Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo
Maqolalar

Osmiy sotiladi, arzonga!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Osmiy sotiladi, arzonga!

Metallarning narx-navosi va kimyo fanidan xabardor bolgan kishilar mazkur sarlavhani oqib hayron bolishlari turgan gap. Chunki, osmiy metalli qimmatligi boyicha eng oldingi orinlarda turadi. Osmiyning nisbatan keng tarqalgan oddiy izotopining bir grammi taxminan oltin bahosi bilan teng yuradi. Lekin, osmiy-187 izotopi esa qimmatligi boyicha hamma metallarni ortda qoldiradi va atiga bir grammi uchun 200 000 AQSH dollari talab qilinadi. Bundan ham qimmat turadigan yagona metall - kaliforniydir. Unda nega sarlavhada osmiy arzonga sotilishi gapirilyapti deysizmi? Qiziqib qolgan bolsangiz, maqolani oxirigacha oqing.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:06
 

Azot - jonsiz element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Azot - jonsiz element

Kislorod haqidagi maqolada ushbu elementning havodagi ulushi 1/5 miqdorda ekanini aytgan edik. Havodagi o'sha qolgan 4/5 qism ulushni, ya'ni, deyarli 78% qismini azot gazi tashkil qiladi. Ushbu element davriy jadvalda 7-raqam bilan o'rin olgan.

XVIII-asrda kimyogarlar kislorodni kashf etishganidan keyin, ular havoda yana bir boshqa gaz ham mavjudligini fahmlashgan. Ushbu gaz yonishga yordam bermasdi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etmas edi. Yopiq idish ichida yoqib qo'yilgan sham, ichkaridagi havoning taxminan 1/5 qismini sarflab, keyin esa o'chib qolardi.

Chunki, o'sha hajmning 1/5 qismini egallagan kislorod tugab bitgach, qolgan gaz shamning yonishiga ko'maklasha olmagan. o'sha gaz shuningdek hayot uchun (to'g'rirog'i nafas olish uchun) ham keraksiz gaz ekani ayon bo'lgan. Chunki, xuddi sham singari, yopiq idishga qamab qo'yilgan sichqon, u joyda kislorod tugashi bilan o'lib qolardi. Vaholanki, hali idish ichidagi havoning 75% dan ziyod qismi ishlatilmagan bo'lardi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:11
 

Seni qutlayman, notanish!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Seni qutlayman, notanish!

Hamma joyda bo'lgani singari, ilm-fanda ham moda ketidan quvish degan narsa mavjud. Agar siz biror ilmiy yangilikka qo'l urib, ko'pchilik uchun kutilmagan, noodatiy va eng muhimi - muvaffaqiyatli tajribani uddalasangiz, siz hali fikringizni jamlab olishingizdan avval sizga taqlid qilib, muvaffaqiyatingizni o'z nomi ostida takrorlashni istovchi bir gala odamlar paydo bo'ladi.

Ilm-fandagi bunday misollar talaygina. Xususan, 1898-yilda Uilyam Ramzay va Moris Uilyam Travers tomonidan kashf qilingan ksenon elementini olish mumkin. U tegishli bo'lgan kimyoviy element guruhidagi boshqa elementlar singari, ksenon ham suyuq havodan ajratib olingan. Qizig'i shundaki, havoda ushbu elementning mavjudligini, havo tarkibi qizg'in tadqiq etilgan o'sha asr mobaynida hatto taxmin ham qilinmagan edi. Tadqiqotchilar havo tarkibida g'alati va notanish elementni ko'rib ozmuncha hayratga tushishmagan o'shanda. Shuning uchun ham, ksenon nomining o'zi o'sha paytdagi kimyogarlarning hayrat va ajablanishi ifodasi o'laroq dunyoga kelgan. Uning ma'nosi yunon tilidagi notanish, begona va g'alati ma'nolarini beruvchi xenon so'zidan kelib chiqqan edi.

Yangilаndi: 10.02.2025 07:53
 

Geliy - o'ziga to'q element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Geliy - o'ziga to'q element

Quyosh nuri aslida biz ko'rganimizdek zarrin sariq emas, balki, tabiatda bo'lishi mumkin bo'lgan barcha ranglar yig'indisidan iboratdir. Agar Quyoshdan kelayotgan yorug'lik nurlarini uchburchak shisha shaklidagi prizmadan o'tkazilsa, yorug'lik tarkibiy ranglarga taqsimlanib, xuddi kamalak misol jilvalana boshlaydi. Yorug'likning bu tarzda tarkibiy ranglarga taqsimlanishini spektr deyiladi.

Kimyoviy elementlar ham yuqori haroratlargacha qizigan chog'da ulardan chiqayotgan yorug'lik nurlarining spektrdan o'tkazilsa, hosil bo'lgan spektr turli ranglardagi yorqin chiziqlar namoyon qiladi. Bu chiziqlar ketma-ketligini spektral chiziqlar deyiladi. Tabiatda har bir element faqat o'zigagina xos bo'lgan va boshqa elementda takrorlanmaydigan shunday spektral chiziqlar ketma-ketligiga ega.

Yangilаndi: 22.01.2025 08:52
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12198292

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)