Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya
Astronomiya bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari mavjudligi haqida 1609-yilda dastlabki bo‘lib uni teleskop orqali kuzatgan Galileo Galiley fikr yuritgan edi. Uning kuzatishlarida Saturn yagona yaxlit osmon jismi emas, balki o‘zaro tutashgan jismlardek taassurot uyg‘otganini yozadi. Lekin Galileyning o‘zi Saturnning yo‘ldoshlarini topa olmadi. 1659-yilda Xristian Gyugens yanada kuchliroq teleskop yordamida, Galiley kuzatgan hodisa aslida Saturnning halqalari ekanligini aniqlaydi. Shu yilning o‘zida u Saturnning eng yirik tabiiy yo‘ldoshi - titanni ham kashf etdi. 1675-yildan boshlab Kassini ham Saturnni jiddiy o‘rganishga kirishdi. U Saturn halqasi yaxlit bo‘lmay, balki o‘zaro bir-biridan aniq ajralib turuvchi alohida halqalardan iborat ekanligini aniqladi. Shuningdek Kassini Yapet, Tefiya, Diona va Reya tabiiy yo‘ldoshlarini kashf qildi. 1789-yilda U.Gershel Saturnning yana ikkita tabiiy yo‘ldoshini aniqladi - Mimas va Enselad. Keyinchalik Britaniyalik bir guruh olimlar tomonidan Giperion kashf etildi. 1899-yilda esa, Uilyam Pikering yana bir tabiiy yo‘ldosh - Febani kashf qildi. Febaning o‘ziga xosligi shunda ediki, u Saturn bo‘ylab, sinxron aylanmasdan balki 500 kundan ziyod muddatda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi. 1944-yilda Jerard Koyper Saturnning tabiiy yo‘ldoshi - Titanda atmosfera mavjudligini aniqladi. Bu Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar orasida atmosferaga ega bo'lgan yagona va noyob yo‘ldosh hisoblanadi. XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Saturnga yetib borgan kosmik apparatlar yordamida ushbu gaz gigantining yana bir necha o‘nlab tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 2009-yilda sayyoraga eng yaqin tabiiy yo‘ldosh, diametri 300 metrlik S/2009 S-1, halqaga tashlagan soyasi orqali sezib qolindi. 2013-yilda Saturnning hozircha so‘nggi tabiiy yo‘ldoshi - Egeon tasnifga kiritildi. U 2008-yilda "Kassini" fazoviy apparatini tomonidan G halqasini o‘rganish vaqtida kashf etilgan edi. Keyinchalik uni ancha avvalgi tasvirlarda ham mavjud bo‘lib, faqat nazardan chetda qolganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Saturnning jami 62 ta tabiiy yo‘ldoshi ma'lum.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:40
 

Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari

Hozirda Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610-yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.

Yupiterning eng katta, ya'ni, Galiley yo‘ldoshlari ichida, eng qiziqarlisi bu - Yevropa hisoblanadi. Chunki bu yo‘ldoshda, xuddi yerdagi kabi ulkan ummon mavjud bo‘lib, uning chuqurligi 90 km gacha yetadi. Yevropa ummonining hajmi, Yerdagi dunyo okeani hajmidan ancha katta. Olimlarning fikricha, Yevropadagi ummonda, bir hujayrali organizmlar uchun yetarli darajada hayot sharoiti mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Yevropaning sirti qalin muz qatlami va undagi keng yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan o‘ziga xosdir.

Io esa, astronomlarni o‘ta faol vulqonlari bilan o‘ziga jalb etadi. Ioda butun quyosh tizimidagi eng faol vulqonlar mavjud bo‘lib, yo‘ldosh sirti, vulqon chiqindi jinslari bilan qoplangan.

Gannimed esa, nafaqat Yupiterdagi, balki, butun quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida eng kattasi hisoblanadi. Uning sirti kraterlar bilan qoplangan va ulkan yoriqlar - daralar mavjud.Hozirda Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610-yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.

Yangilаndi: 08.10.2019 18:26
 

Meteoritlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Meteoritlar

Meteoritlar Yerga sayyoralararo fazodan qulab tushuvchi tosh yoki temir jinslaridan tarkib topgan osmon jismlarining parchalaridir. Meteoritning yerga tushishi yorug‘ik ajralib chiqishi, tovish va meaxnik effektlari hamrohligida kechadi. Osmonda yorqin olovli shar hosil bo‘ladi va uning dumi, undan har tarafga tarqalayotgan uchqunlari kuzatiladi. Tunda bolid yuz kilometrgacha bo‘lgan yon atrofni yoritishi mumkin. Meteorit kelib urilishi natijasidagi zarba to‘lqini, gurunt va inshootlarning sezilarli darajadagi tebranishlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Eng katta Meteorit - temir jinsidan tarkib topgan Gobi deb nomlangan bo‘lib, u g‘arbiy afrikadan 1920 yilda topilgan, massasi 60 tonnani tashkil qiladi. Odatda Meteoritning massasi bir necha yuz grammlardan ortmaydi, nisbatan kattalari 1-2 kilogramm atrifida bo‘ladi. Meteorit yerda mavjud kimyoviy elementlardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu elementlar, huddi yerdagi singari o‘zari birikmalar hosil qilishi mumkin.

Yangilаndi: 06.03.2018 10:55
 

Kometalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Kometalar

Kometalar - Quyosh tizimidagi eng g‘aroyib obyektlardan bo‘lib, odatda yorqin yumaloq yadro - kalla qismi va unga ergashuvchi dumi bor bo‘lgan osmon jismi sifatida gavdalanadi. Kometalar Quyoshga 4-5 a.b. masofagcha yaqinlashganidagina kuzatilishi mumkin bo‘la boshlaydi. Kometaning yadrosi, ya'ni kallasi muzlagan holatda bo‘lib, u quyosh atrofida davriy, lekin, juda ajoyib orbita bo‘ylab aylanadi. U davriy ravishda quyoshga juda yaqin keladi va undan o‘ta uzoqlashadi. Kometa yadrosi Quyoshga 4 a.b. masofaga yaqinlashib kelganida, uning muzlagan jismini quyosh nurlari qizdira boshlaydi. Undan, gaz va changlar ajralib chiqib, quyoshning yoritishi natijasida, qorong‘u osmonda ko‘zga yaqqol ko‘rina boshlaydi. Kometa atmosferasi quyosh shamoli, quyosh yorug‘ligi bosimi va kometaning ilgarilanma harakati ta'sirida uzliksiz ochiq fazoga sochilib boradi va bu kometaning dumini keltirib chiqaradi. Kometa kallasi va dumi aniq chegaralarga ega bo‘lmaydi. U yadroning hajmi va kometaning quyoshga yaqinlashish darajasiga ko‘ra, kattalashib boradi. Kometa kallasi va dumining o‘lchamlari ajralib chiqayotgan gaz va changlarning intensivligiga chambarchas bog‘liq.

Kometa kallasining ko‘ndalang kesimi bir necha yuz kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. 1680 yilgi kometa va 1811-yilgi yorqin kometada bu ko‘rsatkich 1000000 km dan ham ziyod bo‘lgan. Dum uzunligi esa 300 million kilometrgacha cho‘zilgan bo‘lib, bu yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofdan 2 barorbar kattadir!

Yangilаndi: 19.03.2018 08:28
 

Asteroidlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Asteroidlar

Asteroidlar - juda kichik o‘lchamlardagi sayyoralardir. Ular asosan Mars va Yupiter orbitalar orasidagi fazoda harakatlanadilar. Asterodlarning o‘lchamlari bir necha yuz kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. Eng kichik asteroidlarning diametri 1 km atrofida bo‘ladi. Asteroidlarda atmosfera mavjud bo‘lmaydi.

1781-yilda Uilyam Gershel Uran sayyorasini ochdi. Uranning Quyoshdan uzoqligi Titsius-Bode qonuniyatiga muofiq kelardi. Agar haqiqatan ham Titsius-Bode qonuniyati butun Quyosh tizimida amal qilsa, demak, Mars va Yupiter oralig‘ida ham qandaydir sayyora bo‘lish zarur edi. Shuni inobatga olib, XVIII-asrning 90-yillarida Frans Ksaver, 24 nafar astronom olimdan iborat ishchi guruh tuzib, Quyoshdan tahminan 2.8 a.b. masofada, ya'ni, Mars va Yupiter oralig‘idagi sayyorani qidirish ishlarini olib bordi. Biroq fan tarixidagi dastlabki asteroid - «Serera» tasodifan, 1801-yil, 1-yanvarda, Ksaver ishchi guruhiga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan Ilatliyalik astronom Piatssi tomonidan kashf etildi. Bu yangi yuz yillikning birinchi tuni edi. Keyingi uch asteroid, Pallada, Vesta, va Yunona 1801-1807 yillar orasida kashf etildi. Vestadan keyin uzoq vaqt astronomik kuzatuvlar besamar ketib, boshqa asteroid koinotda yo‘q degan fikrga ham kelib qolindi. Keyingi, navbatdagi asteriod topilgunicha esa 38 yil vaqt o‘tdi. Uni Karl Lyudvig Xenke topdi va «Asteya» deb nomladi. Xenke sal kam 2 yildan so‘ng «Gebu» asteroidini ham aniqladi. Shundan so‘ng astonomlar yana faol ravishda yangi asteroidlarni qidirishga tushdilar. Shundan so‘ng, ya'ni, 1845 yildan boshlab, har yili kamida bitta asteroid kashf etib kelinmoqda. Bu jarayonda faqat 1945 yil istisno bo‘lib, mazkur yilda fanda birorta ham yangi asteroid qayd qilinmagan.

Yangilаndi: 11.10.2019 08:29
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 6 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12054033

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)