Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Yulius Robert fon Mayer

E-mail Chop etish PDF

Yulius Robert fon Mayer

Yulius Robert fon Mayer (nemischa Julius Robert von Mayer) - olmon vrachi va fizigi. U 1814-yilning 25-noyabrida, Germaniyaning Haylbronn shahrida tug‘ilgan. o‘rta maktabni tugatgach, Tyubingen universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan. U avvaliga fizika va matematika kurslariga qatnashmagan, biroq, kimyoni ancha mukammal o‘zlashtirgan. Mayer Tyubingen universitetida ta'limni to‘liq yakunlay olmagan. Uni ta'qiqlangan yig‘inlarda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan va 6 kunlik hibsda saqlanganidan so‘ng ozod qilingan. Shundan so‘ng, Mayer Tybingenda qolmaslikka qaror qilib, avval Myunxen, keyin Vena va Parijga ketadi va o‘qishini ushbu shaharlarda davom ettiradi. 1838-yilda u Tyubingenga qaytib, imtihonlarni topshiradi va o‘z dissertatsiyasini himoya qiladi.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:17
 

Nikolya Leonard Sadi Karno

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Nikolya Leonard Sadi Karno

Sadi Nikolya Karno (fransuzcha - Nicolas Leonard Sadi Carnot) - mashhur fransuz harbiy muhandisi, fizik va matematik. U 1796-yilning 1-iyunida, Parijda, mashhur siyosatchi va matematik Lazarra Karno oilasida dunyoga kelgan.

Karno malakali boshlang‘ich ta'limni o‘z uyida olgan. 1812-yilda Buyuk Karl nomidagi maxsus litseyni tamomlab, o‘sha vaqtlardagi Yevropaning eng nufuzli bilim yurtlaridan bo‘lgan Parij Politexnika maktabiga o‘qishga kirgan. 1814-yilda, Politexnika maktabi reytingida, a'lochilar safida 6-o‘rin bilan, Mets shahriga, oliy harbiy Muhandislik maktabiga yo‘llanma bilan yuboriladi. 1816-yilda, maxsus harbiy muhandislik polkiga jo‘natilgan. U bir necha yil harbiy xizmat o‘tab, 1819-yilda, Bosh shtabning Parij korpusi leytenanti unvonini egallaydi (maxsus tanlovda g‘olib chiqib) va Parijga qaytadi. Karno Parijda o‘qishni qaytadan boshlaydi va ilmiy izlanishlarga kirishadi. Sorbonna, Kolej de Frans, San'at va Hunar konservatoriyasi kabi nufuzli bilim yurtlarida ma'ruzalar tinglaydi.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:18
 

Evanjelista Torichelli

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Evanjelista Torichelli

Evanjelista Torichelli (italyancha - Evangelista Torricelli) - italyan matematigi, fizik. Galileo Galileyning shogirdi. Fizikada atmosfera bosimining kashf etilishi tarixi va atmosfera bosimini o‘lchagan ilk olim sifatida mashhur. Torichelli shuningdek, mexanika va boshqa bir qancha ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarda Galileyning izlanishlarining davomchisi bo‘lgan.

Evanjelista Torichelli 1608-yilning 15-oktyabrida Italiyaning Faensa shahrida tug‘ilgan. Otasidan erta ajralgan Torichellini ilm ko‘rgan ruhoniy bobosi tarbiyaladi. Bobosi keyinroq Torichellini iezuitlar maktabiga bergan; 18 yoshida esa matematikadan bilim olishi uchun Rimga yuboradi. Rimda Torichelli, Galileyning izdoshi va maslakdoshi bo‘lgan olim Bendetto Kastelli (1577-1644) bilan yaqin aloqada bo‘lib, do‘stlashadi. Torichelli u orqali Galileyning mexanikaga oid ishlari bilan ilk marotaba tanishadi. Galileyning ishlari yosh Torichellida juda katta taassurot uyg‘otadi. Aynan Galileyning asarlari ta'siri ostida, 1640-yilda Torichellining ' Harakatni tabiiy tezlantiruvchi haqida" nomli asari nashrdan chiqadi. Ushbu asar haqida xabar topgan Galiley, yosh Torichellini o‘z huzuriga, Archetri shahriga taklif etadi. Torichelli Galileyni o‘zi uchun ustoz deb bilgan. 1642-yilda Galiley vafot etgach, uning ilmiy ishlarini davom ettirish uchun aynan Torichelli eng munosib nomzod deb topiladi va uni Florensiya universitetining matematika va fizika kafedrasiga rahbarlikka tayinlashadi.

Yangilаndi: 25.02.2019 12:52
 

Anders Selsiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Anders Selsiy

Anders Selsiy (shvedcha - Anders Celsius) - shved astronomi, geolog, meteorolog.

1701 yilning 27-noyabrida Shvetsiyaning Uppsala sharida tug‘ilgan. Uning avlodi, xususan, otasi va har ikkala bobosi, shuningdek amakisi ham o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan olim va ziyolilari bo‘lishgan. Xususan, amakisi Ulof Selsiy (1670-1756), taniqli sharqshunos, tarixchi va botanik bo‘lgan ekan. Anders Selsiy, boshlang‘ich ta'limni o‘z oilasida olgach, Uppsala universitetiga o‘qishga kiradi. Uning oliygohdagi ilmiy rahbari, mashhur astronom Jak Kassini bo‘lgan. 1730 yildan e'tiboran, o‘zi ta'lim olgan universitetda, matematika va astronomiya fanlari professori lavozmida ishlay boshlaydi.

Anders Selsiyning nomini ilm-fan tarixiga muhrlagan narsa, uning haroratni o‘lchash uchun taklif etgan qulay o‘lchov shkalasi bo‘lib, olim 1742 yilda, amaliy o‘lchashlar uchun, muzning erishi (suvning muzlashi) va suvning qaynashi haroratlarini tayanch nuqtalar sifatida tanlab olib, ular orasidagi 100 bo‘linmalik shkaladan foydalanishni tavsiya etgan edi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Selsiyning o‘zi avvaliga, muzning erishini 100 °C, suvning qaynashini esa 0 °C deb qabul qilgan; shkalani bizga tanish holatga keltirgan olim esa, ingliz botanigi Karl Linney bo‘ladi. Aynan Linney, 1745 yilda (ya'ni, olimning o‘limidan bir yil o‘tib) Selsiy shkalasi uchun hozirgi ko‘rinishni tadbiq etib, ilm-fanga joriy qilgan edi.

Yangilаndi: 27.11.2018 08:02
 

Tomas Iogann Zeebek

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Tomas Iogann Zeebek

Tomas Iogann Zeebek - (nemischa Thomas Johann Seebeck) - olmon fizigi, termoelektr hodisasini kashf qilgan hamda tarixda birinchi termoparani ixtiro qilgan olim.

Iogann Zeebek 1770-yilning 9-aprelida, o‘sha vaqtlarda Rossiya imperiyasiga qarashli bo‘lgan Revill (hozirgi Estoniya davlatining poytaxti Tallin) shahrida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni Gustaf Adolf nomli gimnaziyada, oily ma'lumotni esa Gettingen universitetida, tibbiyot yo‘nalishida olgan. U avvaliga Yena, Bayreyt va Nyurnberg shaharlarida xususiy t5arzdagi shifokor-vrach bo‘lib ish olib boradi. 1818-yilda esa Berlinga joylashib, ilmiy faoliyatini boshlab yuboradi. Tez orada uni Berlin Fanlar Akademiyasiga a'zolikka qabul qilishadi.

Zeebekning ilk ilmiy muvaffaqiyatlari optika sohasida bo‘lgan. Xususan u farang fizigi Bio bilan deyarli bir vaqtniong o‘zida, bir va ikki o‘qli kristallardagi yorug‘lik qutblanishi hodisasini kashf etadi. Shuningdek uning, akustikaga doir bo‘lgan, tovush chiqarayotgan jismning harakatining, tovush balandligiga ta'siri borasidagi tadqiqotlari, hamda, Quyuosh spektridagi issiqlik nurlanishlarining taqsimlanishining tadqiqotlariga bag‘ishlangan izlanishlari, katta shuhrat keltirgan. Bundan tashqari olim, yorug‘likning jismlarga o‘tkazadigan kimyoviy ta'siri borasidagi izlanishlari ham ma'lum.
Tomas Iogann Zeebek ochgan va hozirgi kunda ham o‘zining katta samaradorligi bilan afzalliklarini namoyon qilib kelayotgan eng ajoyib kashfiyot esa bu termoelektr hodisasidir. Unga ko‘ra, ikki xil turli jinsli metallar juftligidan tayyorlangan o‘tkazgich simlardan iborat termojuftlikning o‘zaro kavsharlangan bir uchini issiqlik obyektiga tushirilsa, issiqlik ta'sirida simlarda elektr yurituvchi kuch (EYuK), simlarning erkin uchlarida esa potensiallar farqi yuzaga keladi. Ushbu farqni (kuchlanishni) o‘lchash orqali, obyektdagi harorat haqida ma'lum axborotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Ushbu effekt fanda, olimning sharafiga, uning nomi bilan "Zeebek effekti" deb atala boshladi va Iogann Zeebek, termopara asbobining ilk ixtirochisi sifatida tarixda qoldi. Zeebek 1821-yilda yasagan ilk termopara, mis-vismut juftligidan iborat bo‘lgan. Uning 1821-yilda Prussiya Fanlar Akademiyasiga taqdim qilgan "Ba'zi rudalar va metallarda, haroratlar farqi yuzaga kelgan sharoitlarda paydo bo‘luvchi magnit qutblanishi masalalari" nomli asarida, o‘zining mazkur sohaga oid tajribalari va natijalarini bayon qilgan bo‘lib, ushbu ish, Prussiya Fanlar Akademiyasining 1822-yildagi hisobotlarida chop etilgan.

Tomas Iogann Zeebek, 1831-yilning 10-dekabrida Berlinda vafot etgan.

Yangilаndi: 09.04.2019 08:43
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 807
O'qilgan sahifalar soni : 4467271

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov