Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Infografika
Infografika

Yer aholisining ortishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Yer aholisining ortishi

Odamzot nasliga 1,6 milliard nafar kishiga yetishi uchun juda ko‘p ming yillar zarur bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga biz faqat 1900-yilga kelibgina erishganmiz. Biroq, shundan keyingi o‘sish jadalligi juda tezlashib ketdi va keyingi 60 yil ichida Yer aholisi jon boshi ikki karraga ko‘paydi (1960-yilda 3,2 milliard). XX-asr so‘ngiga kelib esa biz endi 6 milliardlik dovonni ham bosib o‘tdik. Demak, 10 milliardlik dovon ham unchalik olisda emas, shundaymi? BMT mutasaddilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer aholisi 2020-yilga borib 10 milliardlik dovondan ham o‘tadi. Xo‘sh, xronologik tartibda ko‘rib chiqsak, Yerda aholining o‘sishi qachon qay darajada bo‘lgan? Quyidagi infografikaga diqqat qilishingizni so‘raymiz. Unda aholining o‘sish jadalligi va Yer aholisining turli zamonlardagi miqdori bilan hozirgi zamondagi ayrim davlatlar aholisi sonio‘rtasida qiyoslashlar keltirilgan.

Yangilаndi: 10.12.2018 11:09
 

Kim qancha tosh bosadi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Kim qancha tosh bosadi?
yoxud, biomassa haqida...

Odamzot o‘zini Yer sayyorasining egasi deb o‘ylaydi. Ko‘pchilikning g‘aliz tushunchasiga ko‘ra, biz - Yerdagi eng asosiy mavjudotmiz. Bir qarashda bu mutlaqo to‘g‘ri va yaqqol haqiqatdek ko‘rinadi: qayoqqa qaramang, har tarafda inson omili, uning faoliyati ta'sirini ko‘rish va kuzatish mumkin. Lekin, vaziyatga xolis baho beradigan bo‘lsak, biz Yerda unchalik ham asosiy mavjudot emasmiz...

Ayniqsa, biz Yerdagi biomassa nuqtai nazaridan qaralganda, hech vaqo emasmiz. Biomassa deganda - Yerda yashayotgan barcha-barcha tirik organizmlarning umumiy massasi nazarda tutiladi. Yer biomassasini aniq raqamlar bilan hisoblab chiqish juda mushkul. Lekin, dag‘al yaxlitlash orqali hisoblangan ma'lumotlarga ko‘ra, bakteriyalarni inobatga olmaganda, bugungi kunda Yerda 1,7 trillion tonna tirik biomassa mavjud. Ushbu biomassaning hayratlanarli darajada katta ulishi o‘simlik dunyosi hissasiga to‘g‘ri keladi. o‘simliklar, Yerdagi tirik organizmlarning 99% qismini tashkil qiladi. Qolgan barcha tirik mavjudotlar - hayvonlar, baliqlar, hashoratlar va ho kazolar jumlasidan odamzot ham qo‘shib hisoblaganda, biomassaning atiga 1% qismini tashkil etadi xolos!

Yangilаndi: 12.12.2018 12:53
 

Kimyoviy elementlarning Yer qobig'idagi ulushi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 28
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy elementlarning Yer qobig'idagi ulushi

Yer po'sti, yoki, boshqacha aytganda, Yer qobig'ining qalinligi 60 km atrofida deb baholanadi. Insonning Yer, tuproq, qazilma konlari kabilar bilan bog'liq faoliyatining asosiy qismi aynan shu qatlamda kechadi.

Qobiq o'z qanday elementlardan tashkil topgan?

Agar siz erinmasdan, Yer yuzi bo'ylab ilmiy ekspeditsiyaga chiqib, Yer sirtining har yer-har yeridan har biri 1 grammdan bo'lgan 1000000 (million) xil namuna olsangiz, ona sayyoramiz po'stlog'ining 1 tonnalik namunasini yiqqan bo'lasiz. Ekspeditsiyangiz so'ngida, yiqqan namunalaringizni umumlashtirib, uni kimyoviy laboratoriyada tahlil qilib ko'rsangiz, Yer qobig'ining o'rtacha kimyoviy tarkibini aniqlashingiz mumkin.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:45
 

O'lchamlarni taqqoslab...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

O'lchamlarni taqqoslab...

Uydan ishgacha yoki, o'qish joyigacha bo'lgan masofaning olisligidan shikoyat qilayotgan odamni hech kuzatganmisiz? Uning uchun dunyodagi eng olis masofa aynan shu masofa bo'lib ko'rinadi. Keling hissiyotlarga berilmay, aslida qaysi masofa eng olis ekani haqidagi infografika bilan tanishib chiqamiz:

Siz maktab fizika kursidan, ulkan astronomik miqyoslar uchun noodatiy o'lchov birligi - yorug'lik tezligidan foydalanilishini bilsangiz kerak. Yorug'lik soniyasiga 299 792458 metr tezlik bilan harakatlanadi. Bu tabiatdagi eng katta tezlikdir va boshqa hech narsa yorug'lik tezligidan tez harakatlana olmaydi. Odatda yorug'lik tezligi 300000 km/soniya tarzida yaxlitlab olinadi. Shu tezlik bilan harakatlanish orqali, yorug'likning bir yil ichida bosib o'tadigan masofasini astronomlar o'z ishlarida o'lchov birligi sifatida qo'llaydilar. Agar erinmay hisoblab chiqilsa, bir yorug'lik yili 9460528400000 km ga teng ekanini aniqlash mumkin. Ya'ni, yorug'lik bir yil ichida shuncha masofani bosib o'tadi.

Shunday mislsiz tezlik bilan harakatlanib, yorug'lik Quyosh tizimini taxminan atiga 10 soat mobaynida kesib o'tadi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:28
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 3 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12167046

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)