Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Xurshid Aliyev

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Xurshid Aliyev

Orbita.Uz minbarining bugungi mehmoni Italiyadagi Turin politexnika institutida ilmiy faoliyat olib borayotgan o‘zbek mutaxassisi Aliyev Xurshid Ma’rufovich bo‘ldi. Aliyev Xurshid Ma’rufovich 1987-yilning 24-fevral sanasida Qo‘qon shahrida tug’ilgan. Oliy ta’limni 2004-2008 yillarda Farg‘ona Politexnika Institutida tamomlagan. Magistrlik himoyasini esa 2010-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida himoya qilgan. 2014-yilda Turin Politexnika institutida buyumlar interneti va sun’iy intellekt sohasida PhD darajasini qo‘lga kiritgan.

Aliyev Xurshid ilmiy va mehnat faoliyatini dastlab Toshkentdagi Turin politexnika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan. Hozirda Italiyaning Turin shahrida, Turin Politexnika institutida sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Quyida ushbu hamyurtimiz bilan bo‘lgan suhbat matnini havola qilamiz:

1)     O‘zingiz tanlagan fan sohasi o‘rganadigan masalalar haqida qisqacha gapirib bersangiz

Men asosan elektronikaning quyidagi sohalari boʻyicha ilmiy ish olib boryapman:

- Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish maqsadida arzon, miniatyur va batareykada ko‘p yilga ishlaydigan sensorli qurilmalar yaratib, Android smartfonlarga sensordagi ma’lumotlarni Bluetooth 4.0 orqali jo‘natib, kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatadigan dasturlar yaratyapman. Bunday qurilmalar, qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirish uchun, suvni tejash, parniklarda sifatli mahsulotlar yaratishda juda muhim hisoblandi. Bunday qurilmalar yana juda ko‘p sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin masalan, tibbiyot, qurolli kuchlar, uylarni avtomatlashtirishda va ho kazo.

- Keyingi bosqich yaratilgan qurilmalarni Neyronika laboratoriyasida qanchalik to‘g‘ri  ko‘rsatayotganini turli laboratoriya sharoitlarida tekshiriladi.

- Eng murakkab bosqichlardan biri esa ushbu qurilmalarni sun’iy neyron tarmoqlari orqali intellektual qilish.

2) Nima sababdan ilm-fan bilan shug‘ullanishga qaror qilgansiz?

Asosiy sabablardan biri, meni bobom Aliyev Raimjon juda erta falsafa fanlari bo‘yicha fan nomzodligini Moskvada himoya qilishgan lekin afsus yosh o‘tib ketishgan… Xullas, ularning g’ayratlari va oilamizdagi muhit o‘qituvchilardan iborat bo‘lganligi uchunmi men ham ilm-fan bilan shug’ullanishga ahd qilganman.

3) Sizning fan sohangizdagi ustoz(lar)ingiz haqida.

Shu kungacha soham bo‘yicha juda ko‘p ustozlarni ko‘rdim. Xususan, k.t.n. Mamasodiqov Yusufjon, k.t.n. Xaydarov Alijon, professor Magrupov Talat Madiyevich va hozirda birga ilmiy ish olib borayotgan ilmiy rahbarim Italiyalik  professor Pazero Eros.

4) O‘zingiz tadqiq qilayotgan fanning o‘tmishdagi eng buyuk olimi kim deb hisoblaysiz? hozirdagi eng yetuk mutaxassisichi (shu jumladan O‘zbekistonda)?

Elektronika fanini asoschisi albatta qadimgi yunon olimi miloddan avvalgi 600 yillarda yashab utgan Miletlik Fales deb bilaman. Fales falsafa va matematik olim birinchi bo‘lib narsalarni mo‘ynaga ishqalab  statik elektr kashf qilgan.

Raqamli Elektronika asoschisi esa Klod Shennon bo‘lsa kerak chunki u 1937-yilda Massachusets Texnologik Universitetiga, tarixda birinchi marta bulean algebrani (bool algebra) va arifmetikani ikkilik sanoq tizimidan tashkil topgan elektron rele va o‘chirib yoquvchi qurilma(pereklyuchatel) to‘grisidagi o‘zini magistrlik dissertatsiyasini topshirdi. Magistrlik dissertatsiyasini nomi esa juda sodda «Rele va kommunikatsion sxemalarni analiz qilish» lekin Shennonning tezisi amaliy raqamli sxematexnikaga asoslangan.

O‘sha yilning noyabr oylarida Jorj Stibits Bell laboratoriyasida Kompyuter relesini tamomladi va qo‘shish binar yordamida hisobladi va uni «K modeli» deb atagan.

Xullas, XIX-asrdan XXI-asrgacha elektronika sohasi jadal suratda rivojlanib kelyapti va menimcha nanotexnologiyani rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan olim Richard Stenley Villiams (1951-yilda tug’ilgan) bo‘lsa kerak. Uni memristorlar to‘g‘ridagi maqolasi elektronikani rivojlanishini keyingi bosqichi bo‘la oladi.

5) Sizning faningizdagi zamonaviy eng dolzarb ilmiy masala nimada?

Men olib borayotgan ilmiy ish asosan amaliy ishlardan iborat bo‘lib u «Internet of Things» turli xil kichik hajmdagi, batareykaga ishlaydigan qurilmalar yaratib ularni laboratoriya sharoitida analiz qilib turli sohalarda qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va uylarni avtomatlashtirishda qo‘llash. Bunday sensorli qurilmalar turli fizik ma’lumotlarni simsiz olishi mumkin va ma’lumotlarni smartfon yoki kompyuterlarga uzatishi mumkin buladi.. Olingan ma’lumotlar keyinchalik qishloq xo‘jaligida dalani monitoring qilish uchun yoki bo‘lmasa uylarni aqlli qilish ya’ni smartfonlar orqali uydagi jihozlarni masofadan turib boshqarish mumkin bo‘ladi.

6) O‘zingiz shug‘ullanayotgan sohaning insoniyat turmush tarziga ko‘rsatgan ijobiy va salbiy jihatlari (agar bo‘lsa) haqida nima deya olasiz?

Men ishlayotgan soha insoniyat turmush tarzini soddalashtirish yangi texnologiyalarni insoniyat turmush tarziga tadbiq qilishdan iborat deb bilaman lekin bu sohani salbiy tomonlari ham bor masalan, yaratilayotgan qurilmalar ma’lum vaqt o‘tgandan keyin butun dunyo uchun global chiqindi bo‘lib qolishi mumkin. Ayniqsa qurilma komponentlari, batareykalar va ho kazo.

7) O‘z faningizning kelajak taqdirini qanday tasavvur qilasiz?

Mur qonuniga asosan yaqin 5-10 yil ichida meni soham judayam dolzarb bo‘ladi:

8) Bu fan bo‘yicha hozirdagi eng kuchli ilmiy maktab(lar) qayerda joylashgan (oliygohlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriya, markaz vhk)?

http://www.topuniversities.com/university-rankings/university-subject-rankings/2014/engineering-electrical-electronic#sorting=rank+region=+country=+faculty=+stars=false+search=

198.4

Massachusetts Institute of Technology (MIT)

295.6

Stanford University

393.5

University of California, Berkeley (UCB)

493.0

University of Cambridge

591.5

ETH Zurich - Swiss Federal Institute of Technology

691.1

National University of Singapore (NUS)

790.7

University of Oxford

890.1

Imperial College London

988.5

Harvard University

1087.5

Nanyang Technological University, Singapore (NTU)

38 80.1

Politecnico di Torino

Men ilmiy ish olib borayotgan oliygoh Politecnico di Torino dunyoda 2014-statistik ma’lumotlarga ko‘ra elektronika sohasi bo‘yicha 80,1 ball bilan  38 o‘rinda

9) Bu fan bo‘yicha tahsil olmoqchi bo‘lgan va kelajakda uning mutaxassisi bo‘lishga qaror qilgan yoshlarga maslahatlaringiz?

Meni yo‘nalishim bo‘yicha ilmiy ish qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga maslahatim hozirdan fundamental fanlar fizika, matematika va dasturlash tillarini mukammal o‘rganish va albatta dunyoviy bilimlarni egallashsin.

10) O‘z faningiz bo‘yicha bizga quyidagilarni tavsiya qilsangiz: a) fanga boshlang‘ich kirish uchun eng maqbul, tushunarli adabiyot(lar) qaysi?; b) fanning fundamental masalalari eng keng qamrovda yorituvchi mukammal fundamental adabiyot(lar) qaysi? v) bu fan mutaxassisi bo‘lmagan, lekin unga qiziquvchilarga qaysi ilmiy-ommabop adabiyot, yoki nazariy minimum(lar)ni tavsiya etasiz?

a) Soumitra Kumar Mandal, “Basic Electronics”, Tata McGraw Hill Education Private Limited,  New Delhi,  2013

б) Matematika, fizika fundamental adabiyotlari va informatika fanidan va chizmachilikka oid adabiyotlar

с) Electronics All-in-One For Dummies by Doug Lowe

http://www.amazon.com/Electronics-All-One-For-Dummies/dp/0470147040

http://www.darwine.nl/~erwin/Electronics_for_Dummies.pdf

 

11) Bu fan bo‘yicha zamonaviy tendensiyalarni o‘zida ifodalovchi qanday ilmiy jurnallar, axborotnoma va saytlarni tavsiya etasiz?

http://www.ieee.org/publications_standards/publications/periodicals/journals_magazines.html

http://www.iaesjournal.com/online/

International Journal of Electrical and Computer Engineering (IJECE)

http://ores.su/en/journals/scopus/electrical-and-electronic-engineering/

 

12) Bu fan bo‘yicha adabiyot, qo‘llanma va ho kazo manbalar o‘zbek tilida yetarlimi yoki aksincha? O‘zbekistonda bu fanni yanada taraqqiy qilishi uchun bajarilish lozim bo‘lgan ishlar hali ko‘pmi?

Fanga oid bo‘lgan aksariyat adabiyotlar Rus tili va Ingliz tillarida. Afsuski, fanga oid o‘zbek tilidagi adabiyotlar sanoqli lekin shunga qaramasdan Toshkent Davlat Texnika Universitetida va Farg’ona Politexnika Institutlarida bir qancha Rus tili va Ingliz tillaridan tarjima qilingan adabiyotlardan talabalar foydalanishadi. Bundan tashqari, adabiyotlar yangilanganmi yo‘qmi bundan xabarim yo‘q, mendagi ma’lumotlar 2008-2010 yillarga taalluqli.

Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Asbobsozlik kafedrasi, Elektronika faniga yaqin ayrim adabiyotlar ro‘yxati:

1.  F.I. Axunov, Usmonov T.I, Bekmuxamedov F.M. “Elektron qurilmalarini nazorati va diagnostikasi”, 2010, O‘quv qo‘llanma

2.  Yusupov S.Yu., Aripova M.X. «Loyihalashni avtomatlashtirish asoslari» fanidan (№5521500 «Asbobsozlik» mutaxassislik talabalari uchun)

3.  «Konseptual loyihalash asoslari» fani («Asbobsozlik» mutaxassislik talabalari uchun № 5521500), 2010, O‘quv qo‘llanma

4.  T.M. Magrupov. «Neyrotexnologiya asoslari», 2007, O‘quv qo‘llanma

13) Bu fan bo‘yicha o‘zbek tiliga birinchi navbatda o‘girilishi zarur deb hisoblagan va o‘zbek mutaxassislariga  amaliy/nazariy yordam berishi mumkin bo‘lgan biror xorijiy nashrni (kitob, lug‘at vhk lar) ayta olasizmi?

Electronics : a systems approach / Neil Storey. — 4th edp. cm. ISBN 978-0-273-71918-2 (pbk.)

www.pearsoned.co.uk/Storey-elec

 

Navbatdagi savollarimiz biroz g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin.

14) Agar o‘tmishga qaytib, o‘zingiz istagan faqat bitta buyuk olim bilan gaplashish imkoni berilsa siz qaysi olim bilan suhbatlashishni istardingiz va undan nimani so‘ragan bo‘lardingiz?

Balkim beradigan savolim Albert Eynshteynga bulardi, birinchi o‘rinda undan o‘limdan keyin hayot bormikan shu haqida keyin esaСмешноСмешноСмешно, undan fazo va vaqt to‘g‘risidagi fikrini va Stiven Xokingni Fazo va Vaqtga oid kitobi to‘g‘risidagi fikrini so‘ragan bo‘lar edim.

15) Ilmni puxta egallash uchun kishida eng avvalo qaysi jihatlar bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz. Ilm egallash uchun biror narsadan voz kechish shartmi?

Ilmni puxta o‘rganish uchun albatta birinchi navbatda SABR kerak, ayrim holatlarda albatta yaqin do‘stlaringdan, oilangdan uzoqroqda bo‘lishga to‘g‘ri keladi lekin bu voz kechish degani emas… Balkim, o‘yin-kulgidan voz kechish kerak bo‘lar…

16) O‘zbekistonliklarning ilk Nobel qaysi sohada bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

Fizika yoki kimyo

Suhbatingiz uchun tashakkur!

Aliyev Xurshid Ma'rufovichning ilmiy iqtibos indekslari:
1) Scopushttps://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57195604043&fbclid=IwAR06LklWMV2GLKRiuhUdzj-1eDcLLdWSkrVU-SPw8IhycyoNkQdWZAbUnVk

2) ResearchGate - https://www.researchgate.net/profile/Khurshid_Aliev?fbclid=IwAR2OhF60hSUBWEhPCfEFpRC1zgQ-E7wyQ0ZPqxQ7yk5buJvE5OmUeJWYJV0

3) Google Scholar - https://scholar.google.com/citations?user=Vx519YcAAAAJ&hl=en&oi=ao&fbclid=IwAR1DzNdXwSuodp7V2q7T64zOPjtw-ISe8FgV2Q_HoFAN8gMHlSWwXArf3QU#d=gs_hdr_drw

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 04.11.2019 17:29  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Minbardagi olim:

Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 829
O'qilgan sahifalar soni : 4968435

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!