Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Fan haqida faktlar
Fan haqida faktlar

Science jurnali e'tirofiga ko‘ra 2015 yilning eng e'tiborga molik ilmiy natijalari

E-mail Chop etish PDF

Science jurnali e'tirofiga ko‘ra 2015 yilning eng e'tiborga molik ilmiy natijalari

Science jurnali muqovasi � www.sciencemag.org

"Yangi Gorizontlar" kosmik zondining Pluton ustidan uchib o‘tishi, irsiyatni tahrirlash texnologiyasi - CRISPR/Cas9 hamda, bosh miyada yashiringan limfatik tizim. Aynan shu ilmiy natijalarni Science jurnali o‘quvchilari 2015 yilning eng e'tiborga molik ilmiy yutuqlari sifatida e'tirof etishgan. Orbita.uz ushbu ilmiy natijalar va ularning amaliy ahamiyati haqida qisqacha hikoya qiladi.

Science jurnalining 2015-ilmiy yil yakunlariga bag‘ishlangan soni 18-dekabr, juma kuni nashrdan chiqdi. Yakunlanayotgan yilda qayd etilgan eng e'tiborga molik ilmiy yutuqlarni reytingini tuzish uchun jurnal tahririyati o‘z mushtariylari bilan maslahatlashishni ma'qul ko‘rgan va o‘z saytida kichik so‘rovnoma o‘tkazgan. Tahririyat o‘z saytida mutolaachilarga murojaat qilib, 2015 yilda qayd etilgan va o‘zlari uchun eng maqbul bo‘lgan ilmiy natijalarni belgilashni taklif etadi. Ta'kidlash joizki, Science jurnalining asosiy mushtariylari bu - ilm-fan kishilari bo‘lib, aksariyat mutolaachilar, ilm bilan professional ravishda shug‘ullanuvchi kishilardir. Aytmoqchimizki, so‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati, nimani ko‘zda tutayotganliklari haqida juda yaxshi tasavvurga ega bo‘lgan kuchli mutaxassislar bo‘lishgan. Balki shu tufaylidir, jurnal ko‘zda tutgan top-5 ilmiy natijalar reytingi, yakunda kutilmaganda top-6 ga aylanib ketdi... Keling gapni cho‘zmay, ushbu yakunlanayotgan 2015-yilning eng katta ilmiy natijalari bilan Sizni ham tanishtirsak. Demak:

Yangilаndi: 27.11.2018 11:55
 

Eng uzun so‘z va eng katta formula

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Eng uzun so‘z va eng katta formula

Litseyda ta'lim olayotganimizda sinfdoshlar bilan o‘zbek tilidagi eng uzun so‘z haqida bahs boylashib qolgan edik. Ko‘pchilik singari men ham o‘z taxminlarimni aytganman. Bu bahs bejizga bo‘lmay, yaqinlashib kelayotgan 21-oktyabr, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganliga bag‘ishlab litseyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirda o‘tkaziladigan qiziqarli viktorina savollari ichida shunday savol borligini bilar edik. Baribir savolning javobini bayram kuni ona-tili o‘qituvchimizning o‘zidan eshitganmiz: "elektromexanizatsiyalashtiraolmayotganligimizdandirmikin". Ko‘rib, o‘qib turganingiz juda uzundan-uzoq so‘z, biz sanagan vaqtda naq 51 ta harfdan iborat bo‘lib chiqqan edi. Albatta biz maktabda hali kirill alifbosi amalda bo‘lgan davrda ta'lim olganmiz. Hozirgi lotin alifbosida esa, ш, ё, я, va ц harflari juftlikka aylanib, sh, yo, ya va ts ko‘rinishini olganligi bois, so‘zning yozma shaklining uzunligi yana ortdi.

Lekin men bu maqolada sizlar bilan litsey xotiralari yoki, o‘zbek tilidagi uzun so‘zlar haqida emas, balki, kimyoviy atamalar va formulalarda uchraydigan, talaffuzga juda qiyin uzun so‘zlar va sahifalarda katta o‘lchamlarni egallaydigan formulalar haqida suhbatlashmoqchiman.

Maqolani o‘zbek tilidagi eng uzun so‘zdan haqida boshlashim ham besabab emas. Bir zamonlar kimyoga bag‘ishlangan viktorinalarda ham shunga o‘xshash savollar uchrab turar edi. Xususan, maktab kimyo kursiga oid darslik va qo‘llanmalara uchratish mumkin bo‘lgan eng uzun kimyoviy atama haqidagi savolga, kitobning o‘zida, oxirgi sahifalarida javob berib qo‘yilgan bo‘lib, biz - erinchoq o‘quvchilar, javobni o‘sha yerdan qarab bilib olganmiz: "dixlordifeniltrixlormetilmetan" - 30 ta harfdan iborat. Ko‘pchilik bu birikmaning qisqartma nomi - DDT orqali yaxshi taniydi. DDT bundan bir necha yillar avval, qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda keng qo‘llanilgan vosita bo‘lib, hozirda u haqida kimyo darsliklarida ma'lumot uchratish amri mahol. Agar maktab kimyo darsliklaridan emas, umuman kimyoga oid adabiyotlarda va ilmiy manbalarda uchraydigan eng uzun kimyoviy atamani qidirib ko‘rsakchi?

Yangilаndi: 26.11.2018 09:49
 

Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 45
Juda yomon!A'lo! 

Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar

Tasodifiy ixtiro

1903-yilda farang kimyogari Eduard Benediktus nitroselyuloza bilan to‘la bo‘lgan shisha kolbani tasodifan sindirib qo‘yadi. Shisha sindi, ammo lekin Benediktus xavfsirab yuzini qo‘llari bilan berkitishi bilan qaytib ko‘zlarini ocharkan, sodir bo‘lgan manzaragahayron qoldi: shisha kolba yorilgan bo‘lsa-da, mayda bo‘laklarga bo‘linib sochilib ketmagan edi. U alohida parchalar holida, lekin xuddi ustidan yupqa plyonka bilan o‘zaro biriktirib qo‘yilgan kabi, bir joyda to‘planib turardi. Benediktus ushbu tasodifiy ixtironi avtomobil peshoynalari uchun qo‘llashni tavsiya etdi. Ixtiro avtomobilsozlikda muvaffaqiyat qozonib, bir necha yuzlab (balki minglab) insonlarni, peshoyna singanda shisha bo‘laklari yuziga va tanasiga sachrab sanchilib qolishida saqlab qolgan...

Yangilаndi: 26.12.2018 08:32
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 2 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 879
O'qilgan sahifalar soni : 8856485

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov