yicha, har bir bo‘lim uchun A va B guruhlarga bo‘lingan holda 100-150 dan misol yoki masalalar keltirilgan. Kitobda jami bo‘lib matematikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 3000 ga yaqin turli qiyinlik darajasiga ega misol va masalalr mavjud. Mazkur kitob matematika yo‘nalishida imtihonlar topshiruvchi abiturientlarga uzoq yillar benazir va beqiyos manba bo‘lib ximat qilgan, hozirgi kunda ham kollej va maktab o‘quvchilariga mazkur kitobdagi masala va misollarni yechish orqali o‘z bilimlarini mustaxkamlash, zehnlarini sayqallashlarini tavsiya etamiz.

Yangilаndi: 13.12.2018 09:14
 


Maqolaning 48 sahifasi, jami 50 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 829
O'qilgan sahifalar soni : 4969461

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov