Yozuv mashinkasi
XIX-asrning 70-yillarida boshlangan mashina inqilobi bir qarashda texnikadan ancha yiroq bo‘lgan faoliyat sohalarini, xususan matn yozish sohasini ham qamrab oldi. Ming yillar mobaynida odamzot matn yozish uchun faqat o‘z qo‘lidan foydalanib kelgan edi. Yozuv mashinkasi ixtiro qilinishi bilan esa, endi matn yozish masalasi ham mexanizm zimmasiga yuklanib, bir necha barobar tezlashdi. Endilikda, muayyan harf, yoki, so‘zlarni qo‘lda yozib o‘tirmasdan, mashinkadagi tegishli klavishni bossa kifoya! Yozuv mashinkasining paydo bo‘lishi inson hayot faoliyatida juda katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, uning natijasida, ish yuritish va kotibiyat, devon ishlaridagi samaradorlik bir necha barobar ortdi.






Quyma po'lat
Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo'lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o'zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
To XIX-asr o'rtalarigacha bir-birida uzoq shaharlarda va qit'alarda yashovchi odamlar orasida xat-xabar almashinishning yagona vositasi oddiy qog'oz maktublar bo'lgan. Qit'alararo xat tashish
Yaqin yillar ichida cho'g'lanma lampalar ham tarixga aylanadi. Chunki, ularning zamonasi deyarli tugadi va deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda yoritish tizimlari uchun energiya tejamkor fluoressent lampalardan foydalanishga o'tilmoqda. Shunga qaramay, cho'g'lanma lampaning ham insoniyat tarixidagi ko'p yillik munosib o'rnini va xizmatini e'tirof etmaslik adolatdan emas. Deyarli 1 asrdan ziyod vaqt mobaynida cho'g'lanma lampalar yoritish tizimlari uchun eng maqbul lampa sifatida idoralar va xonadonlar shiftida o'z muqim o'rniga ega bo'lib keldi. Cho'g'lanma lampalar - dunyoni o'zgartirgan ixtirolardan biridir.
