Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Kashfiyotlar tarixi
Ixtirolar va kashfiyotlar tarixi


Jonivorlarda elektr toki yoki, doimiy tok manbaining kashf qilinishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Jonivorlarda elektr toki

yoki, doimiy tok manbaining kashf qilinishi.

XVIII-asrning ikkinchi yarmida, elektr hodisalarining ancha to‘liq o‘rganilishi, biologiya fani uchun ham bir qancha muhim xulosalar yasashga imkon berdi. Jon Uolsh va La-Roshelning ilmiy tajribalari elektr skatning tok chiqarish tabiatini yoritib bergan bo‘lsa, anatomiya mutaxassisi Gunter, elektr skatning elektr chiqaruvchi organlarining aniq tafsilotlarini bayon qildi. Uolsh va Gunterlarning tadqiqotlarining natijalari 1733-yilda e'lon qilindi.

Shunday qilib, Galvanining tajribalarigacha, 1786-yildayoq psixik va fiziologik hodisalarning ilmiy asosi tayyorlangan bo‘lib, jonivorlar tanasidagi elektr hodisalari bo‘yicha ilmiy poydevor allaqachon qo‘yilgan edi. Shu sababdan Liudji Galvani (1737-1798) elektr hodisalarini o‘rganishda avvalo Uolsh va Gunterning jonivorlarda elektr hosil bo‘lishi borasidagi ilmiy xulosalarini o‘rganish bilan boshladi.

Yangilаndi: 18.02.2019 07:51
 

Interferensiya hodisasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Interferensiya

 

Qadimgilar yorug‘likning tabiatini kuzata turib, o‘zaro tutashayotgan ikkita yorug‘lik nuri, kesishgach, yana o‘z yo‘lida hech narsa bo‘lmagandek davom etib ketaveradi degan fikrda bo‘lishgan. Bunday qarashlar asosida yorug‘likning nomoddiyligi va jism xossalariga ega emasligi haqidagi fikr mustahkamlangan. Aslida-chi, qanday edi?

Nyuton eng birinchi bo‘lib yorug‘lik nurlarining o‘zaro ta’siri, yoki optika tilida aytganda yorug‘lik interferensiyasi bo‘yicha tajribalar o‘tkazgan edi. U tirqishdan o‘tayotgan yorug‘lik spektridagi turli rangdagi (ya’ni turli to‘lqin uzunligidagi nurlarni) linza orqali yoyilganda va qayta yig‘ilganda, ularning o‘zaro ta’sirlashayotganligini aniq ravshan ko‘rgan. Tirqishdan oq nur o‘tkazilganda, undan keyin rangdor va kamalakli halqalar paydo bo‘lgan. Agar tirqish orqali ranglarda biri o‘tkazilsa, undan keyingi holatda, qora va rangli halqalar o‘rin almashinish tartibida paydo bo‘lar edi. Ammo Nyuton nima sababdandir, o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda, bu tadqiqotni oxirigacha yetkazmadi.  Fikrimizcha, bu hodisani Nyuton o‘zi tushuna olmagan qandaydir noma’lum fizik hodisalar bilan bog‘lab, ularni tadqiq etish uchun qo‘shimcha tadqiqotlarni olib borish zarur deb bilgan.

Nyuton qo‘yib ketgan mumtoz optika tamal toshi asosida, mazkur fizik hodisaning to‘liq modelini qurgan haqiqiy buyuk tadqiqotchilar XIX asrda paydo bo‘ldi. Ulardan birinchisi Tomas Yung (1773-1829) edi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:56
 

Elektrostatikaning asosiy qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Elektrostatikaning asosiy qonuni

 

Elektr hodisalari o‘zining dastlabki xarakteri – tarqoq holda tadqiq qilinayotgan va alohida olingan qandaydir g‘ayritabiiy hodisalar sifatidagi nuqtai nazarlardan tobora holi bo‘lib borib, mavjud nazariy va amaliy bilimlarni asosiy tamoyillar bo‘yicha yagona g‘oya atrofiga birlashtirilayotgan vaqt XVIII asrning o‘rtalari edi. Elektr hodisalarini o‘rganishda va amaliy tajribalar olib borishda son o‘rniga sifat asosiy ko‘rsatkichga aylanayotgan vaqt yetib kelgandi.

Bunday yo‘nalishdagi faoliyat Peterburglik akademik F. Epinusning (1724-1802) tadqiqotlarida yorqin namoyon bo‘ladi.

Epinus o‘zining tekshirishlarida quyidagi tamoyillarga tayanadi: har qanday jism, o‘zining tabiiy holatida doimo ma’lum elektr miqdoriga ega bo‘ladi. Elektr flyuidi zarrachalari o‘zaro bir birini itarishadi va odatiy moddalarga tortishadi. Elektr effektlari, jismdagi elektr flyuidning miqdori tabiiy holatdagidan ko‘proq yoki kamroq bo‘lib qolganida yuzaga chiqadi.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:53
 

Yonish nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Yonish nazariyasi

XVIII asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar – Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pristli ishlarida bu o‘sha vaqtgacha misli ko‘rinmagan yangi kimyoviy dunyo – gazlar olami namoyon bo‘la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi.  Blek, Kronshted, Bergmann va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko‘tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko‘plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.

XVII va XVIII asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernst Stal (1659 – 1734) «Flogiston nazariyasi» deb ataladigan, mohiyatiga ko‘ra dastlabki kimyoviy nazariyani o‘rtaga tashladi. U o‘z mazmuniga ko‘ra xato bo‘lib chiqqan bo‘lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metalllarni toblash (kalsinatsiya) jarayonlarini yagona nuqtai nazardan bog‘lab o‘rganib, mazkur jarayonlar bo‘yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo‘ldi.

Yangilаndi: 26.03.2018 11:07
 

Kislorodning kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Kislorodning kashf etilishi

Balki hayron qolarsiz, lekin bu fakt: kislorod bir necha marta kashf etilgan!

Kislorod haqidagi dastlabki ma'lumotlar VIII asrga tegishli Xitoylik alkimyogar Mao Xoaning risolalarida uchraydi. Xitoyliklar bu gaz («yyin») - havoning tarkibiy qismi ekanligini bilishgan va unu «boshlanish negizi» deb atashgan. Shuningdek Xitoyliklarga kislorodning pistako‘mir, oltingugurt, va bir qancha metallar bilan birikishi ham ma'lum bo‘lgan. Shuningdek xitoylar kislorodni selitra kabi birikmalardan ajratib ola bilishgan.

Usbu tarixiy ma'lumotlar asta sekin unutilib ketdi. Faqat XV asrga kelib kislorod haqida Leonardo da Vinchi qisqacha eslash tariqasida ma'lumot qoldirib o‘tdi. Uni Gollandiyalik Drebbel ismli shaxs yana yangitdan qayta kashf etdi. Drebbelning shaxsi haqida ma'lumotlar deyarli yo‘q. uning kuchli kashfiyotchi va yirik olim bo‘lgani tayin. Aynan Drebbel suvosti kemasini loyihalagan ilk muhandislardan biri hisoblanadi. Kislorodning kashf etilishi ham aynan suvosti kemasi bilan bog‘liq.

Yangilаndi: 16.12.2017 11:40
 

Yorug‘lik spektri

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Yorug‘lik spektri

1629 yildayoq Rene Dekart nurlarning prizma va turli shakllardagi shishalar bo‘ylab harakatlanish hodisalarini ilmiy asoslab bergan va oynalarni sayqallash mexanizmlarini o‘ylab topgan. Shontland professori Gregori, qavariq ko‘zgular nazariyasiga tayanadigan va o‘z davri uchun mukammal hisoblanadigan teleskop modelini ixtiro qildi. Shu tarzda, o‘sha vaqtlardayoq amaliy optika rivojlanishning nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarildi va o‘sha zamon ilmiy jamoatchilikni o‘ziga ko‘proq jal qilgan fan sohalaridan biriga aylandi.

1666 yilga kelib, Nyuton optik tadqiqotlarni boshladi. Dekart davridan buyon kun tartibida bo‘lib kelayotgan nurning sinishi nazariyasi unchalik ham ilgari siljishga erishmagan edi. Kamalak ranglari va jismalarning rangi haqidagi ilmiy tushunchalar anchayin chalkash bo‘lib, zamon ilm fan arboblarining deyarli barchasi, u yoki bu rangni «qorong‘ulik bilan yorug‘likning ma'lum miqdorlardagi aralashmasi» yoki «ikki xil rangning turli nisbatlardagi aralashmasi» tarzida tushuntirishar edi.

Yangilаndi: 21.12.2017 18:53
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 4 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 873
O'qilgan sahifalar soni : 7752650

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis