Orbita . U Z

Imkon qadar uyda qoling!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya 6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

6766 yilda bir keladigan noyob kometa Samarqandlik astronom tomonidan suratga olindi.

Ilmiy manbalarda C/2020 F3 (NEOWISE) nomi bilan qayd etilayotgan kometani shu kunlarda shimoliy yarimsharda shom oqqandan keyin kuzatish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Kometa ancha xiraligi sababli uni oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin.

Mazkur kometaning o‘ziga xosligi shundaki, u juda cho‘zinchoq parabolik orbitaga ega bo‘lib, juda uzoq davriylikda – har 6766 yilda bir marta qaytar ekan. Shu yilning 27-mart kuni kashf qilingan mazkur kometani Samarqandlik havaskor astronom Ma’ruf Karaev suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Quyida ushbu fotosuratlarni taqdim etamiz:

 

Ma’ruf Karaevning ma’lum qilishicha, suratlar Canon fotoapparatida 30 sonliyalik ekspozitsiya bilan olingan.

«Orbita.Uz» izohi:

Qizig‘i shundaki, kometaning dumu hozirgi paytda ikkita bo‘lib qolgan. Ulardan birinchisi birinchisi moviy tusdagi dumi bo‘lib, u kometadagi gazlarning ionlashuvi tufayli yuzaga kelgan. Ikkinchisi esa kometaning boshqa kometalardagi singari o‘zidan sochiladigan chang moddalari evaziga yuzaga keladigan dumi bo‘lishi kerak.

C/2020 F3 (NEOWISE) 23-iyul sanasida Yerga o‘zining eng yaqin masofasidan o‘tadi va u Quyoshdan uzoqlasha boshlaydi. Keyingi safar bu kometani 6800 yildan keyingina ko‘rish mumkin!

Ushbu kometani kuzatmoqchi bo‘lganlarga havaskor astronom Ma’ruf Karaev quyidagi qo‘llanmani ham taqdim etdi. Undan ma’lum bo‘lmoqdaki, kometani shu kunlarda, Katta Ayiq yulduzi turkumidan sal quyiroqda ko‘rish mumkin ekan. Yuqorida ham aytilganidek, C/2020 F3 (NEOWISE) shom oqqach, ya'ni, Quyosh botib tun qorong‘usi yoyilgach yaqin bir necha soat davomida ko‘rinadi va keyin yarim tunga yaqin gorizont ortiga yashirinadi.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 23.07.2020 13:05  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 863
O'qilgan sahifalar soni : 6490406

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov