Orbita . U Z

Imkon qadar uyda qoling!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Minbar Olim yurtdoshlarimiz minbari
Olim yurtdoshlarimiz minbari


Arman Tursunov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Arman Tursunov

Orbita.Uz minbaridagi navbatdagi intervyu yurtimizdan yetishib chiqqan yosh olim – Arman Altayevich Tursunov bilan uyushtirildi.

Astrofizika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yosh olim Arman Altayevich Tursunov 1991-yilning 22-fevral sanasida Yangiyo‘lda tug‘ilgan. Hozirda fizika-matematika fanlari doktori. Arman Altayevichning asosiy ilmiy qiziqishlari doirasiga qora tuynuklar, relyatvistik jetlar, o‘ta yuqori energiyali kosmik nurlar, astrofizik jarayonlar, elektromagnit maydonlar va torlar nazariyasi singarilar kiradi.

-Arman, suhbatni oilangiz haqida boshlasak? Shuningdek, o‘qigan oliygohlaringiz, alma-mater haqida gapirib bering?

-Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida, kasbi nazariyotchi fizik va muhandis bo‘lgan Altay Tursunov va vrach Tamara Tursunovalar oilasida dunyoga kelganman. Yangiyo‘lda o‘qiganman, avvaliga 22-maktabda, keyin esa 5-gimnaziya-maktabda (hozirda bu oddiy maktab). Maktabni tamomlab, H.H.Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga, fortepiano sinfiga o‘qishga kirganman. Ko‘p o‘tmay, O‘zbekistonda fortepiano maktabi juda kuchli ekani va iste’dodli musiqachilar, mendan ham iste’dodlilari juda ko‘p ekanini angladim. Ustiga ustak, bizda klassik musiqachi kasbi anchayin qiyin kasb bo‘lib, bu borada ko‘plab muammolar, xususan, konservatoriyadan keyin munosib ishga joylashish singari masalalar mavjud. Shu kabi «ha» va «yo‘q»larni taroziga tortib ko‘rib, otam singari fizika bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Shunday qilib, 2007-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirdim va unda avvaliga, 2011-yilda bakalavr bosqichini, keyin esa, magistraturani (2013) tugalladim.

Yangilаndi: 20.05.2020 15:25
 

Xurshid Aliyev

E-mail Chop etish PDF

Xurshid Aliyev

Orbita.Uz minbarining bugungi mehmoni Italiyadagi Turin politexnika institutida ilmiy faoliyat olib borayotgan o‘zbek mutaxassisi Aliyev Xurshid Ma’rufovich bo‘ldi. Aliyev Xurshid Ma’rufovich 1987-yilning 24-fevral sanasida Qo‘qon shahrida tug’ilgan. Oliy ta’limni 2004-2008 yillarda Farg‘ona Politexnika Institutida tamomlagan. Magistrlik himoyasini esa 2010-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida himoya qilgan. 2014-yilda Turin Politexnika institutida buyumlar interneti va sun’iy intellekt sohasida PhD darajasini qo‘lga kiritgan.

Aliyev Xurshid ilmiy va mehnat faoliyatini dastlab Toshkentdagi Turin politexnika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan. Hozirda Italiyaning Turin shahrida, Turin Politexnika institutida sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Quyida ushbu hamyurtimiz bilan bo‘lgan suhbat matnini havola qilamiz:

1)     O‘zingiz tanlagan fan sohasi o‘rganadigan masalalar haqida qisqacha gapirib bersangiz

Men asosan elektronikaning quyidagi sohalari boʻyicha ilmiy ish olib boryapman:

Yangilаndi: 04.11.2019 17:29
 

Farrux Fattoyev

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Farrux Fattoyev

Assalomu alaykum Orbita.Uz saytining muhtaram mushtariylari. Bugun anchadan buyon murojaat qilinmagan, lekin, biz uchun muhim bo‘lgan ruknimiz - "Minbar" ruknidan yana bir o‘zbek olimi bilan suhbatimizni e'tiboringizga havola qilamiz.

Xabaringiz bo‘lsa, yaqinda kun.uz saytida o‘zbekistonlik olim Farrux Fattoyev tomonidan muhim ilmiy kashfiyot qilingani haqida xabar bosilgan edi. Albatta, ushbu sayt asosan yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgani sababli, o‘sha maqolada kashfiyotning mohiyati va uni amalga oshirgan yurtdoshimiz haqida batafsil ma'lumot berilmagan. Qolaversa, kashfiyotni o‘zi haqida ham biroz chalkash (tushunarsiz) va biroz hissiyotga berilgan tarzda ma'lumot keltirilgan edi. Ochig‘ini aytaman, avval Farrux aka bilan tanish bo‘lmaganman. Ushbu olim haqida eshitmagan ham edim. Shunga qaramay, gravitatsion to‘lqinlar masalasi bugungi kun fizikasida kun tartibidagi mavzu ekanligini e'tiborga olib, ayniqsa bu boradagi tadqiqotlarda bizning yurtdoshimiz ham bosh qo‘shganini bilgach, ushbu inson bilan tanishish va orbita.uz uchun qisqa bo‘lsa-da intervyu olish niyati paydo bo‘ldi.

Yangilаndi: 22.11.2018 15:08
 

Erkin Kurganov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Erkin Kurganov

Orbita.Uz minbarida navbatdagi tadqiqotchi - biofizik Erkin Shuxratovich Kurganov. Erkin Shuxratovich hali o‘zi juda yosh bo‘lishiga qaramay, biofizika/fiziologiya bo‘yicha ancha yillardan bri tadqiqot olib boradi. Keling, Erkin Shuxratovich tarjimai holi bilan qisqacha tanishib olamiz.

Kurganov Erkin Shuxratovich, 1987-yil 4-iyunda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni o‘zi tug‘ilgan qishloqda, Sharof Rashidov nomli 11-maktabda o‘qib, so‘ngra Namangan shahrida joylashgan 2-ixtisoslashgan maxsus maktab-internatida davom ettirgan. 2006-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga, Biologiya yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga kirib, 2010 yili Qizil diplomga bitirgan. o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni, oliygohdagi ta'limning 2-kursida boshlagan. o‘sha paytda Erkin Shuxratovich biofizika faniga qattiq qiziqib, shu sohani yetuk olimlaridan biri Professor Sabirov R.Z. rahbarligi ostida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi. 2012 yildan e'tiboran esa, yosh tadqiqotchi Yaponiyadagi Okazaki shahrida joylashgan Fiziologiya Fanlari Milliy Institutiga PhD student sifatida qabul qilingan.

Endi esa suhbatdoshimizni savolga tutamiz:

Yangilаndi: 23.11.2018 12:49
 

Erkinjon Karimov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Erkinjon Karimov

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo‘ldilar.

Erkinjon Karimov

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo‘ldilar.

Suhbatdoshimizni savolga tutishdan avval, u kishi haqida qisqacha ma'lumot keltirsak:
Karimov Erkinjon To‘lqinovich, 20.05.1977 yilda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda Farg‘ona davlat Universiteti, matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini dastavval Bag‘dod tumanidagi o‘rta maktabda matematika o‘qituvchiligidan boshlagan (1998-2001 yillar). 2001-2002 yillarda Farg‘ona Davlat universitetida ishlagan. 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va Axborot Texnologiyalari Institutida faoliyat ko‘rsatgan. 2006- yildan e'tiboran to 2008 yilgacha qo‘shni Qozog‘istonning Sirdaryo Davlat universitetida katta o‘qituvchi sifatida mehnat qilgan. 2009 yildan boshlab shu kungacha O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika Institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlamoqda. Biz suhbatdoshimizning ilmiy ishlari va chop etgan maqolalari haqidagi odatiy standart ma'lumotlarni uning shaxsiy sahifasi: http://mathinst.uz/karimov/resume.html dan olishingiz mumkinligini aytib, e'tiborimizni suhbatga qaratamiz:

Yangilаndi: 23.11.2018 12:52
 


Banner

Minbardagi olim:

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 851
O'qilgan sahifalar soni : 5948721

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!