Hisoblangan Neptun
Neptun sayyorasi - Quyosh tizimining eng chetki sayyorasi bo‘lib, uni qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rishning imkoni yo‘q. Shu sababli, odamlar ushbu sayyorani faqat teleskoplar ixtiro qilinganidan keyingina payqashgan.
Tarixiy faktlarga qaraganda, Neptunni birinchi bo‘lib, teleskopsozlikning tamal toshini qo‘ygan olimlardan biri - Galiley ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Biroq, uning aynan sayyora ekanligini tasdiqlanishi uchun, astronomiyaning o‘zi ojizlik qildi va unga matematika yordamga keldi.
Galileyning qaydlariga qaraganda, u 1612-yilning yanvarida Neptunni ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Lekin u mazkur sayyoraning harakatini ilg‘ay olmagan, chunki, aynan o‘sha paytda Neptun retrograd harakat qila boshlagan. Ya'ni, bu holda Neptun osmondagi ko‘rinib turgan joyida avval harakatdan to‘xtaydi va keyin orqaga qarab harakatlana boshlaydi. Albatta, aslida real voqe'lik bunday bo‘lmaydi. Neptunning bunday harakati, uning unga nisbatan tezroq aylanadigan Yer sayyorasidan turib kuzatayotganimiz natijasidan hosil bo‘lgan aldanish effektidir. Shu sababli ham Galiley garchi Neptunni ko‘rgan bo‘lsa-da, lekin uni qo‘zg‘almas yulduzlardan biri deb o‘ylagan bo‘lsa kerak.