Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Iogann Kepler

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Iogann Kepler

(1571-1630)

Nikolay Kopernik asos solgan astronomik kuzatuvlar uslubi va astronomik jadvallarning Ptolomey zamonidan beri, ya'ni deyarli ikki ming yil davomida qo‘llanilgan jadvallardan sifat va aniqlik bobida ancha ustun bo‘lgani haqida yuqorida ta'kidlagan edik. Kopernikning vafotidan keyin, butun Yevropa bo‘ylab uning jadvallari keng tarqaldi va barcha astronom olimlar Kopernik usuli va jadvallari asosida ish yurita boshladilar. Biroq, tez orada Kopernik jadvallarining ham, osmon jismlari ayniqsa, sayyoralarning amaliy kuzatuv natijalaridan farq qilayotganligini sezib qolishdi.

Ilg‘or fikrli olimlar uchun Kopernik ta'limotining mutlaqo to'g'ri ekanligi kundek ravshan edi. Biroq sayyorlar harakati qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish va tadqiq qilish zarur bo‘lib, bu borada Kopernik ta'limotida mavhum qolib ketgan savollar anchagina bo'lgan.

Sayyoralar harakati qonuniyatlarini jiddiy o‘rganishga kirishgan va ularni o‘rta asrlar uchun o‘ta aniqlikda hisoblay olgan birinchi olim - Olmoniyalik Iogann Kepler bo‘ldi.

Yangilаndi: 27.12.2018 14:18
 

Fransua Viet

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Fransua Viet

(1540-1603)

"Vietning barcha asarlaridan uning yuksak zakovati toshib, sizib chiqib turar edi..."

V.V. Seyten

Fransua Viet - mashhur farang matematigi, u algebraik shakl almashtirishlarning zamonaviy ko‘rinishiga asos solgan bo‘lib, tenglamalar uchun umumiy formulalarni harflar orqali ifodalashning asoschilaridan biri.

Viet tenglamadagi noma'lumlarnigina emas, balki, berilganlarni ham harfiy ifodalashni birinchi bo‘lib fanga joriy qildi. Bu orqali matematikaga yangicha yo‘nalish, tenglamalarni ma'lum tamoyillar orqali umumlashtirish - universal formulalar ko‘rinishiga keltirish kabi buyuk g‘oyani ilm fanga tadbiq etdi. Vietning bu ilmiy innovatsiyasi, uyg‘onish davri matematikasining mantiqiy yakunlanishi, va zamonaviy algebraning tamal toshi qo‘yilishi bo‘lib, Nyuton, Ferma, Dekartlaring ilmiy natijalari aynan Vietning matematik poydevori ustiga qurilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Yangilаndi: 15.01.2019 10:08
 

A.S. Popov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

A.S. Popov

 

Siz qaysi radioni eshitasiz? - «O‘zbekiston»nimi, «Mash'al»nimi, yoki, «Vodiy sadosi»nimi? balki «Yoshlar»ni eshitarsiz? Hozir tinglovchi o‘z didiga munosib radiokanalni topishi oson. Radiokanallar soni ham ko‘p, ularning efir vaqti ham kechayu-kunduz. Lekin o‘sha sevimli radioingizni tingalyotganingizda hech o‘ylab ko‘rganmisiz, shunday ajoyib ixtiro - radioning muallifi kim ekan deb?

G‘arbning ba'zi g‘arbparsat tarixchilari radioning ixtirochisi sifatida italyan muhandisi Gilyelmo Markonini (1874-1937) e'tirof etishadi. Lekin radioni ilk bor rus fizik olim Aleksandr Popov ixtiro qilgan. O‘z kashfiyotini u ilk marotaba namoyish qilganida 1895- yilning 7-mayi edi. O‘sha kundan buyon 7 may butun dunyoda, xususan, vatanimiz - O‘zbekistonda ham radio kuni sifatida bayram qilinadi.

Yangilаndi: 07.05.2019 08:27
 

Barbara Mak-Klintok

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Barbara Mak-Klintok

(1902 - 1992)

Barbara Mak-Klintok genetika sohasining eng yuksak ilmiy salohiyatga ega olima va tadqiqotchisi bo‘lib, u genetika sohasidagi ilmiy izlanishlari natijasida 1983-yilda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishlaridagi  Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

 

Barbara Mak-Klintok 16-mart 1902-yilda AQSHning Konnektikut shtati, Xartford shahri tavallud topgan. Keyinchalik ularning oilasi Nyu Yorkka ko‘chib o‘tdi va Barbara Bruklindagi o‘rta maktabda o‘qiy boshladi. Uning onasi Barbaradagi tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishni ma’qullamas edi. Lekin baribir, uning 1919-yilda Nyu York shtatidagi Itake shahri, Kornell universitetiga o‘qishga kirishiga to‘sqinlik qilmadi. U mazkur universitetda Botanikadan chuqur ta’lim oldi. 1923-yili bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. Bir yil avval u genetika bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. 1927-yilga kelib Barbara Mak-Klintok fan doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Lekin, o‘sha vaqtda Kornell universitetida ayollarning genetika bilan shug‘ullanishi qat’iy ta’qiq ostida bo‘lgani uchun, Barbara Mak-Klintokning ilmiy unvoni rasman Botanika yo‘nalishida qayd etilgan edi. Shu yildan e’tiboran olima ayol, o‘zi ta’lim olgan universitetda Botanika fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Olimaning mazkur o‘quv yurtidagi O‘qituvchilik faoliyati 1931-yilgacha davom etdi.

Yangilаndi: 24.03.2018 12:49
 

Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Nikolay KopernikNikolay Kopernik

(1473-1543)

Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida Polshaning Toruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo‘lib, bu shaharga Germaniyadan ko‘chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. o‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to‘qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo‘lajak olim roppa rosa o‘n yoshga to‘lgan vaqtda to‘satdan qayg‘uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o‘lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o‘zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, uning o‘qishi va tarbiyasi muammolari tog‘asi

Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zining ilmiy faoliyatiga asos bo‘ladigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o‘zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to‘lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o‘rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi.

Yangilаndi: 15.01.2019 10:45
 


Maqolaning 9 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 814
O'qilgan sahifalar soni : 4556447

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)