Neptunning kashf etilishi
Sayyora harakatini aniq kuzatib borish va ayniqsa sayyoraning keyingi holatini oldindan aniq bilish - nihoyatda qiyin masala. Agar, o‘zaro tortishayotgan atiga ikkita jism qaralayotgan bo‘lsa, unda ularning tortishish kuchi va harakat trayektoriyalarini aniq hisoblash uchun ilm-fanda nihoyatda sodda va aniq qoidalar to‘plami mavjud. Lekin, o‘zaro tortishayotgan obyektlar atiga bittaga ko‘paysa, ya'ni, uchtagina bo‘lib qolsa ham, ularning o‘zaro ta'sirini hisoblash benihoya qiyin ish bo‘lib qoladi. Endi buning uchun biz bilgan sodda fizik qonuniyatlar va matematik usullar ish bermaydi. Bu matematik isbotlangan haqiqatdir. Shunga binoan, Neptunning kashf qilinishi - inson aql-zakovatining haqiqiy tantanasi, matematikaning asl triumfi bo‘lgan desak zarracha ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Neptunning kashf etilishi - matematikadagi o‘zaro ta'sirlar nazariyasi hamda, Nyuton mexanikasining haq ekanini ko‘rsatib bergan, zakovatning chin g‘alabasi bo‘lgan.