Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Optika yordamida laqillatish: Gapiruvchi kesilgan bosh g'avg'osi

Optika yordamida laqillatish: Gapiruvchi kesilgan bosh g'avg'osi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Gapiruvchi kesilgan bosh

Bu "mo‘jiza" ko‘pincha kichik shaharlarda kezib yuruvchi sayyor sirk, muzey va "panoptikum"larda ko‘rsatilar edi. O‘z shaharlariga kelgan ana shunday ko‘chma teatrlarga tushgan tamoshobinlar hambunga o‘xshash nayrangbozlikni ko‘rganlar. Siri bilan oshno bo‘lmaganlarni u chindan hayron qoldiradi: siz o‘z oldingizda ustiga tarelka qo‘yilgan stolni ko‘rasiz, tarelkaning ustida esa... ko‘zlari miltillatib, gapirib va ovqatlanib turgan odamning tirik boshini ko‘rasiz! Go‘yo stolning ostida tanasini berkitadigan joy yo‘qdek ko‘rinadi. To‘siq bo‘lgani sababli stolga yaqin kelish mumkin bo‘lmasada, siz stol ostida hech narsa yo‘qligini ko‘rib turasiz. Agar sizga bunday "mo‘jiza" ni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga to‘g‘ri kelsa, siz stol ostiga g‘ijimlangan qog‘ozni tashlab ko‘ring. Sir darrov ochiladi: qog‘oz... ko‘zguga tegib qaytadi! Qog‘oz stolga yetmagan taqdirda ham, ko‘zguning borligini oshkor qiladi, chunki unda qog‘ozning tasviri ko‘rinadi.

 

 

Stolning tagi uzoqdan bo‘shga o‘xshab ko‘rinsin uchun uning oyoqlari o‘rtasiga bittadan ko‘zgu qo‘yilsa, bas, lekin shuni aytib o‘tish kerakki, bu faqat xonadagi jihozlarning va xalqning tasviri ko‘zguga tushmaganidagina mumkin. Buning uchun xona bo‘sh, devorlar mutlaqo bir xil, pol sidirg‘asiga bir rangga bo‘yalgan bo‘lishi, tomoshabinlar esa ko‘zgudan ancha uzoqda turishlari kerak.

Buning siri kulgili darajada oddiy, lekin u nimadan iboratligini bilmaguncha uni topolmay boshingiz qotadi. Ba'zan fokus yanada qiziqroq qilinadi. Fokuschi dastlab tagida xam, ustida xam xech narsa yo‘q stolni ko‘rsatadi, so‘ng sahna orqasidan go‘yo ichida "tanasiz tirik bosh" bo‘lgan yopiq quti keltiriladi (xaqiqatda esa quti bo‘sh). Fokuschi bu qutini stolning ustiga qo‘yadi va uning oldingi devorini ochadi, - va tomashabinlarga gapiruvchi odam kallasini ko‘rsatib ularni xayron qoldiradi. Maqolani uqiyotgan inson, stolning yuqorigi taxtasida bo‘lgan teshikni berkitib turadigan, lekin olib qo‘yiladigan qismi borligini stolning ustiga tagi yo‘q bo‘sh quti qo‘yilishi bilan stol tagida va ko‘zgu orqasida o‘tirgan odam undan kallasini chiqarishini payqagan bo‘lsa kerak. Fokus boshqacha ham qilinadi, lekin biz bu yerda xamma variantlarini sanab o‘tirmaymiz: ko‘rgan vaqtida tomoshabin uni o‘zi fahmlab oladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.09.2018 09:53  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12166921

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!