Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan....
Maqolalar

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi

Bizning sayyoramiz qandaydir qattiq jinslar va metallar uyumidan hosil bo‘lgan inert massa emas, balki, ulkan hajmli yaxlit tirik organizm bo‘lishi mumkinmi?

Lavlok «Margarita olami» nomli matematik model barpo qilgan. Uning asosida, Lavlok va uning tarafdorlari aytishicha, Yerdagi tirik organizmlar uyg‘unligi natijasida, sayyora bilan qayta aloqa mexanizmi shakllanar emish. Margarita olamida «qora» (yorug‘likni yutuvchi) va «oq» (yorug‘likni akslantiruvchi) «margaritkalar» yashar emish. Ushbu ikki tur margaritkalar tomonidan Quyosh nurlari energiyasining turlicha o‘zlashtirilishi natijasida, ular orasida raqobat yuzaga kelib, natijada, populyatsiya balansida bu narsa o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va mo‘tadil harorat barqaror bo‘lishi uchun, ular muayyan o‘sish templariga rioya qilishga majbur bo‘lishgan emish.

Yangilаndi: 22.04.2021 12:07
 

Rind papirusi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Rind papirusi

Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma'lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus - yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish» amalini ushbu papirusda bir juft oyoq ko‘rinishida belgilangan. Oyoqlar qo‘shilayotgan qiymatga qarab turgan tarzda chizilgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:16
 

Hech narsa sanalmaydi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Hech narsa sanalmaydi

Rim raqamlari allaqachon matematika va moliya tizimida muomaladan chiqib ketgan bo‘lsa-da, biroq, ular haqida bilish, yoki, Rim raqamlarida yozilgan sonlarni to‘g‘ri o‘qiy olish o‘zi ham hozirda odamga zarar qilmaydigan bilim sanaladi. Menimcha, Rim raqamlarida yozilgan sonni to‘g‘ri o‘qiy olgan odam qandaydir o‘z bilimiga nisbatan qoniqish hissini tuysa kerak. Masalan, bu quyidagicha bo‘ladi: odam biror tarixiy bino oldidan o‘tib borarkan, u yerda "bino MCMXVIII-yilda qurilgan" degan yozuvni uchratadi va uni demak, 1918-yilda qurilgan ekan deb bilib oladi. Shu bilan u o‘ziga nisbatan qandaydir hurmat hissini sezadi. Mabodo, bir gala odamlar ichida bu yozuvni o‘qiy olgan faqat u o‘zi bo‘lsa, hamda, yozuvning ma'nosini sheriklariga tushuntirib berolsa, shubhasiz bu odam o‘zini shu to‘daning eng bilimlisi deb his qilsa ajabmas.

Sonlar va ular ustida amallar borasidagi tushunchalar juda qadim zamonlardayoq odamlar ongida shakllanib ulgurgan edi. Fikrimcha, sayyoramizda son tushunchasi haqida tasavvurga ega bo‘lmagan yovvoyi qabilalar ham qolmagan hozir.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:41
 

Qadimgi yadroviy reaktor

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Qadimgi yadroviy reaktor

1930-yillar oxiriga kelib, olimlar Enriko Fermi hamda Leo Silard uranning parchalanishi orqali zanjir reaksiyasini hosil qilish mumkinligini tushunib yetishdi. Kolumbiya universitetida tajriba olib borar ekan, Fermi hamda Silard, uranda subatom zarrachalar, ya'ni, neytrinolar chiqib kelayotganini payqashdi va bu zanjir reaksiyasi bilan birga, yadroviy qurollarni yaratish ishiga ham poydevor bo‘lishini payqashdi. Keyinchalik Leo Silard: "Men o‘sha tunda dunyo tamom bo‘ldi deb o‘ylagandim" deb yozgan edi. Boshqariladigan yadroviy zanjir reaksiyalari jarayoni favqulodda murakkab va mushkuldir. Shu sababli ham, 1972-yilda farang fizigi Fransis Perren Gabondagi Oklo nomli hudud yaqinida, bundan taxminan 2 milliard yil muqaddam ona tabiatning o‘zi ishga tushirib qo‘ygan tabiiy yadro reaktoriga duch kelganida, hayratdan lol qolgan edi.

Yangilаndi: 22.11.2018 15:06
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 6 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840883

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)