Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Lui Paster

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 51
Juda yomon!A'lo! 

Lui Paster

(1822-1895)

Zamonaviy mikrobiologiya asoschilaridan biri, odamzotni uzoq asrlar mobaynida dahshatga solib kelgan infeksion kasalliklar ustidan g‘alaba qozonishida mislsiz ulkan xizmatlar ko‘rsatgan olim Lui Paster 1822-yilning 27-dekabrida Fransiyaning Yura departamenti, Dol shahrida tug‘ilgan. U tug‘ilgan paytda, otasi allaqachon iste’foga chiqqan harbiy bo‘lib, kichikroq teri oshlash korxonasini boshqargan. Paster oilasi katta va ahil oila bo‘lgan. Oila boshlig‘i – iste’fodagi harbiy Jan-Jozef Paster o‘zi savodsiz odam bo‘lgan uchun, bolalarini yaxshi ta’lim olishini istagan va ularga imkon qadar barcha sharoitni hozirlab bergan.

Yangilаndi: 20.04.2020 15:25
 

Edvin Xabbl

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 27
Juda yomon!A'lo! 

Edvin Xabbl

(1889−1953)

Edvin Xabbl XX-asr ilm-fani uchun tom ma’noda yorqin iz qoldirgan shaxsdir. Olim o‘zidan keyin, uning nomi bilan ataladigan qonuniyat asosida evolyutsion rivojlanuvchi galaktikalar olami va Koinotning muttasil va shiddatli kengayishi bilan bog‘liq favqulodda ulkan ilmiy meros qoldirdi. Uning astronomiya sohasida amalga oshirgan kashfiyotlari ko‘lami shu qadar ulkanki, bejizga Xabbl Kopernik zamonasidan buyon dunyoga kelgan eng buyuk astronom deb e’tirof etilmagan.

Edvin Xabbl 1889-yilning 20-noyabr sanasida AQSHning Missuri shtatidagi Mensfild nomli kichik shaharchada dunyoga kelgan. Uning ajdodlari Amerikaga Angliyadan ko‘chib kelishgan bo‘lib, Xabblar shajarasi bu shaharda XVI-asrdan buyon yashab kelgan. Edvin Xabblning otasi Jon Paul Xabbl sug‘urta agenti, onasi Virginiya Jeyms esa uy bekasi bo‘lgan. Xabbl doim o‘z oilasi, ayniqsa ota-onasi haqida eslaganda entikib, samimiy jilmayish bilan yodga olar edi. U doim o‘z do‘stlariga, ota-onasining naqadar mehribon va o‘zaro ahil oila bo‘lishgani haqida gapirib bergan. Haqiqatan ham, Xabbllar oilasi o‘z yaqinlari ichida katta hurmat qozongan, mustahkam va ahil oila bo‘lgan. Xabbllar oilasida Edvindan tashqari yana 7 ta farzand bo‘lgan. Edvin Xabblning ona tomondan bobosining uyida eng oddiy, havaskor teleskop mavjud edi. Bo‘lajak astronom olim, falakkiyot ilmiga qiziqishni aynan shu teleskop orqali, bobosi yordamida shakllantirib borgan.

Yangilаndi: 19.11.2019 17:57
 

Ervin Shryodinger

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Ervin Shryodinger

(1887-1961)

XX-asrning eng buyuk fizik olimlaridan biri, Ervin Shryodinger 1887-yilning 12-avgustida Venada tug‘ilgan. Uning otasi Rudolf Shryodinger kleyonka ishlab chiqaradigan fabrikaning xo‘jayini bo‘lgan. Badavlat oila boshlig‘i bo‘lgan Rudolf Shryodinger, shuningdek, mohir rassom, hamda, botanika fanining o‘z mamlakatida ko‘zga ko‘ringan bilimdoni hisoblangan. Ervin Shryodinger esa oilada yagona farzand bo‘lgan. Boshlang‘ich ta’limni ham Ervinga otasi Rudolfning o‘zi bergan. O‘qishni, yozishni va arifmetikani otasidan o‘rgangan Ervin, u haqida doim «charchoqni bilmaydigan ustoz va do‘st» deb ta’rif berar edi. Haqiqatan ham, otasi yosh bolakay og‘li Ervinning har qanday savollariga erinmay, batafsil va tushunarli qilib javob berishi, uning yanada va yana savolga ko‘mib tashlashiga nisbatan sabr-toqat bilan o‘rgatishda davom etishi tufayli, Shryodinger yoshligidayoq mukammal ensiklopedik bilimga ega shaxsga aylanishida katta xizmat qilgan.

Yangilаndi: 12.08.2019 14:39
 

Zaruriyati yo‘q narsani ixtiro qilmang – Edison haqida qiziq faktlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Zaruriyati yo‘q narsani ixtiro qilmang – Edison haqida qiziq faktlar

Tomas Alva Edison 1847-yilning 11-fevralida AQSHnig Ogayo shtatida tug‘ilgan. U Kanadada tug‘ilishi ham mumkin edi. Chunki, uning ota-onasi asli Kanadalik bo‘lishgan. Biroq, Edisonning otasi Kanadadagi 1837-yilgi qo‘zg‘olonda ishtirok etgani uchun hukumat ta’qibidan qochib yurgan va qochqin oila o‘shanda Ogayodagi Maylen shaharchasiga kelib o‘rnashib qolgan. Tomas Edison tug‘ilganida juda nimjon va tez-tez kasallanadigan nozik bola bo‘lgan. Lekin, uning ziyrakligi hammani hayratda qoldiradigan darajada bo‘lgan ekan. U to‘qqiz yoshida, o‘zining ilk ilmiy-ommabop kitobi - «Tabiiy va eksperimental falsafa» asarini o‘qib chiqadi. O‘zida ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqni aynan ushbu kitob uyg‘otganini u bir umr eslab yurgan. Mazkur kitobda XIX-asrning birinchi choragigacha amalga oshirilgan barcha muhim ilmiy kashfiyot va ixtirolar haqida sodda va tushunarli tilda bayon qilingan bo‘lib, oddiy odamlar uy sharoitida qilib ko‘rishi mumkin bo‘lgan kichik ilmiy tajribalar ham keltirilgan edi. Edison kitobdagi barcha tajribalarni qilib ko‘rgan va texnik ixtirolarga qattiq qiziqib qolgan. Insoniyat tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan ixtirochilardan birining tarixi shu tariqa boshlangan.

Yangilаndi: 11.02.2019 12:54
 

Maykl Faradey

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 28
Juda yomon!A'lo! 

Maykl Faradey

Faradey o‘z umri davomida shunchalik ko‘p ixtiro va kashfiyotlar qilganki, ular asosida yana boshqa o‘nlab olimlar o‘z nomini fan tarixiga muhrlashi mumkin edi.

Maykl Faradey 1791-yilning 22-sentyabrida Londonda tavallud topdi. U tug‘ilgan joy Londonning eng qashshoq mahallalaridan biri edi. Faradeyning otasi oddiy temirchi usta, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Ular otxona ustiga qurilgan bostirma uyda yashashgan. Faradeyning bolalik yillari shunday og‘ir sharoitda, moddiy nochor ahvolda o‘tgan. U muttasil to‘yib ovqatlanmaslik va yupun kiyinishga majburligi tufayli juda nozik bola bo‘lgan.

Maykl Faradey maktab yoshiga yetgach, ota-onasi unga boshlang‘ich ta'lim berish uchun yaqin oradagi maktabga berishadi. Maktabda esa kambag‘al oila farzandlari uchun mo‘ljallangan eng birlamchi minimum o‘quv dasturi bilan cheklanilgan. Shunga ko‘ra, Maykl o‘qishni, yozishni va sanashni o‘rganib olishi bilan uni yana maktabdan chiqarib yuborishgan. Boshqa bilimlar, xususan, matematika, biologiya, tarix singari jiddiy fanlarni o‘zlashtirishga maktabda imkon berilmasdi va buning uchun pullik maktablarga borsh kerak edi. Lekin bunga Faradeylar oilasining moddiy imkoni yetmasdi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:05
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 11 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11852644

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis