Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Plimpton 322

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Plimpton 322

«Plimpton 322» bu – qadimgi Bobil madaniyatiga taalluqli bo‘lgan sirli bir sopol bo‘lagining nomidir. Unda 4 ta qator va 15 ustundan iborat jadvalga o‘yib yozilgan sonlar aks ettirilgan. Uni ayrim matematiklar jahondagi eng mashhur va muhim artefaktlardan biri deb baholaydilar. Jadvalda a2+b2=c2 shartga mos keladigan butun sonlar ketma-ketligi, ya’ni, Pifagor sonlarining ro‘yxati berilgan bo‘lib, tahlillarga ko‘ra, mazkur sopol bo‘lagi taxminan eramizdan avvalgi 1800-yillarga tegishli bo‘lishi mumkin ekan. Dastlabki uchta ustunda 3,4,5 singari Pifagor sonlari keltirilgan bo‘lib, to‘rtinchi ustun esa shunchaki satr raqamini ifodalaydi. Mazkur jadvalni qadimgi Bobilliklar nima maqsadda ishlatishgani ma’lum emas. Lekin, ba’zi tarixchilar, uning algebraik yoki trigonometrik masalalarni yechishda qo‘llanilgan tayyor yechimlar ro‘yxati sifatida ishlatilgan bo‘lsa kerak deb taxmin qilishadi.

 

Ushbu sopol bo‘lagining «Plimpton 322» deb nomlanishiga sabab shuki, uni 1922-yilda Nyu-Yorklik noshir Jorj Plimpton (1855-1936) tomonidan shu kabi qadimgi osori-atiqalar bilan savdo qiluvchi mayda chayqovchidan sotib olinganidir. Plimpton ushbu sopol artefaktni atiga 10 AQSH dollariga sotib olgan va uni keyinchalik Kolumbiya universitetiga hadya qilib yuborgan. Ushbu muhim tarixiy buyum, yuqorida ham aytilganidek, qadimgi Bobil madaniyati merosi bo‘lib, ushbu sivilizatsiya Tigr va Yevfrat daryolari oralig‘idagi hosildor yerlarda, eramizdan avvalgi III-ming yillikdan, eramizdan avvalgi III-asrgacha bo‘lgan davrda hukm surgan. Sopol jadvalni sinchiklab o‘rgangan tarixchilar uni Ibrohim halilulloh zamonasiga taalluqli ekani haqida ham o‘xshash fikrga kelishgan. Ba’zi tarixchilar esa, uni Xammurapi qonunlari yozilgan paytda ishlatilgan degan fikrni ham bildirishgan.

Rasmda: Plimton-322 sopol artefakti tasviri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 29.07.2019 09:49  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)