Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya
Maqolalar

Astronomik gid

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Astronomik terminlar uchun izohlar

(Koinotga oid terminlar uchun izohlar)

Koinot shu qadar hayratlanarli va aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada jozibadorki, uning ta'rifini mukammal qilishga shoirlarning qalami ham, suhandonlarning tili ham ojiz qolishi aniq. Koinotning asl haybati va miqyosini ifodalashga eng pixini yorgan fantast yozuvchining ham tasavvur doirasi torlik qiladi. Undagi jarayonlarning manzarasini esa hech qaysi musavvir hech qanday tasvirga sig‘dira olmaydi.

Biz Koinot haqidagi ilmiy filmlarni ko‘rganimizda, yoki, maqola va kitoblarni o‘qiganimizda, astronomiyaga oid o‘nlab ilmiy terminlarga duch kelamiz. Tanish va notanish bo‘lgan o‘sha terminlarning ma'nosini esa har doim ham tushunavermaymiz. Ushbu maqolada, Koinotga aloqador eng asosiy ilmiy terminlarning ma'nolari va sharhlarini havola etamiz. o‘ylaymizki, bu sizning bilimingiz oshishida va mustahkamlanishida qo‘l keladi.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:47
 

Messye obyektlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Messye obyektlari

Sharl Messye aslida, kometalarni izlash bilan shug‘ullanuvchi ashaddiy kometashunos astronom bo‘lgan. Lekin, ilm-fan tarixida uning nomini abadiylashtirgan narsa kometalar emas. U na yulduz va na kometa bo‘lgan obyektlarning tasnifini (katalogini) tuzganligi bilan tarixga kirdi.

Messye kometalarni izlab topishga shu darajada mukkasidan ketgan ediki, u deyarli har tun mijja qoqmay teleskop bilan qora osmonga sinchiklab termulardi. Lekin, olimning har safargi urinishlari muttasil besamar ketar, qilayotgan ishidan biror naf chiqarolmay xunob bo‘lardi. Odatda, Messyening muvaffaqiyatsiz kuzatishlari quyidagicha kechgan: u osmonning biror qismidan, avval hali hech kim kuzatmagan, yangi kometani aniqlash maqsadida, kuchli teleskopda sinchiklab kuzatardi. Uning nigohiga esa, asosan, xira, tashqi ko‘rinishidan ham yulduzga, ham kometaga o‘xshab ketadigan obyektlar ko‘rinardi. Bunday obyektlarni Messye keyingi bir necha kun yoki, oy davomida kuzatardi va lekin, har doim ham hafsalasi qattiq pir bo‘lardi.

Yangilаndi: 30.11.2018 17:59
 

Qora materiya

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Qora materiya

Koinotni tashkil qiluvchi materiyaning katta qismini biz ko‘ra olmaymiz. 1932-yilda astrofizik olim Yan Oort galaktikamiz - Somon Yo‘lining o‘zida mavjud va kuzatish mumkin bo‘lgan moddalari miqdoriga mos bo‘lmagan tarzda, juda shiddat bilan aylanayotganini aniqladi. Ko‘p o‘tmay, yana bir astrofizik Frits Svikki shunga o‘xshash effektni boshqa galaktikalar harakatida ham kuzatdi va ushbu, ko‘zga ko‘rinmas materiyani dunkle materie deb nomladi. Avvallari ushbu terminni "yashirin massa" deb tarjima qilinar edi. Lekin, yaqin-yaqindan beri endi ilm-fan kishilari uni "qora materiya" deb nomlashmoqda.

Yangilаndi: 30.11.2018 18:46
 

Har safar galaktika bo‘ylab...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Har safar galaktika bo‘ylab...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Bir necha yil avval qo‘shni mahalladagi maktab binosida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Lo‘ndasini aytganda, u yerda olov deyarli bo‘lmadi. Aksincha, xonalar va yerto‘lani buruqsigan tutun qopladi xolos. Ushbu ko‘ngilsiz hodisa yuz bergan paytda maktabda allaqachon darslar tugagan edi va shu sababli, xayriyatki, hech kim jabr ko‘rmadi.

Shunga qaramay, yong‘in kattalashib, kuchayib ketishini oldini olish uchun, xodimlar baribir o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilishgan edi. Ko‘chada birinchi o‘t o‘chirish mashinasi paydo bo‘lishi bilan, ko‘p o‘tmay atrofda tumonat tekin tomosha ishqibozlari to‘planib ketdi. Tomosha uchun to‘planib olgan olomonga qarab shunday taassurot uyg‘onadiki, xuddi shaharning barcha bekorchi va dangasa takasaltanglari maktab binosini qanday yonishini ko‘rish uchun shoshilib yetib kelishgandek go‘yo... Odamlar ushbu kulfatni tomosha qilish uchun mashinalarda, velosipedda, ot-aravalarda kelishgan edi. Ko‘pchilik albatta piyoda, yoki, yugurib ham kelganlar bor. Ba'zilar juft-juft bo‘lib dugonalari bilan kelishgan bo‘lsa, ba'zilar qariya ota-onasini ham va yosh bolalarini ham yetaklab kelgan. Nima deyishga ham hayronsan kishi...

Yangilаndi: 05.11.2019 10:01
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12087756

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)