Aldamchi kimyo
Kimyo fanida ba'zan qiziq va murakkab, uzundan-uzoq atamalar, terminlar va nomlar uchrab turadi. O'zi aniq fan bo'lgani uchun, biz kimyoga oid terminlar ham doim aniq va lo'nda bo'lishi kerak degan qarashga egamiz. Lekin, ushbu fanga oid shunday g'alati, ta'bir joiz bo'lsa, «aldamchi» terminlar ham mavjud bo'lib, ularga duch kelganda, nafaqat fandan yiroq bo'lgan diletantlar, balki, soha mutaxassislarining o'zlari ham yanglishib, adashib qolishlari hech gap emas. Shu sababli ham, bunday terminlar va nomlarni «aldamchilar» deyilsa, aslo mubolag'a bo'lmaydi.





G'alati nomli kimyo
1802-yilda nemis astronomi Genrix Olbers eng yirik asteroidni kashf qilgan va unga Pallada deb nom bergan edi. Undan bir yil o‘tib, Angliyalik kimyogar Uilyam Vollaston platina rudasini spirtda eritish orqali o‘tkazilgan uzun zanjirli reaksiyadan so‘ng, undan yangi kimyoviy elementni ajratib oladi va unda, o‘sha Pallada asteroidi sharafiga palladiy deb nom beradi.


