Gaz niqobi - protivogaz
Protivogaz - nafas olish organlarini, ko'z, hamda yuz terisini havoda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan zaharli gazlar va toksik moddalardan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasidir.
Protivogazlarning ikki turi, ya'ni, filtrlovchi hamda, izolyatsiyalovchi turlari farqlanadi.
Filtrlovchi protivogazlar odamni o'zi turgan havo muhitidagi zaharli gazlardan himoya qiladi va bu turdagi gaz niqoblarini kiygan holda uzoq muddat ish bajarish, zaharli havo muhitida ishlashda va yurishda davom etish mumkin emas. Chunki, o'z nomiga ko'ra, bu turdagi protivogaz, nafas olinayotgan havo muhitidagi zaharli gazlarni filtrlab ushlab qoladi va nafas olish uchun faqat kislorod gazini o'tkazib beradi. Bunda, kislorod ham aynan o'sha muhitning o'zidan olinadi. Shu sababli ham, bunday protivogazni taqqan holda uzoq turib bo'lmaydi.







Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?
1970-yillar boshida AQSHlik olimlar Reymond Damian, Pol Loterbur hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild birgalikda, magnit rezonans vositasida tana a'zolarining tasvirini olish va qayta ishlash uslubini ixtiro qilishdi. Aniqrog'i, magnit rezonansi yordamida odam a'zolarini tomografiya qilish g'oyasi, dastlab 1971-yilning 2-avgust sanasida, kimyo professori Pol Loterburdan chiqqan edi. Uning bu boradagi tadqiqotlari bayon qilingan "Induksiyalangan mahalliy o'zaro ta'sir vositasida tasvir hosil qilish; magnit rezonansiga asoslangan misollar" - deb nomlangan ilmiy maqolda "Nature" jurnalida chop etilgan. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining eng asosiy tibbiy uskunalaridan bo'lmish MRT shu tarzda ommalasha boshlagan.




