Platon jismlari
Platon jismlarini maktab geometriya kursida muntazam ko'pyoqlar deb tanishtiriladi. Muntazam ko'pyoq bu - yoqlari muntazam ko'pburchaklardan tashkil topgan, ya'ni, tomonlari va burchaklari teng kattalikda bo'lgan uch o'lchamli geometrik obyektdir. Platon jismining har bir cho'qqisidan bir xil sondagi qirralar chiqib keladi. Platon jismlari ichida eng taniqlisi va soddasi bu - kub bo'lib, uning hamma 6 ta yog'i bir xil o'lchamdagi kvadratlardan tashkil topgan bo'ladi.
Qadimgi yunonlar geometriyani juda yaxshi rivojlantirishgan edi. Umuman olganda atiga 6 xil platon jismlari yasash mumkinligini ham eramizdan avvalgi Yunoniston matematiklari allaqachon isbotlab qo'yishgan. Bu olti xil muntazam ko'pyoqlar quyidagilardir: kub, tetraedr, oktaedr, dodekaedr, hamda, ikosaedr. Masalan, ikosaedr yoqlari 20 ta muntazam uchburchaklardan iborat bo'ladi.





Go o'yini - ikki kishi o'ynaydigan stol o'yini bo'lib, uni taxminan eramizdan 2000 yillar muqaddam qadimgi Xitoyda o'ylab topishgan. Aniq dalil hisoblanadigan qo'lyozma manbalar ichida esa, eng qadimiysi eramizdan avvalgi 548-yilga taalluqli bo'lib, unda Szchao ismi xitoy muallif go o'yiniga mukkasidan ketgan odam haqida nasriy ko'rinishda ma'lumot yozib qoldirgan. o'yin Xitoydan Yaponiyaga ham o'tgan va eramizning XIII-asrida kunchiqar yurt aholisi mazkur o'yinga qattiq berilib ketgani haqida tarixiy ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Klassik go o'yinida 19
Ajoyib kvadratlar


