Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Serqirra daho. Jon fon Neyman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Serqirra daho. Jon fon Neyman

Jon fon Neyman XX asrning eng yirik matematiklaridan biri. U avvaliga o‘yinlarning matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Keyin esa, ko‘plab jarayonlarni ushbu nazariya orqali ifodalash mumkinligini ko‘rsatib berdi. Fon Neymanning ilmiy salohiyati faqatgina nazariy matematika bilan cheklanib qolmay, balki, matematikani boshqa ko‘plab ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarga tadbiq qilish bilan namoyon bo‘lgan. U qaysi fan sohasiga qo‘l urmasin ulkan amaliy natijalarni qayd etdi.

Jon fon Neyman. Manxetten loyihasidagi ishtiroki paytidaYanosh Layosh Neyman - bu Jon fon Neymanning asl ismi-sharifidir. Yanosh Neyman 1903-yilning 28-dekabrida Budapeshtda tug‘ilgan. Uning otasi Miksa Neyman bankir, onasi Margaret Kann esa yirik boy tijoratchining qizi bo‘lgan. Yanosh (uni erkalatib Yanchi deb chaqirishgan) Neyman juda iqtidorli bo‘lib, bolaligidan boshlab matematikaga jiddiy qiziqqanligiga qaramay, otasi uni kimyogar bo‘lishini istagan ekan. U 6 yoshligidayoq hatto sakkiz xonalik sonlarni ham qog‘oz-qalam ishlatmasdan, bemalol dilda qo‘shib, ayrib, ko‘paytish va bo‘lish amallarini bajara olgan ekan. 8 yoshida esa u matematik analizga oid masalalarni mustaqil hal qila olgan. 1911-yilda u lyuteran gimnaziyasiga o‘qishga kiradi. 1913-yilda uning otasi zodagonlik maqomini oladi va endilikda qahramonimiz ham, Avstro-Vengriya Imperiyasi an'analariga muvofiq ravishda, o‘zining asl Yanosh Neyman ismini zodagonlik maqomiga moslab Yanosh fon Neyman shakliga o‘zgartiradi.

Yangilаndi: 17.12.2018 08:38
 

Ayzek Azimov

E-mail Chop etish PDF

Ayzek Azimov
(Isaak Yudovich Azimov)

Ayzek AzimovIlm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlardan tashqarida, oddiy xalq orasida ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng ustivor qismi bo‘lgan ilm-fan sohasiga taaluqli ma'lumotlar, ham qiziqarli hamda kundalik turmushda asqotadigan foydali ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayniqsa ommobop-ma'rifiy ilmiy asarlar vositasida, yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziqtirish, iste'dodli yoshlarni tegishli ilm yo‘nalishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bunday muddaoga amalda erishmoq uchun esa, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq tilda bayon qiluvchi malakali yozuvchilar maydonga chiqishadi. Bunday yozuvchilarni jahon va yurtimiz adabiyotidan juda ko‘plab misollar orqali keltirishimiz mumkin. Ilmiy-ommabop va fantastik asarlar yozuvchilari orasida eng mashhuri va ta-bir joiz bo‘lsa, janr Shekspiri - atoqli amerika yozuvchisi, biokimyogar mutaxassis, fan doktori - Ayzek Azimov sanaladi. Ushbu maqolamizda, barcha davrlaning eng yetuk fantasti yozuvchisi bo‘lmish Azimov hayoti va ijodi haqida so‘z yuritamiz.

XX-asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin namoyondasi, amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920-yil 2-yanvar sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovichi shahrida, tegirmonchi oilasida tug‘ilgan. Unga ona tomondan bobosining xotirasi uchun, bobosining ismini qo‘yishgan ekan.

1923-yilda Azimovlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi. U o‘zi haqida xazil aralash "ota-onam meni chamadonda olib kelishgan"der edi. Ular Bruklinda joylashib, qandolatchilik do‘koni ochishadi.

Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-Stayvesant maktabiga o‘qishga boradi. 1935-yili 15-yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga o‘qishga kiradi. Lekin u o‘qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej butunlay yopiladi va u o‘qishni boshqa ta'lim muassasida - Kolumbiya universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakultetida davom ettirishga qaror qiladi. 1939-yilda u mazkur universitetning kimyo fakulteti bakalvr diplomini, 1941-yilda esa magistr diplomini qo‘lga kiritgan. Kimyo bo‘yicha ilmiy ishlarni davom ettirish uchun aspiranturaga kirgan Ayzek Azimovni, 1942-yilda Filadelfiyadagi harbiy kemasozlik korxonasiga kimyogar mutaxassisligi bo‘yicha ishga jalb qilinadi. 1945-yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga chaqirishdi. 1946-yilning iyuligacha armiya safida bo‘lgan Azimov, shu yili xizmatni o‘tab Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 1948-yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo doktori (PhD) darajasiga erishgan. 1979-yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti professori maqomigacha ko‘tarilgan.

Yangilаndi: 18.12.2018 09:17
 

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

Birlashgan Qirollikda davlat va jamiyat uchun buyuk xizmatlar ko‘rsatgan shaxslarga Ritsarlik maqomi hamda, Ser unvoni berilishi tarixiy an'ana sanaladi. 1994-yilda zamonamizning eng nomdor olimlaridan biri, fizika, matematika, hamda, inson tafakkurining neyrofiziologik jihatlarini tadqiq qilish borasidagi eng ilg‘or tadqiqotlar muallifi Rojer Penrouz ham, qirolicha Elizaveta II tomonidan Angliyaning mazkur yuksak unvon va maqomlari bilan taqdirlandi. Haqiqatan ham u tom ma'noda zamonamiz ilm-fanining shavkatli ritsaridir. Keling, uning tarjimai holi va ilmiy faoliyati haqida ushbu maqola orqali imkon qadar batafsil to‘xtalamiz.

Ser Rojer Penrouzning ota-onasi tibbiyot mutaxassislari bo‘lishgan. Chunonchi uning otasi Laynoel Sharplz Qirollik Jamiyati a'zosi bo‘lib, tibbiy genetika bo‘yicha o‘z davrining yetakchi mutaxassislaridan sanalgan. Qahramonimiz Rojer Penrouz otasining 1931-yilda Kolchester shahrida o‘tkazilgan maxsus ilmiy tadqiqot dasturida ishtirok etayotgan paytida, o‘sha yilning 8-avgust sanasida dunyoga kelgan.

Penrouzlar oilasi ilm-fanga nisbatan e'tiqodiy darajada yondoshadigan oila bo‘lgan. Ularning oilaviy yalpi aqliy salohiyatidan shu narsa yaqqol darak beradiki, oilada Rojerdan boshqa farzandlar ham kuchli ilmiy salohiyatli olimlar bo‘lib yyetishishgan. Xususan, akasi Oliver Penrouz ham Rojer singari fizik va matematik mutaxassis bo‘ib yetishgan bo‘lsa, uning ukasi Jonatan Penrouz esa, kasbi bo‘yicha psixolog, shuningdek Britan orollarida dong‘i ketgan mashhur shaxmatchi bo‘lib tanilgan. Ma'lum sabablarga ko‘ra, Penrouzlar oilasi 1939-yilda avval AQSH va keyin Kanadaga ko‘chib o‘tadi. Aynan shu paytlarda Rojerda matematikaga nisbatan ishtiyoq paydo bo‘la boshlaydi. Chunki bu vaqtlarda uning ota-onasi ham mazkur fan bilan qattiq berilib shug‘ullanar edi. Ayniqsa otasi o‘zi genetik bo‘lishiga qaramay, geometriyaga mukkasidan ketar darajada ishtiyoq bilan yondoshgan.

1945-yilda Yevropa II-jahon urush olovidan qutilgach, Penrouzlar yana Angliyaga qaytib kelishadi va Londonga joylashishadi. Ota Penrouz London Universitet Kollejida odam genetikasi fanidan professor unvoni bilan ishlay boshlaydi. U farzandlarini ham aynan shu dargohda ta'lim olishlarini istagan. Ayni istakka ko‘ra Rojer ham mazkur kollejga o‘qishga kiradi. Kollejdagi o‘qish yakuniga ko‘ra unga ota-onasi oilaviy an'analarni davom ettirishni, ya'ni tibbiyot xodimi bo‘lib yetishishi uchun, biologiya va kimyo yo‘nalishi mutaxassisligini taklif etishadi. Lekin Rojer ularning xafsalasini pir qilgancha, fizika va matematika sohalarini o‘zi uchun istiqbolli deb tanlaydi.

Yangilаndi: 19.12.2018 07:52
 

Klayd Tombo

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Klayd Tombo

Klayd Tombo 4-fevral, 1906-yilda AQSHning Illinoys shtatida, ijaraga yer olib dehqonchilik qiluvchi fermer oilasida tug‘ilgan. 12-yoshidan boshlab astronomiya bilan jiddiy qiziqib shug‘ullana boshlagan. o‘rta maktabni tugallagach, keyingi ta'limni olish uchun mablag‘i yetmaganligi bois, mustaqil shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. U o‘zining yasama teleskopida Oy va Marsning tasvirlarini olib, Louell rasadxonasiga yuborgan. Rasadxonadagi yuqori malakali astronomlarning hayratiga sabab bo‘lgan bu fototasvirlar, o‘zining aniqligi va sifati tufayli, Tombo ushbu nufuzli rasadxonaga ishga taklif etilgan. Aynan Louell rasadxonasida, 1930-yilning 18-fevral kuni, Klayd Tombo o‘zining eng olamshumul kashfiyoti - Pluton sayyorasini kashf qildi. Shuningdek u, Plutonni qidirish ishlari mobaynida, yangi kometa va yuzlab ilgari fanga noma'lum bo‘lgan asteroidlarni ham ochdi. Tombo 1932-yilda Kanzas universitetiga o‘qishga kirib, 1936-yilda bakalavr diplomiga ega bo‘ldi. U 1943-yilgacha Louell rasadxonasida ishladi. 1943-45 yillarda esa, Arizona kollejida, 1945-46 yillarda esa Kaliforniya universitetida dars berdi. 1946-yildan boshlab Las-Krus laboratoriyasida, 1955-yildan boshlab esa, Nyu-Meksiko universitetida ishladi. 1965-yilda Nyu-Meksiko universiteti professori, 1973-yildan esa faxriy professor unvonlariga ega bo‘ldi. Klayd Tombo Plutonni ochganligi uchun maxsus medal (Uilyam Gershel tasviri tushirilgan) va Buyuk Britaniya Qirollik ilmiy jamiyatining Astronomiya uyushmasi tomonidan maxsus oltin medal bilan taqdirlangan. Tombo 1934-yilda Patrisiya Edisonga uylangan va umrining oxirigacha o‘z oilasiga sodiq yashagan. U o‘zidan bir o‘g‘il, bir qiz qoldirgan. Klayd Tombo 1997 yilda Nyu-Meksiko shtatidagi, Las-Kruses shahrida olamdan ko‘z yumgan. Tomboga oid qiziq ma'lumot: o‘rta maktabni bitiruv oqshomida, sinfdoshlari u haqida dastxat-esdaliklar kitobiga "U yangi olamlarni kashf etadi" degan qaydni qoldirishgan ekan.

Yangilаndi: 19.12.2018 07:59
 

Stiven Xoking - inson irodasiga qo‘yilgan haykal

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Stiven Xoking - inson irodasiga qo‘yilgan haykal

1941-yilning ikkinchi yarmida minglab ingliz oilalari imkon qadar Oksford va Kembridjga ko‘chib o‘tishga intilishardi. Lekin bu intilish mazkur shaharlarning mashhur oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun emas, balki o‘z jonlarini omon saqlash, bolalarni ehtiyotlash maqsadini ko‘zlardi. Fashistlar Germaniyasi va Angliya hukumatlari o‘rtasidagi o‘ta kam sonli kelishuvlardan biriga ko‘ra, qarama-qarshi tomonlar, Angliyada Kembrij va Oksfordni, Germaniyada esa Geydelberg va Gyottingenni harbiy harakatlarda holi tutishga rozi bo‘lishgan. Otasi tropik kasalliklar bo‘yicha mutaxaassis vrach, onasi esa kotiba bo‘lib ishlagan Xokinglar oilasi ham, 1941-yilda London osmonida Lyuftvaffe bombardimonchilari muntazam paydo bo‘la boshlagach, poytaxatni tashlab, vaqtincha Oksfordga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishdi. Taqdirning shunday taqozosi bilan, biz ushbu maqola orqali tanishtirmoqchi bo‘lgan olim, zamonamizning eng nufuzli nazariyotchi fiziklaridan bo‘lmish Stiven Xoking 1942-yilning 8-yanvarida, Oksfordda dunyoga keldi. U o‘zining tavalludini, zamonaviy fizika fanining otasi bo‘lmish Galileyning vafotidan roppa-rosa 300 yil o‘tib yuz berganiga hech qanday ramziy ma'no bermaydi. o‘zining ta'biri bilan aytganda, "axir aynan shu kuni yana ikki yuz mingga yaqin boshqa chaqaloqlar ham tug‘ilgan edi".

Yangilаndi: 27.11.2018 11:51
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 824
O'qilgan sahifalar soni : 4835068

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis