Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Noyob Yer gipotezasi

Noyob Yer gipotezasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Noyob Yer gipotezasi

Biz Koinotdagi yagona ongli hayot vakili bo‘lsak kerak...

Yerdagi hayot bir necha muhim va nozik omillarning o‘ta muvaffaqiyatli uyg‘unligi, xuddi, favqulodda omadli baxtli tasodif singari moslik natijasida vujudga kelgan. Masalan, Oyning mavjudligi ham beqiyos o‘ringa ega - deyiladi "Noyob Yer" gipotezasiga ko'ra.

Noyob Yer gipotezasiga qarama-qarshi gipoteza «xashaki Yer gipotezasi» deyiladi. Unga ko‘ra, Yer Koinotdagi eng oddiy (xashaki) bir o‘rtamiyona sayyora bo‘lib, unga alohida maqom va tus berish kerak emas deyiladi. Ushbu ikki nazariyaning oltin o‘rtaligini ko‘zlovchi boshqa ilmiy dalillarning esa sanog‘i yo‘q. Demak, biz yoki o‘ta noyob hayot shaklimiz va yoki, biz singari hayot shakli Koinot bo‘ylab istalgancha topiladi va shu sababli, biz singari hayot shakli o‘ta xashaki, oddiy hayot shakli xolos.

 

Lekin, hozircha bizga ma’lum ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Yerimiz ongli hayot uchun boshpana bo‘la oladigan juda noyob osmon jismi bo‘lishi mumkin.  Barqaror va tinch yulduz atrofida barqaror va tinch aylanayotgan sayyorada bizning bugungi singari ongli hayot shaklimiz vujudga kelishi uchun 3 milliard yildan ziyodroq vaqt kerak bo‘lgan. Quyosh – g‘ayrioddiy ravishda barqaror va tinch yulduz bo‘lib, u Yerdagi hayot jarayonlarining barcha evolyutsion taraqqiyoti davomida, issiqlik energiyasi bilan muntazam va barqaror ta’minlab kelmoqda. Ulkan qo‘shnimiz – Yupiter esa Yerimizni kometalar tomonidan bombardimon qilinishidan ihota qilib turibdi va ularni Yerga yetib kelishidan avval, yo‘l-yo‘lakay tutib olib, yutib yubormoqda. Biroq, shunday qulay sharoitda ham, sayyora o‘tmishida yuz bergan bir necha yirik masshtabli ofatlarni, shu jumladan, dinozavrlar qirilib ketishiga sabab bo‘lgan hodisani ham baribir Yerga kometa kelib urilishi bilan bog‘lanadi. Agar Yupiter bo‘lmaganida, Yerga shu kabi kunpayakun qiluvchi kometalar kelib urilishi shu qadar tez-tez sodir bo‘lgan bo‘lardiki, unda sayyoramizda ongli hayot taraqqiy etishga ulgurmay yoppa qirilib ketavergan bo‘lardi. Yerning ulkan tabiiy yo‘ldoshi – Oyning mavjudligi ham favqulodda katta ahamiyatga ega. Aynan Oy Yerning o‘qini barqarorlashtirib turadi va uning pildiroq singari qalqib harakat qilmasdan, balki, barqaror va bir maromda aylanishiga yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, Oy ta’sirida okean suvlarining ko‘tarilishi ham sayyoramizdagi iqlim va hayot uchun mislsiz katta ahamiyatga ega. Yer magnit maydonini qo‘llab-quvvatlashda ham Oyning ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Shularni e’tiborga olgan holda, hamda, antrop tamoyili ham ta’kidlaydigan dalillarni inobatga olsak, demak, Yerimiz haqiqatan ham juda noyob sayyora bo‘lishi mumkin!

Oy sababli dengiz suvining ko‘tarilishi va qaytishi ham hayot evolyutsiyasi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Oy shuningdek Yerning temir yadrosining qizishiga va sayyora atrofida magnit maydoni hosil bo‘lishiga ham yordam beradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.04.2021 12:23  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 872
O'qilgan sahifalar soni : 7640737

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!