Astronomik arqon tortish koeffitsienti...
Astronomiyaga oid kitoblarda Quyosh tizimidagi sayyoralar haqida imkon qadar batafsil ma'lumot keltirishga qaratilgan turli jadvallar albatta mavjud bo‘ladi. Bunday jadvallardagi asosiy ma'lumotlar - sayyoraning o‘lchamlari, massasi, uning Quyoshdan uzoqligi, tabiiy yo‘ldoshlari soni, Quyosh atrofini aylanib chiqish davri, o‘z o‘qi atrofini aylanib chiqish davri, albedo, zichlik va ho kazo shu kabi tafsilotlardan iborat bo‘ladi.
To‘g‘risi, menga bunday jadvallar va ayniqsa ularda keltirilgan raqamlar juda yoqadi. Har safar yangi bir astronomiya kitobini qo‘limga olganimda, biror yangi qiziq ma'lumot chiqib qolar degan umid bilan, zudlik bilan shunday jadvallarni izlay boshlayman. Ba'zan haqiqatan ham avvalgi jadvallardan uchramagan, mutlaqo yangi ma'lumotlarga duch kelaman. Masalan, yaqindagina sayyoralar sirtidagi harorat, atmosfera bosimi, orbital tezliklari singari yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan ajoyib jadval qo‘limga tushib qoldi. Biroq, nimagadir menda baribir yana va yana yangi ma'lumotlar olishga ishtiyoq uyg‘onaveradi va avval bilgan ma'lumotlarimga yana duch kelsam, tezda zerikib qolaman...