Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo Mezelson-Shtal eksperimenti

Mezelson-Shtal eksperimenti

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Mezelson-Shtal eksperimenti

Uotson va Krik o‘z tajribalari orqali DNK strukturasining qo‘shspiral shakliga ega ekanini ma’lum qilgach, har qanday ilmiy gipoteza singari, ushbu gipoteza ham boshqa olimlar tomonidan eksperimental tekshirishlardan o‘tkazildi. Xususan, 1957-yili Kaliforniya texnologiya universitetining molekulyar biologiya bo‘yicha mutaxassislari Metyu Mezelson (1930 y.t.) va Franklin Shtal (1929 y.t.) tomonidan qator eksperimentlar seriyasi amalga oshirildi. Ular qo‘llagan uslub molekulyar miqyosda juda o‘xshash bo‘lgan strukturalarning massasini farqlash imkonini bergan.

 

Azot atomi DNK asosi tarkibida mavjud bo‘ladi va shu sababli ham, har qanday organizmning ko‘payish jarayonida, albatta uning DNK strukturasiga tashqi muhitdan azot atomlari o‘zlashtiriladi.  Bilasizki, oddiy azot izotopi 14N ancha yengilroq bo‘ladi va shuningdek, azotning 15N shaklidagi og‘irroq izotopi ham mavjud bo‘ladi. Mezelson-Shtal tajribasida dastlab, bakteriyalar koloniyasi muhitdagi yagona azot manbai 15N izotopi bo‘lgan sharoitda o‘stirilgan. Bunda olimlar Escherichia coli ya'ni, ichak tayoqchasi bakteriyasidan foydalanishgan. Bakteriyalarning bir necha avlodi almashganidan keyin, ushbu bakteriyalar DNKsidagi azot atomlarining barchasi faqat «og‘ir azot», ya'ni, 15N izotopidan iborat bo‘ladigan holatga kelgan. Keyin esa, ular, oddiy, 14N azot izotopili muhitga o‘tkazilgan.

Bir sikl avlodi og‘ir azotni o‘zlashtirish evaziga ko‘paygan bakteriyalar koloniyasi DNKsi tekshirilganda, ularning og‘irligi 14N va 15N orasidagi oraliq holatda ekani ma’lum bo‘lgan. Bakteriyalar ko‘payishining ikkinchi sikli yakunidan keyingi tekshirishlar esa, to‘rtta DNK zanjiridan faqat bittasigina og‘ir azotli ekani, qolgani oddiy azotli zanjir hosil qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu ajoyib eksperiment orqali Mezelson va Shtal hujayraning har bir bo‘linishi natijasida DNKning komplimentar zanjirlarining yarimi avvalgi «og‘ir» DNKni saqlab qolishi va qolgan yarmini esa yangi «yengil» DNKdan hosil qilishi isbotlandi. Bu esa Uotson va Krik gipotezasiga to‘la mos kelar edi.

Mezelson-Shtal eksperimenti sxemasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 03.09.2020 17:28  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis