Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Maqolalar

Difraksiya

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Difraksiya

Agar yorug‘lik yo‘liga ekran qo‘yilsa, uning orqasida soya sohasi paydo bo‘ladi. Tovushning yo‘lini to‘sish esa unchalik oson ish emas, uni devor orqasida turib ham eshitish mumkin. To‘lqinning geometrik soya sohasiga kirib borishi difraksiya deyiladi. To‘lqin uzunligi to‘siqning o‘lchamlari bilan taqqoslanarli bo‘lganida difraksiya namoyon bo‘ladi. Tovush to‘lqinlarining nisbatan uzunligi (ular metrlarda o‘lchanadi) tufayli, ular to‘siq chetlaridan osongina aylanib o‘ta oladi. Suvning sirtida ham to‘lqinlar difraksiyasini xuddi shu tarzda kuzatish mumkin. To‘lqin uzunligi mikrometrning ham ulushli tartiblarida bo‘lgan yorug‘lik difraksiyasini esa oddiy sharoitlarda kuzatish oson emas. Uzoq vaqt mobaynida yorug‘lik nurlari doimo to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi deb hisoblanar edi.

1815-yilda farang muhandisi O.Fernel, Napaleonning Elba orolidan qaytib kelishi munosabati bilan, unga qarshi harakatlarda qatnashganligi uchun, majburiy iste'foga chiqarilgan va o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i - Matyega jo‘nab ketgan. Tabiatan qiziquvchan bo‘lgan muhandis, o‘z vaqtini ko‘p qismini optik tadqiqotlar o‘tkazishga sarflagan. U ingliz olimi Tomas Yungning yorug‘lik interferensiyasi haqidagi tajribalaridan xabardor bo‘lib, ularni amalda takrorlashni maqsad qilib oldi. Biroq u, mazkur tajribalarda shunchaki takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki o‘ziga xos bo‘lgan jiddiy sinchkovlik va mulohazalar evaziga boshqa bir katta ilmiy muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo‘ldi. U o‘zi qayd etgan natijalarni, Farang Fanlar akademiyasining 1818-yildagi ilmiy ishlar tanloviga taqdim etdi.

Yangilаndi: 25.12.2018 14:55
 

1990 Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90)

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

1990-Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90)

1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90), 1989 yilda, 18-O'TXK talabiga binoan, 1968 va 1948-yillarda qabul qilingan Xalqaro Amaliy Harorat Shkalasi (XAHSh-68, XASh-48), hamda, 1927-yildagi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-27) larning o'rnini bosuvchi shkala sifatida, o'lchov va Tarozilar Xalqaro Qo'mitasi tomonidan joriy qilingan edi. Ushbu XHSh-90 ham, avvalgilariga o'xshaydi, lekin unda, tayanch nuqtalar uchun, yanada aniqroq qiymatlar belgilanganligi, hamda, keng diapazonlarda qo'llash imkoniyati va termodinamik shkalaga yana ham yaqinroq ekanligiga ko'ra, ancha takomillashgandir. Bu shkalada ham, termodinamik harorat T ning birligi kelvin, K bo'lib, u suvning uchlanma nuqtasining termodinamik haroratining 1/273.16 qismi sifatida qabul qilingan. Bu harorat, mazkur shkala uchun yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi va u, termometrlarni XHSh-90 ga ko'ra sozlashda asosiy o'rin tutadi.

Yangilаndi: 29.01.2025 16:07
 

Aristotel masalasi

E-mail Chop etish

Aristotel masalasi

Galileo Galiley mexanika faniga asos solishidan (1630) ikki ming yil muqaddam, qadimgi Yunonistonning mashhur olimlaridan biri - Aristotel o'zining "Mexanika muammolari" risolasini yozgan edi. Mazkur risolada Aristotel, o'z zamonasi ilm-fani darajasi tufayli, yecha olmagan 36 ta dolzarb masalalarni sanab o'tgan edi. Ular ichida quyidagi masala ham bor: Nima sababdan daraxtga og'ir yuk bilan qo'shib bog'langan bolta bilan zarb berilsa, daraxt nisbatan kam zararlanadi; lekin, agar boltani yuksiz ursak, u ag'anaydi? qaytanga bu holatda yiqilayotgan yuk, bosayotgandan ancha kichik.

Bu masalani Aristotel o'z zamonasining tor tushunchalariga ko'ra yecha olmagan. Uni hozirgi zamon kishilarining aksariyati ham hal qilishi gumon. Keling yunon faylasufining masalasini batafsilroq ko'rib chiqamiz.

Yangilаndi: 14.04.2025 15:29
 

18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 219
Juda yomon!A'lo! 

18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog'i ko'tarilganida, xorij safarlarida, o'zga davlatlar hududida O'zbekistonimiz bayrog'ini ko'rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog'i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo'lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog'ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog'imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo'lib, xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo'ladi.

Yangilаndi: 17.02.2025 07:54
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 12 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 884
O'qilgan sahifalar soni : 12471073

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)