Orbita . U Z

Imkon qadar uyda qoling!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Ixtirolar tarixi
Maqolalar

Temir

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Temir

Erkin tabiiy jism holida topilgan temir, misdan farqli ravishda yer qobigida deyarli uchramaydi. Lekin u koplab minerallatning tarkibiga kiradi va rangli metallardan kora ancha keng tarqalgan. Qadimda uni deyarli hamma joydan qazib olish mumkin edi xattoki, botqoqlik, kolmak, yaylovli va boshqa rudalardan ham. Biroq, mis metallurgiyasiga nisbatan temir metallurgiyasi anchagina qiyin jarayon hisoblanadi. Temir 1539 C haroratda eriy boshlaydi. Bunday yuqori harorat qadimgi temirchi ustalar uchun yetib bolmas manzil edi. Shu sababli temir inson hayot faoliyatiga misga nisbatan kechroq kirib keldi. Temirning qurol yarog hamda mehnat asboblari yasash materiali sifatida qollanilish faqat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdagina keng quloch yoza boshladi. Bunga sabab temirni tiklashning temirni maxsus pechlarda (1300-1400 C li gorn pechlarida) rudadan togridan togri tiklash usuli kashf etilishi boldi. Bazi xalqlarning temirni ancha erta ozlashtirgani haqida ham malumotlar mavjud, masalan, kavkaz hududida yashagan qadimgi qabilalar eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq temir rudasidan metall ajratib olishni bilgan ekanlar.

Yangilаndi: 09.08.2013 15:12
 

G‘ildirak va Arava

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

G‘ildirak va Arava

 

Insoniyat tarixidagi eng buyuk ixtirolardan biri bu - g‘ildirak hisoblanadi. Olimlarning tahminicha g‘ildirakning eng qadimgi ajdodi, yo‘g‘on daraxt yog‘ochlarini, yoki og‘ir toshlarni bir joydan ikkinchi joyga eltishda uning tagiga qo‘yib yumalatishda foydalanilgan g‘o‘lalar bo‘lgan ekan. Balkim aynan o‘shanda aylanayotgan jismlarning xususiyatlariga birinchi marta e'tibor qaratilgandir. Masalan yuk ostida g‘ildirayotgan g‘o‘laning o‘rta qismi uning chetlariga qaraganda yupqaroq bo‘lsa, u yuk ostida nisbatan ravon yumalagan va yo‘nalishdan og‘ib ketmagan. Buni payqagan qadimgi odamlar, g‘olani markazini ataylab o‘yib tashlab yoki kuydirib yupqalashtrib, chetki qismlarini esa o‘z holicha qoldirish orqali o‘ziga xos oson yuk yumalatish vositasini yasab olishgan. Bu yo‘nalishdagi keyingi takomillashuvlar natijasida, endi g‘o‘laning ikki chetida to‘liq aylana shaklidagi g‘idiraklar va ular orasida uzun o‘q paydo bo‘ldi. Keyinchalik ularni alohida alohida tayyorlab, so‘ngra o‘zaro mustaxkam tutashtirish usulini yo‘lga qo‘yildi. g‘ildirak shunday ravishda kashf etildi va bunga hamohang holatda arava paydo bo‘ldi. Keyingi bir necha asrlarda g‘ildiraksoz va arava yasovchi ustalarning bir necha avlodi mazkur ixtironi mukammallashtirish borasida doimiy izlanish olib bordilar.

Yangilаndi: 07.06.2018 15:33
 

Qog‘oz

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Qog‘oz

Qog'oz

Qog‘ozni Xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas.

Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o‘zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo‘lgan. Qog‘oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxtachalar, yoki, shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o‘ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o‘g‘ir bo‘lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o‘rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvur qiling, bitta o‘rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo‘lgan ekan? Bunday «Bambukli kitob»ni ko‘tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo‘lgan.

Yangilаndi: 26.11.2018 10:15
 

Yelkan va kema

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Yelkan va kema

Yelkanning ajdodi juda qadimdayoq, odam endigina qayiqlar yasab, dengizga chiqishga jur'at etgan zamonlardayoq paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Dastavval yelkan sifatida yog‘ochlarga mahkamlab bog‘langan hayvon terisi xizmat qilgan. Qayiqda turgan odamga uni doimiy qo‘lda tutib turishga va shamol yo‘nalishiga muvofiq burib - sozlab borishga to‘g‘ri kelgan. Odamlar yelkanlarni mahkamlash uchun machta va to‘sinlardan foydalanishni qachon ixtiro qilgani noma'lum. Lekin, davrimizgacha yetib kelgan qadimgi Misr malikasi Xatshepsut kemalarining tasvirlaridayoq yog‘ochdan ishlangan kema machtasi va to‘sinlarini, shuningdek shtag (machtani orqasiga ag‘anab ketishidan tutib turuvchi chilvir arqonlar) hamda, yelkanni ko‘tarib, tushirishga mo‘ljallangan moslamalarni ko‘rish mumkin. Shu tufayli Yelkanli kemalarning paydo bo‘lishini ham juda qadim zamonlarga bog‘lash o‘rinli. Bu borada ilmiy jamoatchilikning aniq fikri yoq.

Yangilаndi: 17.01.2019 09:21
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 6 sahifasi, jami 7 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 854
O'qilgan sahifalar soni : 6125353

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)