Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo
Maqolalar

Simob - suyuq element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Simob - suyuq element

Qalay va qo'rg'oshin nisbatan past haroratlarda ham erishini siz yaxshi bilasiz. Ularning erishi uchun 200-300 °C orasidagi harorat kifoya qiladi. Ishqoriy metallar yanada pastroq haroratlarda ham erib, suyuqlanib ketadi. Masalan, seziy metallining erishi uchun Quyoshli kundagi issiq harorat yetarli bo'ladi.

Shunday bir metall borki, hatto sovuq haroratda ham suyuqligicha qolaveradi. Bu - davriy jadvaldagi 80-raqamli element - simob elementidir. Simob - suv muzlaydigan haroratdan, ya'ni, selsiy bo'yicha 0 °C dan ham -39 daraja past haroratdagina qotadi.

1759-yilgacha hech kim simobni qattiq holatga o'tkazishga urinib ham ko'rmagan. Chunki, hech kim simobning aslida metall ekanini bilmagan.

Yangilаndi: 06.02.2025 10:45
 

Kalsiy - suyak elementi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Kalsiy - suyak elementi

Yer qobig'ida silikatlar turkumiga mansub bo'lmagan minerallar mavjud. Bundaylardan biri - ohaktoshdir. Ushbu mineral qanday ko'rinishda ekanligiga qarab, turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni shaffof bo'lmagan kristallar ko'rinishida uchratilsa uni kaltsit deyiladi. Agar kristallar shaffof bo'lsa, uni island shpati deyiladi. Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng mashhuri va chiroylisi bu - marmar bo'lib, unga sayqal berish orqali juda ajoyib me'moriy bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning arxitektura bezagi sifatida qo'llanilishi qadimgi yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mo'rt va oson uqalanadigan shakli - bo'r bo'lib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bo'rdan iborat butun boshli qoyalar tizimi mavjud.

Yangilаndi: 10.02.2025 15:44
 

Nobel-2016. Kimyo. Molekulyar mashinalar.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2016. Kimyo. Molekulyar mashinalar.

Kimyo bo‘yicha Nobel-2016 mukofotini olimlar Jan-Pyer Savaj, Bernard Feringa va Jeyms Freyzer Stoddartlarga topshirildi. Mukofot rasmiy veb-saytida e'lon qilingan press-relizda keltirilishicha, olimlarga mukofot ularning "molekulyar mashinalarni sintez qilganliklari uchun" degan ta'rif bilan berilgan. Xo‘sh, ushbu ilmiy ish, ya'ni, molekulyar mashinalarning amaliy ahamiyati qanday? Quyida ushbu savol yuzasidan qisqacha sharh berishga harakat qilamiz.

Avvalo, ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan olimlarning o‘zi haqida to‘xtalsak. Ular ichida eng yoshi kattasi - ser Freyzer Stoddart 1942-yilning 24-may sanasida Edinburgda (Shotlandiya) tug‘ilgan. Hozirda AQSHning Illinoys shtati, Evanstondagi Shimoliy-g‘arbiy Universitetida kimyo professori. Ikkinchi laureat - Jan-Pyer Savaj esa ismidan ham ko‘rinib turibdiki - fransuz. U 1944-yilning 21-oktyabrida Parijda tug‘ilgan bo‘lib, hozirda Fransiyaning Strasburg universitetida koordinatsion kimyo bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Uchinchi laureat - Bernard Feringa 1951-yilning 18-may sanasida Gollandiyaning Barger-Kompaskuum shahrida tug‘ilgan. U hozirda Gollandiyaning Groningen Universitetida fan doktori unvoni bilan faoliyat ko‘rsatadi va bir vaqtning o‘zida, Gollandiya Qirollik Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti sanaladi.

Yangilаndi: 04.12.2018 10:52
 

Eng og'ir suyuqlik

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Eng og'ir suyuqlik

Dunyoda eng og'ir suyuqlik qaysi? - degan savolga aksariyat odamlar o'ylamay-netmay, simob deb javob beradilar. Haqiqatan ham, 1 litr hajmdagi simobning og'irligi 13,6 kg keladi. Demakki, atiga bir paqir simobni ko'tarish uchun og'ir atletikadan ayrim ko'nikmalarga ega bo'lish zarur. Lekin, agar harorat bo'yicha muayyan shartlar joriy etilsa, unda eng og'ir suyuqlik simob emas, balki, suyuq osmiy bo'lib chiqadi. 3000 K haroratdagi 1 litr osmiyning massasi 20,1 kg bo'ladi. Suyuq osmiy bilan to'ldirilgan paqirni hatto og'ir atletikachi ham ko'tarolmagan bo'lardi.

Metall bo'lmagan moddalar ichida odatiy sharoitda ham eng og'ir bo'lishi mumkin bo'lgan suyuqliklar haqida to'xtaladigan bo'lsak, sof noorganik moddalar ichida eng og'iri volfram geksaftoridi (WF6) bo'ladi. Bu moddaning 1 litr hajmdagisi naq 3,44 kg tosh bosadi. Lekin, bu modda bilan o'ynashib bo'lmaydi. Chunki u avvalo zaharli modda bo'lsa, qolaversa, u juda oson qaynaydi. WF6 ning qaynab ketishi uchun atiga 17,3 °C kifoya. Ya'ni, xona haroratida bu modda o'z-o'zidan qaynayveradi. Bunday suyuqliklarni kimyogarlar maxsus zich ampulalarda saqlaydilar.

Yangilаndi: 22.01.2025 11:28
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12197937

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov