Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Bel

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Bel

Bel – muayyan fizik kattalikning, aynan shu kattalikning boshlang‘ich asos uchun olingan birligiga logarifmik nisbatini ifodalovchi birlik. Ya'ni, birlikning asosida o‘nli logarifm yotadi. Ushbu birlik AQSHlik olim va ixtirochi Aleksandr Bell sharafiga nomlangan.

Energetik kattaliklar (quvvat, energiya, energiya zichligi va ho kazolar)  uchun 1 bel 1:10 nisbatda; va kuch kattaliklari (tovush bosimi, elektr kuchlanish, elektr toki kuchi va ho kazolar) uchun esa √10≈3,162 nisbatda olinadi. Bel birligining nisbatan keng tarqalgan ko‘rinishi – uning ulushli birligi bo‘lmish detsibell bo‘ladi.

Bel Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) tarkibiga kirmaydi. Biroq, O‘TXQ tomonidan, SI birliklari bilan birga cheklovlarsiz qo‘llashga ruxsat etilgan. Asosan, akustika, radiotexnika va elektr aloqasida qo‘llanadi.

Bel – ikkita bir nomli energetik kattaliklar P0 va P1ning o‘zaro nisbatining o‘nli logarifmi tarzida aniqlanadi:

Energetik kattaliklar kuch kattaliklarining kvadratiga proporsional bo‘lishi bois, ikkita kuch kattaligi F0 va F1 ning belda ifodalangan nisbati ushbu kattaliklarning o‘zaro nisbati o‘nli logarifmining ikkiga ko‘paytirilgani orqali aniqlanadi:

Formulalardan ma’lum bo‘lmoqdaki, demak, NB+1B bo‘lsa, demak, P kattalik 10 barobarga ortadi; F kattalik esa 3,162 barobarga ortadi va aksincha, 1B ayirma, mos ravishda P ni 10 barobarga kamaytirsa, F ni 3,162 barobarga kamaytiradi.

Yuqorida ham aytilganidek, amaliyotda bel birligining ulushli birligi – detsibell ko‘proq qo‘llanadi. Detsibelning o‘zbekcha va xalqaro nomlanishi dB. U bir belning o‘ndan biriga teng bo‘lib, aniqlanishi -

tarzida bo‘ladi. Ya'ni, bunda, kattalikning boshlang‘ich qiymatdan bir dB ga ortishi, uning 100,1≈1,259 barobarga ortishini bildiradi. Kuch kattaliklarning 1 dB ga ortishi esa, uning

formulaga ko‘ra, 100,05≈1,122 marta ortishini bildiradi.

Detsibel birligining keng tarqalish tarixi telegraf va telefon tarmoqlaridagi signalning susayishini o‘lchash va aniqlash zaruriyati tug‘ilgan zamonlarga borib taqaladi. Avvaliga signalning susayishi birligi sifatida standart kabel mili birligidan foydalanilgan. U m.s.c tariqasida belgilangan va uzunligi 1 mil (taxminan, 1609 metr) va qarshiligi 88 om bo‘lgan kabel orqali jo‘natilgan, chastotasi 800 Hz lik signalning yo‘qotishlariga (susayishiga) teng deb olingan edi (kabeldagi simning ko‘ndalang kesim yuzasi taxminan 0,9 mm bo‘lgan). Aynan shunday signal susayishini o‘rta statistik odam qulog‘i ilg‘ay oladigan eng kichik yo‘qotish deb qabul qilinar edi. Biroq, bu birlik chastotaga bog‘liq bo‘lgani uchun, to‘laqonli axborot bera oladigan birlik bo‘lmagan. Shu sababli, aniq fizik o‘lchashlarga asoslangan birlik joriy etish taklifini 1924-yilda «Bell telefon» kompaniyasi ilgari surgan. Shu yilning o‘zida Xalqaro Telegraf Tashkiloti (ITU) ushbu taklifni ma’qullagan va bel va detsibell birliklarining yuqorida keltirilgan ta’rifi asosidagi qoidalari qabul qilingan. 2003-yilda O‘TXQ hatto detsibel birligini SI ga kiritish masalasini ham ko‘rib chiqqan. Biroq, maslahatlashuvlardan so‘ng, ushbu birlik baribir SI ga kiritilmagan. Shunga qaramay, detsibell jahon bo‘yicha juda keng tarqalgan birlik bo‘lib, xususan, Xalqaro Elektrotexnika Tashkiloti (IEC) hamda, Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO) ushbu birlikdan foydalanishni rasman qabul qilgan.

Detsibel asosan tovush va shovqin darajasini ifodalash uchun qo‘llangani sababli, quyida, tovush va shovqinni detsibellarda ifodalanish darajasini keltiramiz:

Tovush yoki shovqin

Darajasi (qiyosiy bahosi)

0 dB

Eshitish chegarasi (hech nima eshitilmaydi)

10 dB

Deyarli hech narsa eshitilmaydi (daraxtdan uzilgan bargning yerga tushishi)

15 dB

Sal eshitiladi (barglar shitirlashi)

20 dB

Shivirlab gaplashish

25 dB

Pichirlab gaplashish

30 dB

Soat chiqillashi, yengil ovozda gaplashish

35 dB

Oddiy past ovozda gaplashish

40 dB

Odatiy ochiq ovozda gaplashish

45 dB

Ovozni ko‘tarib gaplashish

50 dB

Baland ovozda gaplashish. Yozuv mashinkasining shaqillashi

55 dB

Baland ovoz, idoralardagi shovqin darajasi uchun me’yor chegarasi

60 dB

Shovqin (qattiq ovozda gapirish)

70 dB

Baqirish

80 dB

Qichqirish, chinqirish, mototsiklning o‘t olishi

90 dB

Qattiq qichqiriq, poyezd vagonlari o‘tishi

100 dB

O‘ta qattiq chinqirish, momaqaldiroq gumburlashi:
ruxsat etilgan eng yuqori shovqin chegarasi.

110 dB

Vertolyot parraklari shovqini

120 dB

O‘ta kuchli shovqin (otboy bolg‘asi)

130 dB

Og‘riqli darajada shovqin (samolyotning uchishi)

140 dB

Reaktiv samolyot shovqini, kontuziyaga olib keladigan darajadagi shovqin

160 dB

Bunday shovqindan odam asabiy shok holatiga tushadi, jiddiy jarohat oladi. Tovush tezligidan tez uchuvchi samolyot shovqini

 

160 dB dan yuqori shovqin quloq pardalarini yirtib yuboradi va o‘pkani jarohatlaydi.

200 dB

O‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajadagi shovqin

282 dB

Yadro portlashida tarqaladigan zarba to‘lqinidan hosil bo‘ladigan shovqin


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 27.08.2019 10:09  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!